Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2020-yil, 2-son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2020-yil, 2-son 
69 
Xotin-qizlarning huquqlarini kafolatlash, tadbirkorlik sohasida samarali faoliyat yuritish 
mexanizmlarini yaratishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudki ularni 
o‘z vaqtida va samarali hal qilish orqali nafaqat xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga keng 
imkoniyatlar yaratadi, shu bilan birga mamlakat iqtisodiyotini yanada yuqori marralarga olib chiqish uchun 
zamin yaratiladi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan respublikamizning barcha 
hududlarida biznes inkubatorlar ko‘rinishidagi «Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari» tashkil etildi. Mazkur 
markazlarning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilab olindi: 
Birinchidan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan hamkorlikda uzoq muddat bola 
parvarishlash ta’tilida bo‘lgan, mushkul iqtisodiy ahvolga tushgan ayollarni mehnat bozorida talab 
etilayotgan kasblar bo‘yicha qayta tayyorlash va ularning ishga joylashishiga amaliy ko‘maklashish; 
Ikkinchidan, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan ayollarni markazlarga jalb etish va 
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish; 
Uchinchidan, ayollarning o‘z biznesini tashkil etish va yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish
biznes g‘oyalarini tayyorlashda konsultativ yordam berish, shu jumladan, loyiha biznes-rejasini tayyorlash, 
soliqqa tortishning turli rejimlarini tanlash va qo‘llash, buxgalteriya hisobini yuritish, zamonaviy axborot 
texnologiyalaridan foydalanish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitishni tashkil etish; 
To‘rtinchidan, tadbirkor ayollarga va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan xotin-
qizlarga o‘z biznesini tashkil etishda zarur maslahatlar berish va amaliy yordam ko‘rsatish, shu jumladan, 
ishonchli hamkorlarni topish, minitexnologiyalar va uskunalar sotib olishda ko‘maklashish, ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarning realizasiya qilinishiga ko‘maklashish; 
Beshinchidan, norasmiy faoliyat yuritayotgan hunarmand ayollarga ro‘yxatdan o‘tkazish, 
«Hunarmand» uyushmasiga a’zo qilish orqali soliqlar va boshqa turdagi imtiyozlardan foydalanishda 
hamda imtiyozli kredit olishda amaliy yordam ko‘rsatish. 
Umuman olganda tadbirkorlik xo‘jalik yuritish uslubi bo‘lib, ko‘p asrlik rivojlanish evaziga 
rivojlangan davlatlar iqtisodiyotida ustuvor mavqyega ega bo‘ldi. Tadbirkor ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 
omillarining shunday birlashuvi va qo‘shiluvini ta’minlash uchun o‘zining imkoniyatlaridan foydalanadi, u 
maqsadga erishishda yuqori foyda olishni ta’minlab beradi. Ishlab chiqarish jarayonini takomillashtirishga 
intilish innovasiyalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun tadbirkorlik, resurslarga foydali 
mablag‘ sarflash, bozorga mahsulotlarni kiritish, yangi mahsulotlar yaratmay turib, amalga oshirish 
mumkin emas. 
Xotin-qizlar tadbirkorligi xususida so‘z yuritishdan oldin “tadbirkor” va “tadbirkorlik” 
atamalarining rivojlanish evolyusiyasiga nazar tashlasak. Mazkur tushunchalarni ilk bor ingliz iqtisodchisi 
Richard Kantilon (1680-1734) tomoniddan qo‘llanilganligini ta’kidlab o‘tish joiz bo‘ladi. Uning fikricha, 
tadbirkor bu – xatarli sharoitda harakatlanuvchi inson. R.Kantilon nazariyasiga ko‘ra, iqtisodiy 
ta’minlanganlikni manbasi yer va mehnat hisoblanadi. 
Olimning fikricha, tadbirkor bu barcha xarajat va xatarni o‘z zimmasiga oladigan va oxir oqibatda 
mahsulot sotilishidan manfaatdor bo‘ladigan shaxs bo‘ladigan bo‘sa, ayrim bir iqtisodchilar tomonidan 
tadbirkorlik jinsga millatga va yoshga ega emas degan fikrlarni ilgari surishadi. Shu nuqtai nazardan 
mazkur xavf-xatarni oldini olish maqsadida davlatimiz tomonidan olib borilayotgan tadbirkorlik faoliyatini 
kafolatlash siyosati kelgusida albatta o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatadi, albatta. 
Xohlagan soha bo‘yicha yetuk salohiyatli kadr tayyorlash uchun qanchadan qancha vaqt, mablag‘, 
ilmiy-amaliy bilim talab etiladi. Bu jarayon fanda inson kapitaliga sarmoya deb nomlanadi. Tadbirkor 
haqiqiy shu nomga loyiqligini o‘z ongi va tafakkuri bilan his qilib anglaguncha ancha vaqt talab etiladi.
Afsuski iqtisodiyot fani asoschilari hisoblangan klassik olimlar tadbirkor shaxsi bilan unchalik 
qiziqishmagan. Ularning tahlilida tadbirkorlik faoliyati yetakchi g‘oya bo‘lib xizmat qilmagan. Xususan, 
ingliz iqtisodchi olimlari Adam Smit (1723-1790) va David Rikkardo (1772-1823) iqtisodiyotni o‘zini o‘zi 
boshqaradigan mexanizm sifatida tasavvur qilishgan va bu tahlillarda tadbirkor tushunchasiga o‘rin 
topilmagan. Shunga qaramasdan A.Smit o‘zining asosiy iqtisodiy asari hisoblangan “Xalqlarning boyliklari 
sabablari va tabiati tahlili” asarida tadbirkor atamasiga to‘xtalib o‘tgan. Uning fikricha, tadbirkor konkret 
iqtisodiy g‘oyani amalga oshirish va daromad olish maqsadida risk qiladi, chunki u yoki bu ishga kapital 
kiritish o‘z o‘zidan riskni talab etadi. Unga ko‘ra olinadigan daromad qilingan risk uchun kompe5nsasiya 
hisoblanadi. A.Smitning mazkur qitobi AQSh mustaqillik deklarasiya bilan bir yilda qabul qilinganligi 
sababli bu ikki hujjat qaysi biri insoniyat uchun qanday tarixiy ahamiyatga egaligi haqida bahs yuritiladi. 
Faqatgina, XIX-XX asr oralig‘ida tadbirkorlik institutining roli va ahamiyatini anglab yetish 
boshlandi. Fransuz iqtisodchisi A.Marshall (1907-1968) ishlab chiqarishning uch klassik omili (yer, kapital, 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish