Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son 
66 
haddan ortiq mutlaqlashtirilishi, ikkinchi tomondan esa, aksincha, bu qadrning mutlaqo e’tiborga 
olinmasligiga sabab bo’ladi. Xullas, qadrlash me'yorining buzilishi, har qanday holatda ham 
qadrsizlanishning asosiy sabablaridan biridir”. [3. B 82.] 
Shu o’rinda yarim-yalang’och Barbilarlarning liboslari, soch turmaklari qizaloqlarning go’zallik 
haqidagi ilk qarashlarining noto’g’ri shakllanishiga olib kelishi, hattoki balog’atga etgan ayrim qizlar 
Barbilarning qomatiga mahliyo bo’lib, taqlid qilishlari oqibatida turli kasalliklarga chalinayotganliklarini 
ham unutmaslik lozim. Bu dizaynda axloqiy jihatlari ham e'tibordan qolmasligini taqozo etadi. Dizaynerlik 
ixtirolari, shakllari inson va jamiyatni ezgulikka jalb qilganidek, yovuzlikka ham chorlashi inson 
faoliyatida destruktiv xususiyatlarni yuzaga chiqarishi mumkin ” [4; s.4]. 
Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy asosining o’zgarishi yangi ehtiyoj va talablarni kelib chiqishi, yangi
materiallarning yaratilishi va texnologiyalarning yangilanishiga ham ta'sir ko’rsatadi. Bu o’z o’rnida
inson maishiy hayotining muhim tarkibiy qismi bo’lgan buyumlar shaklining bu talablarga mos bo’lishi 
vazifasini yuzaga keltiradi. Ayniqsa, XXI asr sur'ati va globallashuv jarayoni insonning qulaylik va 
foydalilikka bo’lgan talabini kuchaytirib, moddiy olamning ixchamlashuvi, mobillashuviga olib
kelmoqda. Bu esa dizayn oldiga har qanday qayotiy va ishlab chiqarish jarayoniga mos optimal
mahsulotlar assortimentini yaratish, buyumlar olami oqilona talablar, real ehtiyojlarga mos va
maqsadga muvofiq bo’lishi, insonni qurshab turgan moddiy olamda uyg’unlik, qaror toptirishning 
zaruriy yo’llarini topish vazifasini qo’ymoqda. Bu vazifaning bajarilishi esa faqat dizayner emas balki 
iste'molchiga ham bog’liqdir. Iste'molchi yoki xaridor o’z didiga mos narsani tanlaydi, xarid jarayoni 
tovarga faol munosabat shakliga aylanadi. Ana shunday munosabatga loyiq bo’lishi uchun tovarning shakli 
muhim ahamiyatga ega. Avvalo chiroyli, sifatli, qulay narsalargina xaridor e'tiborini tortadi. Shunda 
tovarning umumezonga javob beradigan estetik qadriyat sifatida qabul qilinishi ro’y beradi va u ishlab 
chiqarishning xaridorga, xaridorning esa ishlab chiqarishga estetik ta'sirini ta'minlaydi.
Demak, biz ishlatadigan buyumlar bizning didimiz, dunyoqarashimizni ko’rsatishi bilan birga, 
dunyoqarash va didimiz eng zamonaviy buyumlar, texnikaning vujudga kelishiga sabab bo’ladi. Shuning 
uchun mobil telefonlar, televizor, muzlatkich va shu kabi maishiy buyumlarning necha-necha avlodi 
yuzaga kelgan. Ular yildan- yilga qulay, ixcham, chidamli, ko’rkam va texnologik jihatdan tejamli bo’lib 
bormoqda. Bunga erishish uchun utilitar va estetik xususiyatlar chambarchas bog’liq bo’lishi lozim. Utilitar 
deganda narsa va buyumlarning- foydalilik, funksionallik, qulaylik, texnologik tejamlilik va konstruktiv 
xususiyatlari, estetik esa go’zallik, nafislik, badiiylikni o’z ichiga oladi. “Dizayn nazariyasini madaniyat 
tizimidan ayri holda emas uning tizimida, predmetli faoliyat, loyihalash faoliyati, san'at va texnika bilan 
aloqadorlikda, inson hayoti va faoliyatning barcha sohalarida tabiiy tovar va mahsulotlarini ommaviy 
ishlab chiqarish va ommaviy iste'moli, ikkalamchi tabiat-sun'iy atrof-muhit, predmetli-makon bilan 
birgalikda tahlil etish lozim” [5; s.23]. Bugungi kunda dizayn mehnat vositalaridan tortib ishlab chiqarish 
jarayonining moddiy shart-sharoitlarini ham o’z ichiga oladi. U ishlab chiqaruvchining ish faoliyati, 
mehnat sharoitiga ta'sir ko’rsatadi, mashina-yu uskunalarni yangilash, yaxshilashdan tortib, ularning ish 
joylarida estetik muhitni yaratish, ularning ijodkorlik qobiliyatlarini yuzaga chiqarishini ta'minlashni ham 
o’z oldiga qo’yadi. Dizayn inson mehnat sharoitini yaxshilash orqali mehnat jarayonini quvonchli qiladi, 
buning natijasida mehnat samarasi oshadi, sifatli, chiroyli buyumlar yuzaga keladi. Demak, insonning 
sog’ligini himoyalash, estetik didini tarbiyalash, ularning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish uchun sharoit 
yaratib berish orqali dizayn jamiyat taraqqiyotiga katta hissa qo’shadi. Ko’rinib turibdiki bu jarayon bir-
biri bilan uzviy bog’liq. Jamiyat ilmiy-texnikaviy taraqqiyoti dizaynga, dizayn taraqqiyoti jamiyat 
madaniyati yuksalishiga ta'sir ko’rsatadi. Bu dizaynerlik kasbiga bo’lgan ehtiyojning ortib borayotganida 
ham aks etmoqda. “Respublikamiz mustaqillikka erishuvi bozor munosabatlarining shakllanishi, ko’p sonli 
kichik va o’rta biznes korxonlarning ochilishi, xalqaro aloqalarning faol yo’lga qo’yilishi bilan dizayn 
badiiy ijodning ommaviy turiga aylandi. Shuningdek, dizayn yosh mustaqil davlatimiz madaniy siyosati 
doirasiga kirdi. Bu O’zbekiston hukumatining dizayn sohasini rivojlantirishga qaratilgan qaror va 
hujjatlarida ham o’z aksini topadi.” [6. B.6] 
Zamonaviy dizaynerlarga bo’lgan talab ortib bormoqda, ularning ishtirokisiz bugun to’y-bazmlar, 
uylarimiz intererdan tortib sanoat, umuman madaniy hayotimizni tasavvur etib bo’lmaydi. Shuning uchun, 
dizayner o’zi xizmat ko’rsatayotgan madaniy qatlamning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarini bilishi, estetik 
bilimlarni ham egallagan bo’lishi taqozo etiladi. U yaratayotgan narsa-buyumlarning inson uchun qulay, 
kerakli, foydali, zamonaviy, ayni paytda axloqiy qadriyatlarimizga ham mos kelishi lozim. Buyumlar 
muhitini inson ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlariga muvofiqlashtirish uchun badiiy va ma'naviy-estetik 
qadriyatlarni uyg’unlashtirish, ilmiy bilimlarning moddiy reallik bilan bog’liqligi, inson hayot faoliyati 
sharoitlarini yaxshilashga qaratilganligini e'tiborga olgan holda, yangi texnologiyalarga tayanish eng 
maqbul va kerakli yo’ldir. “Dizaynerlik faoliyatining asosiy va o’ziga xos xususiyati morfologik va 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish