ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son
63
ochiqchasiga, baʼzan niqoblangan shakllarda) qarshilik koʼrsatadi. Ularning passiv-konservativligi yoki
ashaddiy-agressivligi, aynan shu qarshilikda va ularni amalda ifodalash shakllarida namoyon boʼladi.
Gʼarb sivilizatsiyasi va madaniyatdagi utilitar va merkantil ratsionalizm, ularning turmush tarzini
butunlay oʼzgartirib, inqirozga olib keldi. Boshqacha qilib aytganda, gʼarbona fikrlash va amaliy hayot
tarzidagi inqilobiy oʼzgarishlar inson muammolarini butunlay hal qilmadi, aksincha keskinlashtirdi. Yanada
aniqrogʼi, Gʼarbda intellektual salohiyat kuchiga (maʼnaviy-axloqiy normalarga emas), texnogen aqlga
tayanish, bir tomondan, inson ustidan hukmron boʼlgan zamonaviy fan, texnika taraqqiyoti insonlarning
oʼzaro munosabatlarini keskinlashtuvchi “texnologiyani” takomillashtirdi, ikkinchi tomondan, insonni
induvidiallashtirgan, manqurtlashtirgan, marginallashtirgan: ijtimoiy, ekologik, maʼnaviy inqirozga olib
keldi va uni chuqurlashtirmoqda. Lekin texnogen sivilizatsiya taraqqiyoti tarixiy mantigʼidan shu narsa
aniq boʼldiki, insoniyatning global muammolari asoslarini, sabablarini texnologik rivojlanish oqibatlaridan
emas, balki inson tabiatidan, maʼnaviy dunyosidan qidirish kerak ekan. Shuning uchun zamonaviy Gʼarb
mutafakkirlari bu inqirozdan chiqish yoʼllarini Sharq falsafasining maʼnaviy-axloqiy taʼlimotlari
merosidan, sharqona hayot anʼanalaridan qidirishi tasodifiy emas.
Bu mavzuning dolzarblashuviga XIX asr oxiri XX asr boshlarida Sharq va Gʼarb siyosiy
munosabatlari keskinlashuvi ham asosiy sabab boʼlib qoldi. “Millatlararo ziddiyatlar”, “dinlararo qarama
qarshilik”, “diniy ekstremizm”, “diniy funamentalizm”, “neofashizm” va boshqa shu kabi tushunchalar
ijtimoiy-falsafiy adabiyotlarda keng qoʼllanilmoqda. Bu tushunchalar mazmuni, faqat koʼp millatli, koʼp
konfessionalli mamlakatlarda dolzarb muammo boʼlib qolmasdan, balki nisbatan monoetnik,
monokonfessional davlatlarda ham katta qiziqish uygʼotmoqda. Umumlashtirib aytganda, bugun jahon
sivilizatsiyasi natijalarini Gʼarb ratsionalizmi va Sharq irratsionalizmi simbiozi asosida saqlab qolish
mumkinligi haqidagi nazariy taʼlimotlar keng tarqalmoqda. Zero, insoniyat oʼz tarixidan, faqat nima
qilishni emas, balki nima qilmaslikni ham oʼrganishi kerak. Shu nuqtai nazardan jahon falsafasi tarixida
bugun bizning oldimizda turgan global muammolar yechimi haqida ratsional nazariy taʼlimotlar yaratilgan.
Gap ularni ijodiy oʼrganish va oʼzlashtirishdadir.
Аdabiyotlar
1. Шаймухамбетова Г.Б. Гегель и Восток. Принципы подхода. −М., 1995. − С. 20.
2. Hulin M . Hegel et l ' Orient . P ., 1979. – P . 8.
3. Религиозно-философские учения Востока (сборник) / Под ред Г.Б. Шаймухамбетовой – М.,
1989.
4. Паломничество Германа Гессе в страну Востока // Восток-Запад. Исследования. Переводы.
Публикации. - М.,1992. Вып.1. −С. 217.
5. Гаджиев К.С. Введение в геополитику. – М.: Логос, 1998. – 416 с.
6. Гегель Г.В.Ф. Работы разных лет. −М., 1971. Т. 2. −С. 554
7. Паломничество Германа Гессе в страну Востока // Восток-Запад. Исследования. Переводы.
Публикации. - М.,1992. Вып.1. - С. 214.
8. Ауробиндо Шри Индийская культура и влияние извне // Открытие Индии. Философские и
эстетические воззрения в Индии в XX веке. - М., 1987. - С.404.
9. Габитов Т.Х. Коллизии и искания казахской культуры // Казахская цивилизация / The Kazakh
Civilization . 2001. №1. – С. 95.
Do'stlaringiz bilan baham: |