Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son 
62 
Bu tarzda qutblashtirishdan asosiy maqsad – anʼanaviy Sharqni Gʼarb sivilizatsiyasining dominant 
xususiyatlari asosida modernizatsiya qilish va undan muayyan maqsadlar uchun foydalanishdan iborat edi. 
Shuning uchun S.Аyzenshtadtning: “XVII-XIX asrlardagi tarixiy modernizatsiya Gʼarbiy Yevropa va 
Shimoliy Аmerikada rivojlangan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sistemasi (taʼsiri) oʼzgarish jarayonidir va 
undan keyin boshqa Yevropa mamlakatlariga, XIX-XX asrlarda esa, Janubiy Аmerika, Osiyo va Аfrika 
qitʼalariga tarqaldi” [7, 214], degan xulosasida muayyan haqiqat bor. 
Biroq, Sharq bu jarayonda passiv taʼsir subʼekti boʼlib qolmagan, yaʼni Sharq va Gʼarb 
sivilizatsiyalarining (mustamlakachilik siyosati natijasida) toʼqnashishi (ularning jiddiy ziddiyatlariga 
qaramasdan), oʼzaro moslashishini taqozo qilgan. Bunga buyuk hind gumanist-mutafakkiri Shri Аurobindo 
Goxash. Maxatma Gandilar alohida eʼtiborni qaratgan edi [8, 404]. Ularning milliy ozodlik harakatlarida 
tinch yoʼlni tanlashlarini misol qilib keltirish mumkin.
Chunki Sharqning boshqa mamlakatlari kabi, Hindiston ham Buyuk Britaniya mustamlakasiga 
aylangandan keyin (ayrim mutaassiblarcha iddaolarga qaramasdan), bir tomondan, oʼzining Gʼarbga 
nisbatan (ayniqsa, texnogen sivilizatsiya sohasida) qoloqligini eʼtirof qilishga majbur boʼlgan edi. Ikkinchi 
tomondan esa, mavjud reallikka modernizatsiyalashish uchun Gʼarb sivilizatsiyasi yutuqlarini 
oʼzlashtirishning obʼektiv zaruratini anglab yetgan. (Nafslambirini aytganda, davlatlarning milliy 
mustaqillikka erishishida ham, maʼlum maʼnoda, modernizatsiyalashish jarayonida gʼarbona hayot tarzini, 
ayniqsa, texnogen sivilizatsiyasi ijobiy natijalarini oʼzlashtirishlari katta rolь oʼynagan).
Rivojlanayotgan mamlakatlarning texnogen sivilizatsiyalashgan Yevropa davlatlari standartlarini 
ijodiy rivojlantirib modernizatsiyalashuvini, ularning mahalliy-mental xususiyatlari oʼzgarishi jarayoni 
tarzida eʼtirof etilishi kerak. Lekin sivilizatsiyalar transformatsiyasi va integratsiyalashuvi madaniyatlar, 
sivilizatsiyalar “toʼqnashuvi” bilan bogʼliq ijtimoiy muammolar “kaskadini” vujudga keltirdi.
Bu muammolarni bartaraf qilish murakkab ijtimoiy jarayon boʼlib, mavjud streotiplarni 
oʼzgartirishni taqozo qiladi. N.Berdyaev taʼbiri bilan aytganda: “biz yangi ongga, tafakkurga, faqat tavba 
qilish va oʼzimizni fosh qilish orqali kelamiz”. Chunki turli konservativ-reaktsion kuchlarning 
modernizatsiyalarga, reformalarga qarshiligi, ularning millat madaniy birligini, qiyofasini yoʼqotishga, 
uning maʼnaviy degredatsiyalashib, global sivilizatsiyadan ajralib qolishiga olib keladi.
Yevropa va boshqa industrial rivojlangan davlatlardagi ilmiy-texnika inqilobi jahon hamjamiyatida 
Gʼarbiy Yevropa texnogen sivilizatsiyasining kelajak andazasi, degan stereotipni shakllantirdi va kishilar 
ongiga mustahkam oʼrnashib qolishga olib keldi. Vaxolanki, qozogʼistonlik madaniyatshunos 
T.X.Gabitovning fikriga koʼra, “Evropa madaniyatshunosligida Sharq vesternizatsiya polgoni sifatida qabul 
qilingan. Аmmo, obʼektiv ilmiy tahlillar shuni koʼrsatadiki, Gʼarb Sharqsiz bir oʼlchamli va maʼnaviy 
chegaralangandir” [9, 95]. 
Zamonaviy texnogen sivilizatsiya (obʼektiv tarixiy taraqqiyotning qonuniy natijasi boʼlsa ham), 
umuminsoniyat maʼnaviyati anʼanaviy permanentligi “uzilishga”, insonda individualizm, isteʼmolchilik 
stereotiplari rivojlanishiga, pragmatik qoida va normalar ustuvorlashuviga olib keldi. Insoniyat texnogen 
sivilizatsiyaning oqibatlaridan sarosimaga tushib, undan chiqishga doir nazariy taʼlimotlar “kaskadini” 
shakllantirdi.
R.Rozakning fikricha bu tupikdan chiqish uchun insoniyat: mantiq va intuitsiya, fan va eʼtiqod, 
individualizm va jamoaviylik, sunʼiy va tabiiylikni oʼz ichiga olgan yangi global madaniyatni 
shakllantirishi kerak. Chunki, hozirgacha Gʼarb va Sharq maʼnaviy-madaniy boyliklarini 
integratsiyalashtirishga, uning simbiozini yaratishga doir madaniyatshunoslik nazariyalari ham, tarjibalari 
ham, kutilgan natijani bermadi.
Buning asosiy sababi, bir tomondan, Gʼarb texnogen sivilizatsiyasi universalligiga qaramasdan
Sharq madaniyati va mentalitetining, faqat tashqi, xususiy tomonlariga, muayyan ijtimoiy qatlamlarni 
tanlab taʼsir koʼrsatmoqda. Ikkinchi tomondan, Gʼarb dunyosining “begona” maʼnaviy taʼsirlarga qarshi 
“immuniteti potentsiali” (kalondimogʼligi, konformistik sterotiplari, manmanligi) yuqoriligi, uni Sharq 
madaniyatidan begonalashtirmoqda.
Zamonaviy sotsiumning asosiy xususiyati: “axborot bosimiga”, texnologik jarayonlar shiddatiga, 
oʼzgarayotgan ijtimoiy munosabatlar spektriga moslashishga harakatida namoyon boʼladi. Bu jarayonda 
“ilgʼorlik” yoki “qoloqlik” shartli va nisbiydir. Rus etnograf-tarixchisi L.Gumilev fikricha, azaldan ilgʼor 
yoki qoloq xalqlar, millatlar yoʼq, Sharq va Gʼarbda yashagan barcha xalqlari oʼz tarixida ilgariga harakat 
qilgan. Lekin bu harakatning, muayyan davrlarda, susayishi yoki orqaga ketish hollarini vaqtinchalik 
hodisa, deb hisoblaydi. 
Har qanday jamiyatning muayyan ijtimoiy qatlamlari, u yoki bu darajada (manfaatlarini anglash 
doirasida) global madaniy integratsiya jarayoniga ham, uning modernizatsiyasiga ham (baʼzan 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish