Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2020-yil, 2-son 
65 
qo’yilgan maqsadga, yutuqlarga erishishni ta'minlasa foydali qisoblanadi. Har bir ijodkor dizayner narsa va 
buyum yaratayotganda uning oldida avvalo talablari aniq ravshan bo’lgan iste'molchi turadi, har bir asar 
yoki mahsulot albatta kim uchundir yaratiladi. Dizaynda professonallik va havaskorlik bir-biridan farq 
qiladi. Har bir kishi havaskor bo’lishi mukin ammo professional bo’lolmaydi. Har bir ishlanma esa ma'lum 
bir asarning poydevori, ijodkor dunyoqarashining mevasi. Shuning uchun u tizimli, mantiqiy asosiga ega 
bo’lishi taqozo etiladi. Uning san'atdagi ijodiylikdan farqi shunda. Dizayner mutaxassisning qobiliyati 
loyiqaviy tasavvur va obrazli tafakkurdir. Bu obrazli modellashtirish yoki obrazli tip kabi yangi loyihaviy 
tafakkur mexanizmlarini vujudga kelishida asos bo’ladi. Bu tushunchalar dizaynning voqelikka 
munosabatini his qilish va dizayn obrazlarining san'atdagi obrazlardan farqini tushunishga yordam beradi, 
shuningdek hayotiy qadriyatlarga aylantiradi. 
Ammo bugun hayot sur'atlarining tezlashuvi, atrof-muhitdagi, ijtimoiy hayotdagi o’zgarishlar
shaxsdagi moslashuv funktsiyalarini o’zgartirib, ayrim hollarda tezlashtiradi, oqibatda inson va buyum 
o’rtasidagi munosabat yanada qisqarib bormoqda. Ilgari uy jihozlaridan 20 yillab foydalangan bo’lsak 
bugun ularning texnik, estetik, funktsiyaviy jihatdan takomillashib borishi natijasida 2-3 yildayoq 
eskirishga olib kelmoqda. Foydalanilmagan jihoz esa qadriyatlilik xususiyatini yo’qotadi (faqat shaxsiy 
qadriyatga aylanadi, bu esa qadriyatlar o’rtasida to’qnashuvga olib keladi). Faylasuf madaniyatshunos 
Olvin Toffler “Yangi tovarlarni loyihalashtirish va ularni jozibador, yorqin psixologik jihatdan emotsional 
boy liboslarga burkab berish ertangi kunning eng topqir tadbirkorlaridan ham haddan tashqari yuksak 
darajada uddaburonlikni talab qiladi. Biz muvaqqat ehtiyojlarni qondirish uchun muvaqqat usullar bilan 
tayyorlangan muvaqqat buyumlar davriga qadam qo’ymoqdamiz. Inson bilan buyum o’rtasidagi munosabat 
borgan sari behuda bo’lib bormoqda” [2. B.100] . deb ta'kidlaydi. Darhaqiqat, zamonaviy inson talabini 
qondirish uchun dizayner undan bir qadam oldinda yurishi lozim. Bu tezkorlikni talab etadi, “bir martalik” 
buyumlarning ko’payishiga olib keladi. Bir martalik shpritslar, idish-tovoqlar inson salomatligi, shaxsiy 
gigienasi uchun zarur. Ammo inson foydalanadigan barcha predmetlar bir martalikka aylanar ekan
ularning qadriyatlilik tabiati yo’qoladi. Bu Toffler aytganidek muvaqqat buyumlar davriga qadam 
qo’yganimiz, uning sifatsiz yoki, yaroqsiz ekanligigagina bog’liq emas, balki dunyoqarash va didimiz ham 
o’zgarayotgani, yangilanishga bo’lgan ehtiyojimiz bilan ham belgilanadi. Ilgari buyumga nisbatan eng 
muhim talab uning pishiqligi va uzoq vaqt davomida foydalanishga yaroqliligi bo’lgan, endilikda esa inson 
uchun buyumning estetik shakli, ekologik tozaligi ham muhim. Hatto ba'zan unda ijodiylik birinchi o’ringa 
chiqib qolishi ham uchraydi. Masalan eksklyuziv buyumlar, liboslarni misol qilish mumkin. Ulardan 
foydalanib bo’lmaydi, ya'ni ularga egallik qilishi mezoni bilan belgilanadi. 
Ma'lumki dizayn va foydalilik bir-biri bilan chambarchas bog’liq ammo foydalilikni sof
iste'molchilik nuqtai nazaridan tor ma'noda tushunish ham noto’qri, chunki, axloqiy nuqtai nazardan foyda 
ma'naviy qadriyat sifatida, inson harakatlarining pirovard maqsadi sifatida ham namoyon bo’ladi. Ya'ni, 
foydaning asosida insonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, mutaxassislik, madaniy mavqeini ko’tarish bilan 
bog’liq bo’lgan turli ob'ektlarga bo’lgan munosabati, qiziqish va manfaatlari yotadi. Omad, samaradorlik, 
maqsadga muvofiqlik, afzallik kabi amaliy ahamiyat kasb etgan sifatlar, foyda, ezgulik, go’zallik, haqiqat, 
barkamollik, mukammallik kabi qadriyatlar bilan bog’liqdir. Ba'zi ishlab chiqaruvchilar foydaning 
qadriyatlilik xususiyatini unutishmoqda, xudbinlik, shaxsiy manfaat ustunlik qilmoqda, oqibatda 
dizaynning qadriyatlilik xususiyati e'tibordan chetda qolmoqda. Masalan, bolalar uchun yaratilayotgan 
qo’g’irchoq va o’yinchoqlarning bola so g’ligi va ruhiyatiga salbiy ta'sir qilayotgani xususida bir qancha 
tadqiqotlar o’tkazilgani fikrimiz dalilidir. Barbi ishlab chiqaruvchi “Mattel inkorporeyted” kompaniyasi 
ushbu qo’ g’irchoqni olishni istagan qizaloq eski Barbisini almashtirish evaziga yangisini anchagina
arzon narxda olishi mumkinligi to’ g’risida e'lon qilib boradi. qar Haftada millionga yaqin, har sekundda 
esa ikkita Barbi qo’qirchoqi xarid qilinar ekan. Amerikalik 3 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan qizlarda 8 ta, 
italiyalik qizaloqda 7 ta, frantsuz, nemis va ingliz qizaloqida o’rtacha 5 tadan Barbi qo’qirchoqi bor ekan. 
Toffler ta'kidlaganidek bu qo’ g’irchoqlari chirib-to’zib ketgunicha o’ynagan buvilarning 
davomiylik jamiyatiga qarshi omonatlik g’oyasiga asoslanuvchi jamiyat o’rtasidagi tafovutni ko’rsatadi. 
Oxir oqibatda bolalarda Toffler aytganidek “tashlab yuborish” madaniyati singadi. Bir martalik narsa va 
buyum qadriyatlilik tabiatiga ega bo’lmaydi. Bu esa tejamkorlik, uvol, shukronalik kabi azaliy axloqiy 
qadriyatlarimizga ham ziddir, shuningdek ularning qadrsizlanishiga olib keladi. O’z o’yinchog’iga 
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lmagan bola ertaga tabiatga, xalqimiz yaratgan osori-atiqalarga ham 
behurmat bo’lishi ehtimoldan xoli emas. Yillar osha inson uchun qadrli bo’lgan narsa va buyumlar nima 
uchun qadrini yo’qotib qo’yadi? Uni qadrsizlanmasligi uchun nima qilish kerak? Bu kabi savollarning 
tug’ilishi tabiiydir. Olim Q.Nazarov qadrsizlanishning tabiati, mohiyati, shakllari va sabablarini ko’rsatib 
o’tar ekan, “Har bir qadriyat ob'ektining qadrlash mezoni bor. Bu mezon u yoki bu qadriyatni qadrlashning 
ob'ektiv me'yorini anglatadi. Ana shu me'yorning buzilishi u yoki bu qadriyat qadrining, bir tomondan, 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish