ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2020-yil, 2-son
72
hissiyotga erk berishga intiladi. Shuning uchun bu xususiyatning paradoksal tomoni shundaki,
tadbirkor ayollarda intuitsiyaga tayanish keng rivojlangan bo‘ladi;
ayolda hayotni asrash, qadrlash va sevish hissi kuchli rivojlangan bo‘ladi. Ushbu his-
tuyg‘u tufayli tadbirkor ayollar o‘z atrofiga huddi shunday tuyg‘ularga ega xotin-qizlarni tezlik
bilan to‘play oladi va birlashtiradi. Bunday xotin-qizlar, yig‘ilishdan yoki tadbirkor ayol bilan
ishlashga rozi bo‘lganida mablag‘, daromad orttirishdan ko‘ra dili diliga yaqin hammaslak,
sirdosh, dugona uchratganidan xursand bo‘ladi;
ayollar zaifa emas, ular raqobatda faoliyat ko‘rsatishga qodir. Tadbirkor ayollar ishchan xotin-
qizlarni o‘z atrofiga to‘plaganida raqobatdosh muhitda yashashga, ishlashga to‘g‘ri kelishini
unutmaydi. Ulardagi introspektiv xislatlar birgalashib harakat qilishi jarayonida ekstrospektiv
yondashishga aylanadi, xizmat turlarini kengaytirib, raqobat muhitida yashashga, ishlashga chorlaydi.
Sharq ayoliga xos xislat shundaki, u tadbirkor sifatida raqobatdoshini yengish, bankrot qilish,
bozordan siqib chiqarish uchun emas, balki raqobatda o‘ziga ishongan subyekt sifatida qatnashishni
ko‘zlaydi. Sharqona odob, axloq normalariga rioya etish, mehnat qilib obro‘, foyda topish o‘zbek
tadbirkor ayollariga xos xislatdir. Xotin-qizlar duch kelgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan
shug‘ullanishga jur’at etavermaydi. Ularga jismonan yengil vazifalarni bajarish yoqadi. Shuning
uchun ham sanoat, qurilish, tog‘-konchilik va geologiya qidiruv ishlari, muhofaza xizmatlari kabilarda
ayollar tadbirkorligi deyarli uchramaydi. Ijtimoiy hayotda ba’zan uchrab turadigan ochiq yoki pinhona
segregasiya, ya’ni jinsiga qarab odam ajratish va konvergensiya aynan ayol va erkak munosabatlarida,
ularning gender aloqalarida aks etib keladi. Agar segregasiya ko‘rinishlari qoralansa, hatto unga qarshi
xalqaro hujjatlar, konvensiyalar qabul qilingan bo‘lsa, konvergensiya, ya’ni turli ko‘rsatkichlar
bo‘yicha o‘zaro yaqinlashish ijtimoiy borliqning atributi sifatida namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda
zamonaviy
tadbirkorlik
ayollar
yoki
erkaklar
ishbilarmonligidagi
segregasiyani
atayin
chuqurlashtirish, tafovutlarga urg‘u berishda emas, balki ularning differensial xususiyatlarini bilish
uchun muhimdir, degan xulosaga kelingan. Bunday yondashuv tadbirkorlikning immanent belgilarini
chuqurroq bilishga, uni tashkil etish va boshqarishning samarali mexanizmlarini topishga imkon
beradi.
Fuqarolik jamiyati inson huquq va erkinliklari ustuvorligini tan olgan, ularni ta’minlash va
himoya qilishni o‘z asosiy maqsadiga aylantirgan jamiyatdir. Insonning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va
erkinliklarini himoya qilish ham uning asosiy hususiyatlaridan biriga kiradi. Shu bilan birga avvalo
tadbirkorning o‘zi unga tegishli ijtimoiy-iqtisodiy huquqlardan keng foydalanishi, ularni himoya
qilishga intilishi darkor. Shu o‘rinda aytish joizki, ayollar tadbirkorligining ijtimoiy-huquqiy va
mulkiy asoslari O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida o‘z ifodasini topgan. Asosiy Qonunning
46-moddasida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar” deb ta’kidlangan [6]. Mazkur modda
nafaqat xalqaro huquq normalariga muvofiq, balki ijtimoiy hayotda xotin-qizlarning mavqyeini
oshirish uchun muhim ahamiyatga egadir. Ayollar tadbirkorligini ijtimoiy-huquqiy asoslari ham
mazkur normaga asosan tashkil etiladi va qo‘llab-quvvatlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |