1-mavzu: “dinshunoslik” faniga kirish. Reja



Download 377,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana28.07.2021
Hajmi377,61 Kb.
#130980
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Maruza



1-MAVZU: “DINSHUNOSLIK” FANIGA KIRISH. 

Reja: 

1.  Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari.  

2.  Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi. 

3.  Dinlar tarixini o’rganishda sharq va g’arb olimlarining qarashlari. 

4.  Dinning jamiyatdagi funksiyalari.Dinlarni tasniflash. 

Tayanch tushunchalar: 

Din,  e’tiqod,  yo‘l,  mazhab,  religiya,  «religio»,  «relegere»,  transsendent,  immanent, 

kult, dinshunoslik, “al–Firaq”, “ar–Radd”, “ad–Diyonot”, “al–Milal”, din fenomenologiyasi, 

din sotsiologiyasi, din psixologiyasi va din falsafasi. 

 

1. Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari. 

Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O‘zbekiston Respublikasida ziyolilar 

oldiga  ma’naviy  barkamol  insonni  shakllantirish  vazifasi  qo‘yilgan  bir  paytda  din  masalasini 

chetlab o‘tish mumkin emas. Mazkur masalani hёёal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish 

uslubining  saloxiyatsizligi  hammaga  ochiq-oydin.  Lekin  keyingi  paytda  paydo  bo‘lgan  diniy 

bo‘lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, xatto bir-biriga zid bo‘lgan, fikrlarni tahlil 

qilmasdan  turib  maqtash  uslubi  ham  o‘zini  oqlamaydi.  Demak,  ushbu  masalaga  prinsipial, 

professional, ilmiy yondashuv darkordir. 

O‘zbekiston  Rossiya  imperiyasi  va  Sovet  Ittifoqi  tarkibida  bo‘lgan  va  jaxon 

hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda, G‘arbda X1X asrning o‘rtalarida vujudga kelgan 

dinshunoslik fani ancha yo‘l bosib o‘tib, ko‘plab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida 

O‘zbekiston  tadqiqotchilari  bu  yangi  soha  bilan  yaqindan  tanishib,  mutaxassis-kadrlarni 

tarbiyalay boshladilar. 

Mustaqillik  tufayli  o‘zligimizni  anglash  ma’naviy  qadriyatlarimizni  tiklash  jarayoni 

kechayotgan  paytida  dinga  munosabat  tubdan  o‘zgardi.  Hozir  O‘zbekiston  Respublikasida  16 

diniy  konfessiya  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Turli  konfessiyalar  vakillari  bilan  muloqot  qilishning 

yuksak  ma’naviyatiga  erishish  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning  uchun  ham  ko‘pdinlilik 

sharoitida yoshlarimiz barcha bilimlar qatori dunyo xalqlari dinlaridan ham xabardor bo‘lishlari 

lozim. Dinshunoslik fanining asosiy maqsadlaridan biri bu o‘quvchi talabalarda din, uning turli 

shakllari, ta’limotlari,  yo‘nalishlari, mazhablari haqida to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqara oladigan, 

diniylik  va  dunyoviylik  munosabatlarini  asoslab  tahlil  qila  oladigan,  to‘g‘ri  dunyoqarashni 

shakllantirishdan iborat. Din va Qonun o‘zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat 

poydevorini mustaxkamlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Vijdon erkinligi va 

diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni turli diniy jamoa a’zolarining 

huquqlari,  majburiyatlari  haqida  to‘la  ma’lumot  beradi.  O‘quvchilarda  qonunga  hurmat  hissini, 

o‘zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg‘ularini hurmat qilish, tushunishga harakat 

qilish, o‘z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o‘tkazish g‘ayriqonuniy xatti-harakat 

ekanligi,  ijtimoiy  joylarda  diniy  masalalarda  zo‘ravonlik,  agressivlikka  yo‘l  qo‘ymaslik 

dunyoqarashini shakllantiradi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  jaxon  hamjamiyatiga  kirib  borayotgan  bir  sharoitda  uning 

fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo‘lishi 

ham juda muhimdir. 

 Diniy  nuqtai  nazarga  ko‘ra  din  xudoga,  payg‘ambarlarga,  farishtalarga,  muqaddas 

kitoblarga,  oxiratga,  butun  yaxshi-yomonlik  yaratganning  irodasi  bilan  bo‘lishi  kabi  diniy 

aqidalarga imon keltirish, shayton va iblislardan saqlanishdir. 



Din tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning 

bevosita  qurshab  olgan  atrof-muxitdan  tashqarida  bo‘lgan,  uni  yaratgan,  ayni  zamonda 

insonlarga  to‘g‘ri,  haqiqiy,  odil  hayot  yo‘lini  ko‘rsatadigan  va  o‘rgatadigan  ilohiy  qudratga 

ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash, ta’limotdir. 

Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari 

orqali  namoyon  bo‘ladi.  U  olam,  hayot  yaratilishini  tasavvur  qilishning  alohida  tariqasi,  uni 

idrok  etish  usuli,  olamda  insoniyat  paydo  bo‘lgandan  to  bizgacha  o‘tgan  davrlarni  ilohiy 

tasavvurda  aks  etishidir.  Din  komil  insonni  tarbiyalashda  salmoqli  tarbiyalovchi  qudratga  ega 

bo‘lgan ma’naviy-axloqiy kuchdir. 

Din  nima  ekanligi  turlicha  izoxlansa-da,  umumiy  nuqtai  nazar  shuki,  din  ishonmoq 

tuyg‘usidir.  Ishonmoq  tuyg‘usi  insoniyatning  eng  teran  va  eng  go‘zal  ruhiy-ma’naviy 

extiyojlaridandir.  Dunyoda  dini,  ishonchi  bo‘lmagan  xalq  yo‘q.  Chunki  muayyan  xalq  dinsiz, 

e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. 

Dinshunoslikda  dinga  “dinning  o‘zi  nima?”,  “uning  moxiyati  nimadan  iborat?”  degan 

savol nuqtai nazaridan yondashishdan tashqari “din qay tarzda faoliyat olib boradi?” degan savol 

nuqtai  nazaridan  ham  yondashuv  mavjud.  Bu  masala  bilan  ko‘proq  din  sotsiologiyasi 

shug‘ullanadi.  

Sotsiologik  nuqtai  nazardan  qaralganda  din  jamiyat  uchun  zaruriy  narsa,  ijtimoiy 

hayotning ajralmas qismidir. U ijtimoiy munosabatlarni yuzaga keltiruvchi va amalga oshiruvchi 

omil  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Bu  degani  dinni  jamiyatdagi  bajaragan  vazifalariga  ko‘ra 

o‘rganish mumkin demakdir. 

Dinning vazifalari deganda uning alohida shaxsga va jamiyatga ta’sir qilish yo‘li va tabiati  

nazarda tutiladi. Bunda har bir din unga e’tiqod qiluvchi muayyan bir shaxsga u yoki bu jamoaga 

va umuman jamiyatga nima beradi? Insonlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Shunga o‘xshash 

masalalar o‘rganiladi. 

 


Download 377,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish