ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2020-yil, 2-son 70
mehnat) ga to‘rtinchi omil sifatida tashkilotni kiritadi. Shu davrlardan boshlab tadbirkorlik tushunchasi
keng o‘rganilmoqda va uning funksiyalari o‘rganilib borilmoqda.
Xotin-qizlar orasida innovasion tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni targ‘ib qilish orqali
ham qaysidir ma’noda xotin-qizlar tadbirkorligining yangicha rakursda qarash imkoni yaratib beradi
Innovasion tadbirkorlik natijasi sifatida tayyor mahsulot (xizmat) ko‘riladi, tadbirkor mazkur mahsulot
(xizmat)ni iste’molchiga innovasion faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar va korxonaning
daromadini inobatga olgan holda belgilangan narxda yetkazib beradi.
Shunday qilib, innovatsion tadbirkorlik bu – xo‘jalik yuritishning novatorlik jarayoni
hisoblanadi. Uning asosida innovasiyaning yangi imkoniyatlarini doimiy izlash, xom ashyo bilan
bog‘liq muammolarning tezkor va xilma xil manbalar hisobidan yechimlarini topish degan
tushunchalar yotadi. Bunday turdagi tadbirkorlikda tadbirkor o‘z xohishiga ko‘ra yangi loyihani
amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan riskni o‘ziga olish va kechayotgan jarayon uchun moliyaviy,
ahloqiy, ijtimoiy javobgarlikni his qilgan holda olinadigan moddiy daromad va erishilgan natijadan
qoniqish tuyg‘ulari bilan bog‘liq bo‘ladi. Umuman olganda innovasion tadbirkorlik boshqa barcha
tadbirkorlik sohalari uchun asosiy baza bo‘lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi demokratik yangilanish yo‘lidan borar ekan, ijtimoiy turmushning
barcha jabhalarida bo‘lgani kabi O’zbekistonda demokratiya rivojlanishining muhim yo‘nalishlari,
mazmuni, strategik prinsiplari va erkinlashtirish vazifalari ustivor omil sifatida qayd etib o‘tilmoqda.
Demokratik davlat rivoji asoslarini yaratish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jamiyatning asosiy
sohasi bo‘lgan iqtisodiyotning yangilanmagan, ijtimoiy munosabatlarni erkinlashtirishsiz (iqtisodiy,
siyosiy, ma’naviy) idrok etib bo‘lmaydi. O’zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyoti,
modernizasiya nazariyasi va amaliyoti oldiga yangi vazifalarni qo‘yadi, bunda davlat eng asosiy
islohatchi bo‘lib, o‘ziga ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy modernizasiya – sanoatlashtirishning tatbiqi
davomida, uning uchun zarur bo‘lgan tadbirkorlik madaniyatini tashkil etishda shaxsiy mulkni,
xususiylashtirishda iste’molni nazorat qilish, hatto butun bir ijtimoiy sinf – o‘rta sinf mulkdorlarini
shakllantirishdagi tashabbusni o‘z qo‘liga oladi.
Butun dunyoda kechayotgan globallashuv jarayonlari O’zbekiston Respublikasi va uning
iqtisodiyotini ham chetlab o‘tmasdan qolmadi. Har qanday obyektiv jarayon sifatida globallashuv ham
barcha millat va davlatlarni o‘z orbitasi tomon jalb qilib, barcha millat iqtisodiyotlarini yagona
iqtisodiy tizimga birlashtirib, o‘z faoliyat sarhadlarini kengaytirib boradi. Jahon iqtisodiyotining
transformasiyalashtirish
va
mehnatni
xalqaro
taqsimlash
sharoitida,
tashqi
bozorda
raqobatbardoshlilikni ta’minlash uchun ayrim davlatlar konsolidasiyalashga, muntazam o‘z
iqtisodiyotini rivojlantirish, mavjud manbalardan foydalanish samaradorligini oshirishga majbur
bo‘lmoqdalar. Bu ma’noda O’zbekiston Respublikasi istisno emas. Respublikaning rivojlanayotgan va
kengayib borayotgan ichki va tashqi bozori jahon iqtisodiyotiga faol integrasiyalashuvdan boshqa
chorasi yo‘q. O’zbekistonning hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyati va jahon iqtisodiyotining rivojlanish
yo‘nalishlarini e’tiborga olgan holda, shuni ta’kidlash mumkinki, uning kelgusi rivojlanishi va
iqtisodiyotining kelajagi mamlakatning global iqtisodiy tizimga integrasiyalashuvi bilan uzviy
bog‘liqdir. Chunki bugungi kunda O’zbekiston xuddi boshqa davlatlar kabi iqtisodiy o‘sishning
murakkab masalalarini yakka holda, ya’ni qolgan dunyo bilan mahsulot ayirboshlash jarayonlarida
mehnatni xalqaro taqsimlashda keng ishtirokisiz samarali hal qila olmaydi. Unga yosh suveren davlat
sifatida xalqaro institut va tashkilotlarda faol ishtirok etish bilan birga global iqtisodiy tizimga chuqur
integrasiyalashish lozim bo‘ladi. Jahon iqtisodiy inqirozi ushbu integrasiyaning qanchalik
chuqurligini, shu vaqtning o‘zida rivojlanish siklik sharoitida yuzaga kelayotgan davriy pasayishlardan
iqtisodiyotni himoyalashning milliy preventiv choralarini amalga oshirish zarurligini ko‘rsatdi.
“O’zbekistonda qabul qilingan modernizasiya va isloh qilish modeli kelgusida milliy manfaatlarni
amalga oshirishni” o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yar ekan, “yangisini yaratmay turib, eskisidan voz
kechma” degan naqlga amal qilgan holda islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirilishini nazarda
tutadi. O’zbekiston nafaqat ko‘p sohali sanoat va tabiiy boyliklardan iborat raqobatbardosh
usutvorliklarga, balki mavjud ilmiy-texnik salohiyat va malakali kadrlarga ega bo‘lgan yirik ilmiy
bazaga egadir. Bugungi kunda respublikada 220 dan ziyod ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy ta’lim
muassasalari, tajriba-konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy ishlab chiqarish korxonalari, kichik
innovatsion markazlar faoliyat yuritmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2017 yil 7 fevraldagi ПФ-4749-sonli
«O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida» gi