Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2020-yil, 2-son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2020-yil, 2-son 
71 
Farmonini tasdiqladi. Mazkur Farmonda iqtisodiyotga investisiya kiritish shuningdek innovasion 
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilishi ko‘zda tutilgan ustivor vaziqalar belgilab 
berilgan. Unga ko‘ra tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi 
tarmoqlarini modernizasiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirishda: 

ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab 
chiqarish, transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan 
faol investitsiya siyosatini olib borish; 

sanoatni yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo 
resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish 
bo‘yicha jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali yanada 
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish; 

prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o‘zlashtirish, shu asosda ichki 
va tashqi bozorda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash; 

ishlab chiqarish mahalliylashtirishni rag‘batlantirish siyosatini davom etish hamda, eng 
avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o‘rnini bosish, tarmoqlararo sanoat 
kooperatsiyasini kengaytirish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tilgan [5].
Ma’lumki, “ayol tadbirkorligi” tushunchasi ifodalaydigan fenomenning mohiyatini ochib 
berish uchun avvalo unga ta’rif va tavsif berish, bu hodisaning genezisi va evolyutsiyasini o‘rganish, 
jamiyatdagi boshqa sistemalar bilan bog‘liqligini, struktura va funksiyalarini, ahamiyati va istiqbolini 
belgilash talab etiladi.
Mazkur jarayoni ijtimoiy tahlil qilish jarayonida tushunchaga quyidagi yangicha ta’rifni 
berish imkoni tug‘ildi: “Ayollar tadbirkorligi” – bu gender munosabatlar doirasidan chiqadigan
ijtimoiylashgan biznes ma’nosiga ega bo‘lgan, jamiyat manfaatlariga yo‘naltirilgan, xotin-
qizlarning kichik va o‘rta biznes, xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga tayyorligi hamda shu 
faoliyat turi bilan amalda mashg‘ul bo‘lishini anglatadigan tushunchadir. Odatda, ayollar ta’lim-
tarbiya, tibbiy va maishiy xizmat, yengil sanoat kabi sohalarda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga 
moyil bo‘ladilar, binobarin, yangi yo‘nalish bo‘lgan “ijtimoiy tadbirkorlik”ni rivojlantiradilar. 
Ayol tadbirkorligi statusining sosial rollarga ta’siri: ona, turmush o‘rtog‘i, malakali mutaxassis 
funksiyalarini qo‘shib olib borish ma’nosini beradi. Biznes olamida hech kim ayol kishining 
oiladagi bandligini, ona bo‘lish istagini inobatga olmaydi. Va, aksincha, ziddiyat tamoyiliga ko‘ra, 
bola-chaqa, uy-ro‘zg‘or ayol uchun ustuvor bo‘lsa, biznes – daromadga putur yetadi. Shuning 
uchun tadbirkor xotin-qizlardan juda noziklik bilan muvozanatni saqlash talab etiladi.
Kuzatishlar ko‘rsatishicha, ayol kishi tadbirkorlik sohasida yutuqlarga erishgan sari uning 
sosial roli ham, oila va jamiyatdagi o‘rni ham transformatsiyaga uchraydi. Bu, ayniqsa, axloqiy-
ma’naviy munosabatlarda muammolar keltirib chiqaradi. Zamonaviy ayol tadbirkorligi, bozor 
munosabatlarining murakkablashishi, “mulkdorlar sinfi”ning shakllanishi tufayli bir qator 
xususiyatlarga ega bo‘lmoqda. O’zbekiston mustaqilligi arafasida va istiqlolning dastlabki 
yillarida ko‘plab xotin-qizlar qo‘shni davlatlardagi bozorlarga qatnay boshladilar. Bu ham 
tadbirkorlikning o‘sha ilk davriga xos oddiy shakli edi. O’tish davrida faqat O’zbekiston emas, 
MDHning boshqa davlatlarida ham xotin-qizlar ijtimoiy ahvolining og‘irlashishi, sog‘ligining 
yomonlashuvi, ishsizligining ortishi kuzatildi. Hayotning eng katta og‘irligi aksariyat hollarda 
ayollar zimmasiga tushdi. Erkaklar ishga zor bo‘lib yurganda xotinlar uy ichkarisida, hatto hijobga 
burkanib o‘ltirishi kerak, degan qarashlar ham kuchaydi. Xullas, “ayol tadbirkorligi” kattagina 
qarshilikni yengib o‘tishi, o‘zining ijtimoiy samaradorligini isbotlab berishi lozim edi. Ayol 
tadbirkorligi ixtiyoriy, erkin tarzda tashkil etiladi va olib boriladi;
- bizneschi ayollar o‘z ishlariga ko‘proq xotin-qizlarni jalb etish xususiyatiga egadir;
- ayol tadbirkorligi jismonan yengil vazifalarni bajarishga qaratilgan;
- tashqi stimulga va qo‘llab-quvvatlashga ko‘proq muhtoj bo‘ladi. O’tkazilgan tadqiqot 
davomida tadbirkorlik faoliyati mutlaqo ixtiyoriy, erkin faoliyat turi ekani, undagi tavakkalchilik 
(risk) o‘zbek ayoli uchun, eng avvalo, oilasi, farzandlari osoyishtaligi, farovon yashashi uchun 
zarurligi ta’kidlanadi. Tadbirkor ayoldagi ushbu umuminsoniy fazilat xotin-qizlar psixofiziologik 
tuzilishiga muvofiq keladi;
ayollarning sertuyg‘u, hissiyotga, emosiyaga beriluvchan ekanligi ko‘p bor ta’kidlangan. 
Ular o‘z faoliyatiga ham ushbu ruhiy holatlarni olib kirishga, baxsli mavzularni hal etishda 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish