(1950-1960 г.г.)
Аннотация.
В статье приводится анализ о произошедших изменениях в области жилищного
строительства на южных территориях Узбекистана в 50-ых годах прошлого века. Анализируются
допущенные ошибки и недостатки, а также их причины и последствия.
Ключевые слова
: жилище, строительство, здание, частная собственность, государственная
собственность, кооператив, фонд, дефицит, проблема.
The condition of house construction in Southern Parts Of Uzbekistan: alterations and problems
(1950-1960)
Abstract.
The article defines the alterations, mistakes and drawbacks, and the causes and results in
the condition of house construction in southern parts of Uzbekistan in 1950-1960.
Keywords:
household, construction, building, private and state property, cooperative, funds,
deficiency and problems.
Urushdan keyingi yillarda Respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlari ancha rivojlandi. Natijada
aholining moddiy turmush sharoiti ancha yaxshilanib, ijtimoiy muammolar hal qilina boshladi. Endigi
asosiy vazifa urushning butun og‘irligini yelkasiga olgan xalqning turmushini farovonlashtirish, ishchilar,
xizmatchilar, injener-texnik xodimlar va ularning oilalarga moddiy va maishiy xizmat ko‘rsatishni
yaxshilash zarur edi. Ayniqsa, uy-joy qurilishi, mavjud uy-joy fondlarini ta’mirlash zarurati dolzarb
vazifalardan biri edi. Xususanб shu davrda janubiy viloyatlarining shahar aholisini uy-joy bilan ta’minlash
masalasida ham anchagina ishlar amalga oshirildi.
1946-yil 30-avgustda O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining VIII sessiyasida aholini uy-joy bilan
ta’minlashga alohida e’tibor berildi. Uy-joy muammosini hal qilish uchun katta miqdorda mablag‘ ajratildi,
uy-joy qurish uchun korxonalarda alohida jamg‘armalar tashkil etildi. O‘zbekiston hukumati uy-joy qurish
uchun 1946-yilga nisbatan 1947-yilda 1,5 baravar ko‘p mablag‘ ajratdi [1]. 1948-yilda esa urushgacha
bo‘lgan uch besh yillikdagi mablag‘ga nisbatan uy-joy qurilishi uchun 3 marta ko‘p mablag‘ ajratildi [2].
Bu davrda Surxondaryo viloyatining bosh shahri bo‘lgan Termizda ham anchagina bunyodkorlik ishlari
amalga oshirildi. 1949-yilda shaharda uy-joy fondlari 1937-yildagiga nisbatan 2 marta ko‘paydi [3]. Shu
davrda viloyatning Sho‘rchi, Sherobod, Jarqo‘rg‘on tumanlarining markazlarida ham ancha keng ko‘lamli
qurilish ishlari amalga oshirildi. Jumladan 1947-51 yillarda shahar va shahar tipidagi posyolkalardagi uy-
joy fondi qariyib uch baravar oshdi [4]. Bu davrda davlat korxonalari bilan bir qatorda kooperativ
tashkilotlar ham uy-joy qurilishida ishtirok etdi. 1947-yilda Surxondaryo paxta tozalash tresti uy-joy
qurilishi uchun 265000 so‘m, Kitob paxta tozalash zavodiga 14 ming so‘m kapital mablag‘ ajratildi. Ushbu
mablag‘lar hisobiga Surxondaryo paxta tozalash zavodiga esa 116 kv metrli 2 ta uy qurilish rejalashtirildi.
Biroq ajratilgan mablag‘ning katta qismi o‘zlashtirilmadi [5]. Bunday holatni Denov paxta tozalash zavodi
misolida ham ko‘rish mumkin. Masalan, 1948-yilda Denov paxta tozalash zavodiga uy-joy qurilishi uchun
214 ming so‘m mablag‘ ajratildi, shuning bor-yo‘g‘i 47 ming so‘mi o‘zlashtirildi xolos [6]. Yildan-yilga
aholi sonining o‘sib borishi bilan birga odamlarning uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji ham ortib bordi. 1957-yilda
KPSS Markaziy Qo‘mitasi va SSSR Minstrlar Soveti “SSSRda uy-joy qurilishini rivojlantirish to‘g‘risidagi
qarorni qabul qildi. 1956-1985-yillar oralig‘ida Ittifoq miqyosida 3 milliard kv metrdan ziyod bo‘lgan 66
millionga yaqin uy-joylar qurildi [7].
O‘zbekistonda ham shu davr oralig‘ida uy-joy qurilishi yildan yil ko‘payib bordi. Chunonchi
to‘rtinchi besh yillikda (1946-1950 yy) da. 6951 ming kv metr. Beshinchi besh yillik (1951-1955 yy) da
Do'stlaringiz bilan baham: |