Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal 2020-yil, 2-son (120) gumanitar fanlar seriyasi


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2020 - yil, 2 - son



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/177
Sana07.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#535457
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   177
Bog'liq
KZn9wTepWq ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2020 - yil, 2 - son 
11 
shubhasiz, diniy masala bo’lib, aksariyat hollarda oqsoqollar kabi bir qator boshqa masalalar bilan ham 
shug’ullangan [14, B. 9]. 
Turkistondagi hind jamoalari bir qator huquqiy funksiyalarga ega edi. Mulkni meros qilib olish 
jarayonlarida jamoa a’zolarining guvohligi asosiy rol o’ynagan. Masalan, 1877 yil Toshkentda hindistonlik 
Jamenda vafot etganda, Turkiston ma’murlari marxumning akalari Nanuyu va Senduruga mahalliy hind 
jamoalari tomonidan ularning huquqlari tasdiqlangandan keyingina yordam ko’rsatgan. (Nanuyu va 
Senduru Buxoroda yashagan) Ba’zan Rossiya hukumati hindlarning har qanday jinoyatlari uchun qamoqqa 
olinganda garov evaziga ozodlikka chiqish huquqini bermagan, hindlar uchun bu huquq juda xam zarur 
edi. Chunki hindlarning jamoa bo‘lib yashashini hisobga olsak, jamoa a’zosining qamoqda bo’lishi diniy 
qoidalarning buzilishi, urf-odatlarga amal qilinmay qo’yilishi va kastachilikning yo’qolib ketishiga olib 
kelishi mumkin edi [11, B. 6-9]. 
Hindistonlik fuqarolarning etnografiyasiga oid ma’lumotlar ham qiziqarli hisoblanadi. 1972 yilda 
G. D. Dmitriev “Strani” narodi Vastoka” nomli jurnalda hind fuqarolarining XIX asrning ikkinchi yarmi 
XX asr boshi ijtimoiy hayotiga oid qo’yidagi ma’lumotlarni yozadi: Hindlar mahalliy aholidan o’zlarining 
tashqi ko’rinishlari bilan ajralib turadi. Ularning antropologik ko’rinishlari bilan birga kiyimlari ham 
farqlanadi. To’rtburchak qora bosh kiyimi, past poshnali charm poyafzal ularni mahalliy aholidan ajratib 
turgan. Keltirilgan yozma ma’lumotlarda hind fuqarolari tomonidan yirik inshootlar qurilmagani, hind 
xonadonlari o’sha davr mahalliy aholi uylaridan farq qilmaganligi yoziladi [3. s.239]. 
Hind fuqarolarining Turkistonda diniy marosimlar o‘tkazganliklari to’g’risida yozma manbalar 
juda ko’plab uchraydi. Ularni kuzatib, yozib qoldirganlarning, o’tkazilgan bayramlar to’g’risidagi 
ma’lumotlari orasidan ayrimlarini ko’rsatish mumkin. Masalan, Toshkent shahridagi karvonsaroylardan 
birida ibodatxona mavjud bo’lib, uning ichkarisi rangli rasmlar bilan bezatilgan va u erda Kali ilohasining 
but rasmi (ikona) saqlangan. Barcha “molelnyalar”-ibodatxonalarda o’zlarining ruhoniylari “pirzodalari” 
bulgan va ular ham vatandoshlari kabi almashinib turishgan. Masalan, Baba Nachaldasov pirzada, o’z 
vataniga qaytayotgan Ibyaumal Xirirama o’rniga tayinlanadi [16. B.49]. 
Rus tarixchisi A. Xoroshxin 1872 yilda hindlar hayotining guvohi bo’lganlarning fikrlarini yozadi. 
Unga ko’ra ularning har biri o’ziga tegishli bo’lgan idish va qoshiqdan foydalanishgan, ularni hattoki o’z 
yaqinlariga ham berishmagan. Boshqa din vakillari ularning idish-tavoqlariga teginsa, ular harom 
hisoblangan, hattoki ularning o’choqlaridagi bir bo’lak ko’mir olinsa ham harom hisoblangan [6]. Bunday 
vaziyat Hindistonda mavjud kastalar tizimining mavjudligidan shakllangan bo’lishi mumkin. Turkistondagi 
hindlar etnografiyasiga oid quyidagi ma’lumotlar ham qiziqarli hisoblanadi. Yozma manbalar hind 
fuqarolarining mahalliy aholi bilan munosabatlariga doir ma’lumotlarni ikki qismga ajratish mumkin. 
Birinchidan, hindlar o’zlari yashayotgan xudud aholisi bilan juda yaxshi, ishonchli munosabatlar 
o’rnatishgan, bayram tadbirlarda ishtirok etishgan. O’zlarining urf-odatlari–har kuni ertalab ustidan suv 
quyib yuvinishni, rus manbalarida “omoveniya” qanday ob-havo sharoitida bo’lishdan qat’i nazar 
bajarishgan. XIX asrning 80 yillarida andijonlik So’fi-Ralesuning karavan-saroyida yana shunday 
poklanish xonasi rus bo’lgan (manbalarida “kupalnya” deb atalgan). Ikkinchidan: Turkistondagi hindlar 
etnografiyasini o’ziga xos sirli tomoni, ularning urf-odatlariga ko’ra, o’lgan odamni yoqishgani bo’lgan. 
Mahalliy aholi tomonidan turlicha baholanishi munosabati bilan general – gubernatorlik amaldori ushbu 
marosimni kechqurun tunda mahsus politsiya nazoratida o’tkazishadi, bu jarayon mahalliy aholi tomonidan 
sirli hodisaligi sifatida ajralib turgan. Taniqli rus olimi E. Eversman XIX asrning 80 yillarida Buxoroda 
ham xuddi Hindistondagi kabi muqaddas sigirlar saqlanganligi haqida xabar beradi. Arxiv hujjatlarida
Qo’qon shahar uezd sudyasi 1879 yil 25 fevral (9 mart) oyida iloha Krishnu sharafiga o’tkazilgan bayram 
to’g’risida, shuningdek Buxoro mirshabi Qarshida o’tkazilgan va, mutaxassislarning , takidlashicha, 
Lakshmi sharafiga o’tkazilgan bayramlar to’g’risida ma’lumot berishadi. Rus tadqiqotchisi N.M. Likoshin 
Toshkentda “devali” bayramining nishonlanishi to’g’risida yozib qoldirgan [16. B.49]. 
Ayrim ma’lumotlarda hindlarning olovga sig’inishi haqida ham eslatib o’tilgan, chunki hindlar 
kulbalarga doimiy olov yoqishgan va kichik teraskaning panjarasida doimiy chiroqlar yonib turgan. O’rta 
Osiyodagi hindlar orasida ham jasadni yoqish holati uchragan. Ibodatxonalar qurish imkonidan maxrum 
bo’lgan hindlar diniy marosimlarni o’tkazishda karvonsaroylardan foydalangan. 1875 yil Toshkentga 
tashrif buyurgan Skaylera shunday ma’lumot bergan: karvonsaroy burchagida kichik bir xona ibodatxonaga 
aylantirilgan, u erda toshdan yasalgan kichik haykalchalar va ko’plab mayda buyumlar joylashtirilgan [2, S 
.406]. 
Rossiya hukumati hindlarga Turkistonda vafot etgan o’z qabiladoshlarining mol-mulkini olish 
masalasdida har doim yordam bergan. Ushbu masala yuzasidan Rossiya va Angliya o’rtasida tegishli 
kelishuvning yuqligi merosning huquqiy masalasini rus hukumati tomonidan amalga oshirilishini 
ta’minlagan [9, B.15]. 



Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish