O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
“STATISTIKA” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Aholi turmush darajasi statistikasi
Topshirdi: 140-20 guruh talabasi Yaxshilikov.R
Qabul qildi: Arziqulov.O
Jizzax 2022
REJA;
1. Aholining turmush darajasi haqida tushuncha va statistikaning vazifalari.
2. Aholi daromadlarining shakllanishi va tarkibi.
3. Aholi turmush darajasini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar.
Aholining turmush darajasi haqida tushuncha va statistikaning vazifalari.
Aholi turmush darajasi ijtimoiy – iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u kishilarning moddiy va madaniy – maishiy ehtiyoji qondirilishi hamda ijtimoiy turmush sharoiti yaxshilanib borishi kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Moddiy ehtiyojlarga kishining oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy yoqilg‘i va ro‘zg‘or buyumlariga bo‘lgan talablari kiradi.
Madaniy – maishiy ehtiyojlarga kishilarning bilim, malakasi, madaniy darajasini oshirish, maishiy va kommunal xizmat ko‘rsatishni yaxshilash kabilarga bo‘lgan ehtiyojlari kiradi.
Aholi turmush darajasi statistikasi oldida quyidagi vazifalar turadi:
aholi daromadlari va harajatlari, moddiy – madaniy, maishiy ehtiyojlari tarkibini, strukturasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar dinamikasini va su’ratini o‘rganish;
aholi daromadi iste’molidagi differentsiatsiyani shu tafovutni qisqartirishdagi ijtimoiy – iqtisodiy omillar ta’sirini o‘rganish.
jahon mamlakatlari miqyosida aholi turmush darajasini o‘rganish.
Aholi daromadlarining shakllanishi va tarkibi
Daromad – bu rezidentlar ixtiyoriga tushgan pul tushumlaridir. Mohiyati jihatidan daromad rezidentlarning yalpi ichki mahsulot (YaIM) dagi hissasi bo’lib, pul shaklida ifoda etiladi.
Daromad:
*shaxsiy daromad;
*firma daromadi;
*davlat daromadi ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Ish haqi – bu mehnat bilan band bo’lgan aholining asosiy daromadidir. Rivojlangan mamlakatda jami daromadlarning 70 - 80foizini ish haqi tashkil etadi. Ish haqi tirikchilik vositalarini xarid qilish va pul jamg’armasini hosil etish uchun ishlatiladi. U quyidagicha hisoblanadi:
IH = AIH + B + PT
Bu erda: AIH – asosiy ish haqi (ya’ni, ish kuchi egasining o’z mehnati natijasi uchun oladigan haqi); B – bonus (mukofot ko’rinishidagi ish haqi, imtiyozli yoki foizsiz ssuda berish, turli tekin xizmatlar ko’rsatish va h.k.); PT – pul to’lovlari (belgilangan ish vaqtidan ortiqcha ishlaganlik uchun beriladigan haq);
Do'stlaringiz bilan baham: |