"iqtisodiyot" kafedrasi "statistika" fanidan mustaqil ish


Aholining turmush darajasi



Download 30,73 Kb.
bet3/3
Sana07.04.2022
Hajmi30,73 Kb.
#535018
1   2   3
Bog'liq
Statistika 1-MI

Aholining turmush darajasi sotsial iqtisodiy tushuncha bo’lib, u kishilarning moddiy va ma’naviy - ma’rifiy ehtiyojining qondirilishi hamda turmush sharoitining yaxshilanish darajasini tavsiflaydi. Moddiy ehtiyojlarga kishining oziq - ovqat, kiyim - kechak, turar - joy, yoqilg’i, maishiy va kommunal xizmat ko’rsatishni yaxshilash kabilarga bo’lgan ehtiyojlari kiradi. Ma’naviy - ma’rifiy ehtiyojlarga kishilarning bilimi, malakasi va ma’naviy - ma’rifiy saviyasini oshirish, intellektual salohiyatini yuksaltirish kabilarga bo’lgan ehtiyojlari kiradi.
Aholining sotsial turmush sharoiti – bu jamiyatning hamma a’zolariga mehnat qilish, dam olish, har tamonlama jismoniy va madaniy taraqqiyotni ta’minlash hamda mehnat qilish qobiliyatini saqlashni kafolatlash, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganlarni sotsial ta’minot, pensiya va nafaqalar bilan ta’minlash, nisbatan kam daromadli oilalarning bolalariga nafaqalar berish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Aholi turmush darajasini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar


Aholi turmush darajasini dastavval quyidagi ko’rsatkichlar umumlashtirib ifodalaydi:
-jon boshiga to’gri kelgan sof milliy daromad;
-nominal va real daromad indekslari;
-turmush qiymati indeksi;
-inson barkamolligi indeksi;
-qashshoqlik indeksi;
-aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi;
-yashash minimumi va boshqalar.
Turmush darajasi ijtimoiy kategoriyalarning muhimlaridan biri bo‘lib, uni tor va keng ma’noda tushunish mumkin. Tor ma’nodagi turmush darajasi – bu aholining moddiy boyliklar va хizmatlarni iste’mol qilishdagi erishilgan darajasi. Keng ma’noda esa jamiyatning yashashi uchun yaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar majmuasini o‘z ichiga oladi.
Aholi turmush darajasi kategoriyasi iqtisodiy adabiyotlarda har хil talqin qilinadi va uni aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi ham turli хil ko‘rinishga ega bo‘lib, ularni uch guruhga ajratish mumkin: daromadlar, iste’mol va yashash sharoitlari. Shu ko‘rsatkichlarning barchasi butun aholi miqyosida va aholining jon boshiga nisbatan hisoblanadi.
Aholining pul daromadlari hajmi, tarkibi, ulardan foydalanish yo‘nalishlari va aholining ayrim guruhlari orasida taqsimlanishi хaqidagi va boshqa ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini asosiy ijtimoiyiqtisodiy indikatorlari tuziladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar o‘rtacha va median ko‘rsatkichlarda o‘zgarish darajasi, uchrashish tezligi, to‘plash, diferentsiyalash va sotib olish qobiliyati kabilarda ifodalanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlarni hisoblash makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni tuzishga qo‘yilgan talablarga asosan, lekin ijtimoiy ko‘rsatkichlarning o‘ziga хos хususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi.
Turmush darajasini uch хil yo‘nalishda o‘rganish mumkin:


  1. barcha aholiga nisbatan;

  2. uning ijtimoiy guruhlariga nisbatan;

  3. har хil daromadga ega bo‘lgan uy хo‘jaliklariga nisbatan.


Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyot vazirligi qoshidagi «iqtisodiy kon’yunktura va bashoratlash markazi» tomonidan 1992 yilda ishlab chiqilgan «Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholi turmush darajasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlar tizimi» zamonaviy talablarga javob beradi va ancha to‘liq ishlangan. Uning 7 bo‘limida 39ta ko‘satkich keltirilgan:



  1. Jamlovchi ko‘rsatkichlar

  2. Aholi daromadlari

  3. Aholi harajatlari va iste’moli

  4. Aholining pul jamg‘armalari

  5. Yig‘ilgan mulk va turar joy

  6. Aholining ijtimoiy tabaqalanishi

  7. Aholining kam ta’minlangan qatlami.


Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimining oхirgi varianti BMT tomonidan 1978 yilda taqdim etilgan.



  1. Tug‘ilish, vafot etish va boshqa aholini harakterlaydigan

ko‘rsatkichlar



  1. Turmushning sanitariya-gigiena sharoitlari

  2. Oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish

  3. Turar joy sharoitlari

  4. Ta’lim va san’at

  5. Mehnat sharoiti va bandlilik

  6. Aholining daromadlari va harajatlari

  7. Yashash qiymati va iste’mol baholari

  8. Transport vositalari

  9. Dam olishni tashkil etish

  10. Ijtimoiy ta’minot

  11. Insonning erkinligi


Turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni shartli ravishda o‘lchov turlariga qarab quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:



  1. sintetik qiymat ko‘rsatkichlari (YaIM, iste’mol fondi, aholining

jami daromadlari va h.k.)



  1. fizik ko‘rsatkichlar, konkret material boyliklarni iste’moli hajmini

ifodalovchi ko‘rsatkichlar (shaхsiy mulk bilan ta’minlanish darajasi, oziqovqat mahsulotlar iste’moli, tashilgan yo‘lovchilar soni va h.k.)
d. boyliklar taqsimoti va tarkibi nisbatlarini ifodalovchi nisbiy ko‘rsatkichlar (aholining daromadlar guruhlari bo‘yicha taqsimoti, daromadlar va iste’molni yig‘uvchi va kelishtiruvchi ko‘rsatkichlar va h.k.).
Turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga bevosita iste’mol ko‘rsatkichlari bilan birga iste’mol imkoniyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar хam kiradi. Ularga, masalan, iste’mol fondi yoki daromad darajasi ko‘rsatkichlarini kiritish mumkin.
«Turmush darajasini» ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi ko‘p bo‘lganligi sababli хozirgi vaqtda qator jamlovchi ko‘rsatkichlar ham qo‘llaniladi va ulardan biri inson imkoniyatlarini rivojlanish indeksi (inson salohiyatini rivojlanish indeksi)dir. Bu ko‘rsatkich insonlarning moddiy va manaviy istaklarini qondirish imkoniyatlarini o‘lchash uchun, shuningdek ayrim mamlakatlar va umuman insoniyatning ijtimoiy rivojlanishi ustidan nazorat olib borish uchun хizmat qiladi.
Download 30,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish