Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son 
51 
de Trastamaralar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilib, o‘zaro elchilar almashiniladi. Amir Temur Ispaniyadan 
kelgan elchilarga qo‘shib o‘z vakili Muhammadqozini Ispaniyaga elchi qilib yuborgan bo‘lsa, Kastiliya qiroli 
Genrix III 1403-yilda Rui Gonsales de Klavixo boshchiligidagi elchilarni Amir Temur huzuriga Samarqandga 
jo‘natadi. Ispaniya elchilari Samarqandda bo‘lib, Amir Temur davlati, uning tabiiy shart-sharoitlari, davlat 
tuzumi, aholisining urf-odatlari, dini va qonunlari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganadilar. Rui Gonsales de 
Klavixoning “Samarqandga Temur saroyiga safarot kundaligi” nomli safar taassurotlari “Buyuk Temur tarixi”, 
“Temur qarorgohi”, “Samarqandga safarot kundaligi” nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr qilinadi. 
Ushbu asarda etnografik turizm, ekologik turizm, agroturizm, gastronomik turizm va tarixiy me’moriy 
obidalarga tegishli bo‘lgan fikrlar uchraydi. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilib, tarixiy moddiy va 
ma’naviy meros, folklor, milliy kiyim-kechaklar, urf-odat va an’analar, marosim va bayramlar, tabiiy muhit, 
me’moriy obidalar, milliy hunarmandchilikning taraqqiy etishi turizmni rivojlantirishga yordam bermoqda. 
O‘zbek xalqining tarixiy moddiy va ma’naviy merosi, urf-odat va an’analari, marosim va bayramlari, umuman 
milliy turizmning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi barcha omillar tarixiy taraqqiyot jarayonida shakllanib, 
takomillashib, ajdodlardan avlodlarga o‘tib hozirgi davrga qadar rivojlanib kelmoqda. 
O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega bo‘lgan davlat hisoblanadi, - deydi O‘zbekiston 
Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, - Yurtimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros ob’yektlari mavjud va 
ularning aksariyati YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga, mamlakatimizning betakror tabiati, 
go‘zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan foydalanib, yangi turistik yo‘nalishlar ochish mumkin. Bu sohaga 
jahon brendlarini faol jalb etgan holda, biz ziyorat turizmi, ekologik, ma’rifiy, etnografik, gastronomik, turizm 
va bu sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishimiz zarur. Bu borada davlat-
xususiy sheriklik munosabatlarini qo‘llash sohani taraqqiy ettirishda keng imkoniyatlar ochishini hisobga 
olishimiz lozim [4]. 
Bugungi kunda O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishga qaratilgan juda ko‘p yangiliklar amalga 
oshirilib, turizmni taraqqiy ettirishga yo‘naltirilgan yangi farmon va qarorlar, xalqaro va mahalliy tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. Yangi ta’lim muassasalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, sayyohlar oqimi oshib bormoqda, 
yangi turistik mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda, turizmning yangi-yangi yo‘nalishlari rivojlantirilmoqda. 
Ushbu jarayonda tarixiy moddiy va ma’naviy merosga, milliy urf-odat va an’analarga, bayram va 
marosimlarga, milliy hunarmandchilik, kasanachilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. 
O‘zbekistonda ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining turmush darajasini oshirish, munosib 
hayot darajasini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish turizm infrastrukturasini yanada takomillashtirishni, 
sohani rivojlantiradigan mutahassis kadrlar tayyorlash tizimini yanada yuksaltirishni talab qiladi.
Adabiyotlar 
1.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga 
ko‘taramiz.1-jild. –Toshkent: O‘zbekiston, 2017. 
2.
https: // Uzanalitics. com/iqtisodiet/3795/ 
3.
Murodxon Hoshimov. Buyuk Ipak yo‘lining Samarqand viloyatidagi turistik yo‘l ko‘rsatkichi. –
Samarqand: “Zarafshon”, 2012. 
4.
Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir.2-jild. ––
Toshkent: O‘zbekiston, 2018. 

Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish