ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son
48
Bunday zaruriyatni bir nechta omillarda ko‘rish mumkin, bular:
birinchisi
, yangi va mukammal axborotlashgan jamiyatning paydo bo‘lishi, uning o‘ziga
xosxususiyatlari, ya’ni inson va mashina o‘rtasidagi muvozanatning yaqinlashuvida;
ikkinchisi
, davlat va mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralarning ahamiyati yo‘qolib borayotganligida;
uchinchisi
, globallashayotgan jamiyatda inson omili indentikligini saqlash muammosining yuzaga
kelishida;
to‘rtinchidan
, axborot texnologiyalarning inson omiliga nafaqat pozitiv, balki negativ ta’sir
ko‘rsatayotganida namoyon bo‘lmoqda.
Amerikalik sotsiolog Manuel Kastels tomonidan taklif qilingan tarmoqlar nazariyasi, fikrimizcha,
axborotlashgan jamiyatda shaxs identifikatsiyasining shakllanishiga hizmat qiluvchi “global/lokal”
tushunchalarning o‘ziga xos dixotomiyasini ko‘rsatishda nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ya’ni, Kastelsning fikricha tarmoqlar nafaqat shahar ichida balki, shaharlararo aloqalarni ta’minlaydi.
Lekin bu tarmoq tizimi shahar ichidagi ierarxiyaga, ya’ni barcha iqtisodiy, moliyaviy va boshqa
manbalarni o‘zida mujassam etgan hukmron axborot aloqasiga ta’sir o‘tkaza olmaydi.[5]
Mazkur jarayonga nisbatan nemis faylasufi Erix From o‘zining “Ozodlikdan qochish” nomli
asarida quyidagi fikrlarini bildirgan, ya’ni “jamiyatda shaxs individualligi masalasi ikki munosabatni
keltirib chiqaradi,
birinchisi
, individuallik xarakteriga va ko‘nikmalariga ega bo‘lgan inson, mustaqil,
yakka ijtimoiy sub’ekt sifatida shakllanishi,
ikkinchisi
, asrlar davomida shakllangan insonlararo ijtimoiy
munosabatlar tizimi, gumanistik prinsiplariga asoslagan insoniy o‘zaro yordam aloqalari yo‘qolib
borishi”[6], deydi faylasuf.
Hozirgi kunda shaxs identikligi ilmiy bilishning nafaqat transsendental obyekti, balki
kommunikatsiya, muloqotning aniq sub’ekti vazifasini ham o‘tamoqda. Chunki, ularning vositasida inson
o‘zligini shakllantiradi, ta’lim-tarbiya va kasbiy mahoratini oshiradi, bu esa axborotlar jamiyatida uning
ijtimoiy maqomini belgilaydi. Bu esa, insonda kommunikativ qobiliyatlarni o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi va
axborot dunyosini boshqaruvchi asosiy subyekt sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.
Xulosa qilib, axborotning ontologik va aksiologik jihatlarini o‘rganish uning jamiyatda qay
yo‘sinda namoyon bo‘lishi holatlari, mexanizmlari haqida bilim va ko‘nikmani shakllantirishga hizmat
qiladi. Identifikatsiya tizimi ijtimoiy amaliyot sifatida jamiyatni va shaxsni identikligini aniqlashga imkon
beradi. Axborotlashuv natijasi yuzaga kelgan fenomenlar jamiyat hayotining ma’naviy asoslariga tahdid
solishi natijasida, insonlar oldida yangi sohalar va o‘rganish obyektlarini yuzaga keltiradi, bu esa
insonlarning ijtimoiy faoliyati yanada jadallashuviga olib keladi, turli xil birlashma va jamoalarda o‘z
o‘rnini topishiga undaydi. Bu esa indentifikatsiyaning manbai bo‘lgan insondan ulkan bilim va serqirra
faoliyatni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |