Historical bases of development of national tourism in Uzbekistan
Abstract.
The article analyzes the historical factors affecting the development of national tourism in
Uzbekistan.
Key words:
National tourism, the Great Silk Road, historical basis, cultural heritage, travel
destinations, travelers in history.
Buyuk Ipak yo‘li insoniyat rivojlanishi tarixida o‘zining betakror ahamiyatiga ega bo‘lgan
transkommunikatsiya tarmog‘idir. Buyuk Ipak yo‘li turli-tuman madaniy qadriyatlarni birlashuviga va o‘zaro
bir-birini to‘ldirishiga xizmat qilgan, xalqlarning turmush tarziga ta’sir ko‘rsatgan. Insoniyat tarixidagi mazkur
yirik transkontinental savdo yo‘li Evropani Osiyo bilan o‘zaro bog‘lagan, Sharq va G‘arb xalqlari o‘rtasidagi
tarixiy-madaniy aloqalar va savdo munosabatlari o‘z davrida Buyuk Ipak yo‘li orqali savdogarlar, diplomatlar,
elchilar, turli din vakillari, din targ‘ibotchilari, olimlar, sayohatchilarning erkin harakatlanishi uchun imkoniyat
yaratgan. Sharqda Xitoydan, G‘arbda Evropadan, Janubda Hindistondan, Shimolda Saroy, Bulg‘or va Saqlab
yurtidan kelgan karvonlardagi kishilar savdo-sotiq, fan-madaniyat, din-e’tiqod sohasida o‘zaro muloqotga
kirishganlar. Yangi yerlarni ko‘rib, yangi madaniyatlar bilan tanishganlar, ulardan ayrimlari o‘zlarining safar
kundaliklarini ham yozib qoldirganlar.
Bugungi kunda turizmni rivojlantirishga, Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan hududlarni “Ipak yo‘li iqtisodiy
yo‘nalishi” tashabbusi orqali o‘zaro bog‘lashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
“Ipak yo‘li iqtisodiy yo‘nalishi” tashabbusining amalga oshirilishi nafaqat iqtisodiy hamkorlikni
kengaytirish, balki madaniy-gumanitar aloqalarimizni mustahkamlash, mavjud ulkan sayyohlik salohiyatidan
faol foydalanishga qaratilishi lozim, - deydi Prezident Shavkat Mirziyoyev, - Biz qayta tiklayotgan Buyuk Ipak
yo‘lida Samarqand, Buxoro, Xiva kabi bir necha ming yillik tarix va boy madaniyatga ega bo‘lgan shaharlar
joylashgan [1].
O‘zbekiston turizmni rivojlantirishda katta imkoniyat va ulkan salohiyatga ega bo‘lib, mamlakatda
7400 dan ziyod madaniy meros ob’ektlari mavjud. Ulardan 209 tasi YUNESKOning Butunjahon meros
obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, bundan tashqari, respublikada 11 ta milliy bog‘ va davlat qo‘riqxonasi,
12 ta qo‘riqxona, 106 ta muzey va sayyohlarni jalb qilish mumkin bo‘lgan ko‘plab boshqa ob’yektlar ham
mavjuddir [2].
Turizm so‘zining lug‘aviy ma’nosi fransuz tilida sayr va sayohat degan ma’nolarni bildirib, insonning
faol dam olish turlaridan biridir. Turizm deganda jismoniy shaxsning doimiy istiqomat joyidan
sog‘lomlashtirish, ma’rifiy, kasbiy, amaliy yoki boshqa maqsadlarda borilgan joy yoki mamlakatda haq
to‘lanadigan faoliyat bilan shug‘ullanmagan holda uzog‘i bilan bir yil muddatga jo‘nab ketishi yoki sayohat
qilishi tushuniladi. Buyuk Ipak yo‘li Sharqdan G‘arbga yoki G‘arbdan Sharqqa 12000 kilometrni tashkil etib,
dastlab “G‘arbiy meridional yo‘l” deb nomlangan va savdo karvonlari bu masofani 2 yil davomida bosib
o‘tgan. Bugungi kunda O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish jarayonida katta e’tibor qaratilayotgan ziyorat
turizmi, ma’rifiy turizm, tibbiyot turizmi, etnografik turizm, gastronomik turizm va turizmning yana ba’zi bir
boshqa turlari xalqimizning tarixiy taraqqiyotida mavjud bo‘lgan va amal qilgan. Sharq mamlakatlarida Buyuk
Ipak yo‘li bo‘ylab ko‘plab mamlakatlarning sayyohlari turli davrlarda o‘z sayohatlarini amalga oshirganlar va
o‘zlarining ko‘rgan-kechirganlarini o‘z xotiralarida yozib qoldirganlar. O‘rta asrlarda yashab, “Sayohatnoma”
nomli asar yozgan arab geograflari Ibn Battuta, Ibn Xurdodbeh, al-Ya’qubiy, al-Istaxriy, al-Muqaddasiy, al-
Ma’sudiy, Ibn Havqal, Abu Hamid al-G‘arnotiy, Ibn Fadlon, Ibn Jubayr kabi sayyohlar o‘z davrida
xalifalikning turli hududlariga borib o‘z sayohatlarini amalga oshirgan edilar.
IX-XIII asrlarda yashagan arab va fors sayyohlari, savdogar, elchi va tarixchilardan Ibn Rusta, Al-
Ya’qubiy, Al-Balazuriy, Ibn Xurdodbex, Ibn Fadlan, Al-Maqdisiy, Al-Istahriy, Ibn Xavqal, As-Saolibiy, As-
Sam’oniy, Ibn al-Asir, Yoqut Hamaviy, Gardiziy, Bayxaqiy asarlarida Markaziy Osiyo, Xorazm tarixiga oid
ma’lumotlar berilgan.
Markaziy Osiyoga arablarning kirib kelishi va islom dinining tarqalishi natijasida arab geograflari va
tarixchilari bu hududlarga kelib, sayohatlar qilib, o‘z asarlarida o‘zlarining esdaliklari va xotiralari haqida ham
ma’lumot berganlar.
Ibn al-Asirning “Al-komil fi-t-tarix” ya’ni “Mufassal tarix” asarida Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga
oid ma’lumotlar bayon qilingan. Asar 12 jilddan iborat bo‘lib, asarning 7-12-jildlarida Markaziy Osiyo va
Do'stlaringiz bilan baham: |