ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son
47
Hozirgi davr jamiyati murakkabligi, beqaro rivojlanishi, axborot olamida ham turli-tuman
ziddiyatlar va ixtiloflar bilan yo‘g‘rilganligi bilan farq qiladi. Bunday sharoitda XXI asrga yo‘naltirilgan
prognostik mulohazalarga qiziqish kuchayadi. Shu jihatdan jahon taraqqiyotining rivojlanish yo‘llarini
belgilovchi axborotlashgan jamiyatning shakllanishini o‘rganish muhim masalalardan hisoblanadi.
Axborotlashgan jamiyat fenomenini tadqiq qilishga
faylasuflar, sotsiologlar, iqtisodchilar kabi
ko‘plab tahlilchilar qo‘l urganlar. Masalan, D.Bell, 3.Bjezinskiy, A.Turen, P.Draker, J.Gelbreyt, O.Toffler
kabi olimlarning axborotlashgan jamiyat muammosiga bag‘ishlangan tadqiqotlari bizga ma’lum[1].
XX asrning ikkinchi yarmida amerikalik iqtisodchi F.Maxlup tomonidan yaratilgan “AQShda
bilimlarni ishlab chiqish va qo‘llash” nomli asarda “axborotlashgan jamiyat” iborasi qo‘llangan bo‘lib,
mazkur tushuncha shu paytga qadar qo‘llanib kelingan “industrial jamiyat” tushunchasining o‘rnini
egalladi[2]. F.Maxlup AQSh misolida iqtisodiyotning axborotlashtirish sohasini tadqiq qilgan dastlabki
tadqiqotchilardan biri bo‘ldi.
Axborotlashgan jamiyat –
nafaqat iqtisodiy, texnokratik, ijtimoiy, balki sotsiumdagi axborot
paradigmalarining yoyilishini qayd etuvchi refleksiv darajadagi ijtimoiy-falsafiy tushunchadir. Agar
axborotlashgan jamiyat borasidagi nazariy tasavvurlar shakllanishining birinchi bosqichida texnologik,
iqtisodiy, ijtimoiy yondashuvlarga asoslangan bo‘lsa, u holda ularning hozirda murakkabligi:
axborotlashgan jamiyat nazariy tuzilmalarining etarlicha
emasligi; zamonaviy ijtimoiy-falsafiy diskursning
aniqlanmaganligi kabi ikki jabha bilan belgilanuvchi ijtimoiy-falsafiy tahlilga o‘tish ko‘zda tutiladi.
Jamiyatda axborot sohasining rivojlanishi quyidagi holatlar yuzaga kelishiga zamin yaratdi:
Ijtimoiy tuzilmalarda intellektual sinfning vujudga kelishi;
Kapitalning yangi “pablitsit” shakli vujudga kelishi;
Davlat boshqaruv tizimida elektron hokimiyatning joriy etilishi.
Axborotlashgan jamiyat qandaydir ideal tarzdagi kelajakning mavhum, mushohadaga asoslangan
loyihasi emas, balki u aniq, ob’ektiv belgilarga egadir. Bunday vaziyatda axborot, axborot texnologiyalari
ko‘plab tadqiqotchilar e’tiborini o‘ziga jalb etadi.
Hozirgi kunga qadar “Axborotlashgan jamiyat” iborasi to‘liq o‘rganilmagan. Ilmiy adabiyotlarda
axborotlashgan jamiyat mohiyatan kategoriya sifatida etarli darajada o‘rganilmagan, ayniqsa, uning
ijtimoiy falsafadagi kategoriyalar tizimida tutgan o‘rni, ahamiyati hamda falsafiy dunyoqarashdagi o‘ziga
xos ifodasi to‘liq yoritilmagan. Tabiiyki, bularning barchasi falsafiy bilimlarning turli masalalarini ishlab
chiqishda ma’lum nazariy va metodologik murakkabliklarni yuzaga keltiradi.
“Axborotlashgan jamiyat” falsafiy kategoriya sifatida o‘zining quyidagi funksional maqomiga ega:
Do'stlaringiz bilan baham: