Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son 
45 
jihatidan bunday odamlardan bo‘lmasa ham, qadimiy nasabi tufayli emas, o‘z xizmatlari tufayli, shunday 
baland mavqega ega bo‘ladi [6;14]. Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdikim, Beruniy futuvvat 
ta’limotidan xabardor bo‘lib, uning tarafdorlari (Al-ihvon – birodarlar)ning javonmardlik g‘oyalari asosida 
yashaganliklari va natijada jamiyatda beg‘araz o‘zaro yordam ko‘rsatish asosida qulayliklaridan darak 
beradi lekin o‘zaro yordam g‘arazsiz va tamadan xoli bo‘lib, yordam beruvchining zarariga ketmasligi 
kerak.
Goho fato (futuvvatli kishi) me’yordan ham o‘tib ham ketadi. Ular mulk jihatidan o‘zgalarni 
o‘zlaridan ortiq qo‘yib, hatto o‘zlarini ular uchun qurbon qilmoqqacha boradilar, chunki uyatdan 
hayiqadilar; yoki adolatsizlikni yo‘qotmoq uchun yoki o‘zlarini himoya qilish huquqiga tayanib shunday 
qiladilar.
Tanasidan joni chiqib ketayotgan raqibi ayyorlik bilan Xotam at-Toy’iydan nayzasini berib 
turishini so‘raganda, Xotam rahmdillik qilib raqibiga o‘zining nayzasini bergan edi. Yoki Ka’b ibn Moma-
al Ayodiy singari o‘z chekiga tekkan suvni o‘z o‘rtog‘iga bergan. Chunki o‘rtog‘i an-Numayriy singari (sen 
ham menga) birodaringga suv bergin, deb iltimos qilgan edi. U suvni o‘rtog‘iga berib, o‘zi tashnalikdan 
o‘lgan. 
Shoir yozadi: 
Shavkatlilar ichida eng shavkatlisi – 
 
Tongi, kechki ichimligin vaqtida ichgan emas, 
 
Tun ham, tong ham dushmanga zarba berib, 
 
Do‘stga naf keltirgan kas. 
Ali ibn al-Johim degan: 
Saxiy gar bemolu mulk, uyatmas, bu bandalikdir, 
 
Yo‘qsa ezgulikka rag‘bat-baayni sharmandalikdir. 
Yuqoridagi misralarda u futuvvatni ko‘zda tutgan. Chunki uni qalb saxovati hamda katta mol-
dunyo borligida amalga oshiriladi. Ba’zan futuvvatga intilishniuning o‘zi bilan (ya’ni mol-u davlat borligi) 
bilan barobar qo‘yadilar. Bir kishiga taqdir istagan narsasini amalga oshirmoqqa (saxovat, qo‘li ochiqlik 
ko‘rsatishga) imkon bermasa, unday odamdan gina qilmaslik kerak. Ikkinchi misrada esa shoir oliyjanoblik 
(muruvvat)ni ko‘zda tutadi. Chunki oliyjanob insonlarning mag‘rur yuraklari ham qanday o‘z-o‘zini 
cheklovini rad qiladilar, ular o‘zlarini tubanlikdan saqlovga harakat qiladilar. Ular imkon boricha o‘z 
boyliklarini ko‘rsatmoqchi va ehtiyojlarini yashirmoqchi bo‘ladilar. Ularning haqiqiy ahvolini bilmaganlar 
bunday odamni boy deb o‘ylaydilar. Chunki bularning xarajatda cheklanmasligini, tanalari toza, kiyimlari 
ko‘rkamligini, Olloh berganlarini va berishdan mahrum etmagan narsalarini boshqalar bilan baham 
ko‘rishlarini, bu ishlarni beminnat, uning evaziga hech narsa talab etmay qilayotganlarini ko‘rib turadilar. 
Olloh taollo (Qur’onda) ularni o‘qitganki: «Qilgan ehsonning orqasidan minnat qilib va ozor berib, uni 
barbod qilmang». Olloh bizni ogohlantiradiki, ko‘z bo‘yamachilik, tuban maqsadlar yo‘lida, (go‘yo) 
marhamat yuzasidan imkoni bo‘lmagan sarf-xarajatlar Ollohga manzur emas. Ollohning ajru mukofotiga 
(bundaylar)sazovor bo‘lmaydilar [6;15]. Demak inson yaxshilik va ezgulik sari intilar ekan uning barcha 
qilgan ehsonlari xolisona bo‘lib, tamasiz va har qanday minnat qilishdan forig‘ bo‘lmog‘i kerak, chunki 
yaxshilik qilish Olloh yo‘liga bag‘ishlanmog‘i kerak.
Odamlar dunyodagi hayotlarida navbatma-navbat turli holatlarida bo‘ladilar. Maqtovga sazovor 
hatti-harakatlarining quyi fazilati shundan ko‘rinadiki, ularni tanqid qiluvchi tanqidga uchraydigan xatti-
harakatini yoqtirmaydi, uning to‘g‘risida gap bo‘lishini istamaydi va o‘ziga yolg‘ondakam maqtovli 
ishlarni bog‘lashni yaxshi ko‘radi. Garchi u shunday ishlarni qilmagan bo‘lsa-da, shunday yo‘l bilan 
o‘zinijazodan saqlovni va nomusga qolmasligini tilaydi.
Maqtovli ishlarning eng yuqorisi muruvvatdir. Bu ishning o‘zi – tozalik va tartib. Kimki shularga 
o‘z ixtiyori bilan rioya qilsa, u mo‘l-ko‘llikka erishmoqqa qodirdir. Kimki bulardan chetlansa, uning elkasi 
qashshoqlik tufayli egik. Ularning o‘rtasida esa o‘z turmushidan mamnun (ozga rozi, qanoatli) odam turadi. 
U hayot uchun kerakli narsalar bilan taminlangan, ular tugamaydigan darajada. Uning baxti maqtovli 
xususiyatlarga ega qadrdon do‘sti borligida. Bunday do‘st munosib turmush tarzini kechiradi. Ular ikkovi 
jonajon, faqat jismlari bilan farqlidirlar. Xuddi haqiqiy do‘st to‘g‘risidagi maqolda aytilgandek: «U sendir, 
garchi sen bo‘lmasang-da!», Ularning har biri do‘sti maqbul topmaydigan narsadan o‘zini uzoq tutadi, o‘zi 
xohlaydigan narsalarni do‘sti uchun ham tilaydi. Ma’lumki, bunday do‘st va ulfat bitta bo‘ladi. Bu miqdor 
azaldan cheklanib qo‘yilgan. Boshqa toifa do‘stlar esa odamning molu mulkining do‘stidir. Ularni (ya’ni, 
o‘sha xil do‘stlarni) o‘ziga moyil etmog‘i va bog‘lab olmog‘ining esa cheki bo‘lmaydi. Uning muruvvati 
dastlabki darajada qolaversa, bunday do‘stlar ko‘paya boradi. Ana shunday do‘stlar orqali u baland mavqe 
va darajaga erishadi. Ezgulikka intilish muruvvat ortgan sari orta boradi. Ezgulik hammaga, umuman va 



Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish