Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son 
53 
boshqarganda jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyillari qaror topadi. Adolatsizlikka asoslangan, o‘z fuqarolari 
haqida qayg‘urmaydigan davlat uzoq yashay olmaydi. 
Muqimiy Muhammad Aminxo‘ja ibn Mirzaxo‘ja Mirfozil o‘g‘li (1850-1903) Qo‘qonda novvoy 
oilasida tug‘ilib, boshlang‘ich maktabda tahsil ko‘rdi, keyin Qo‘qonda Nodira asos solgan “Hokim oyim” 
va Buxorodagi “Mehtar Oyim” madrasalarini tugatdi. 
Muqimiy Qo‘qon adabiy muhitining eng ilg‘or namoyandalaridan biri sifatida, eng avalo, yurt, 
millat rivojlanish yo‘llari, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, odamiylik kabi umuminsoniy qadriyatlarni o‘z 
dunyoqarashi, ijodida keng ifodalangan. Muqimiy ijodida hayot haqiqati faqat yuzaki tomondan 
yoritilmay, balki dolzarb ijtimoiy – siyosiy va umummilliy muammolar, badiiy ijod tamoyillari va usullari 
orqali ifodalangan. 
O‘zbek ma’rifatparvarlari jamiyat hayotini insonparvarlashtirish uchun mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy-ma’naviy qoloqlikdan olib chiqish zarur, deb hisobladilar. Buning uchun fuqarolarni, 
bilimli ilmli qilmoq kerak, degan g‘oyani ilgari suradilar. Boshqacha aytganimizda, ma’rifatli insonni 
shakllantirmasdan turib, jamiyatni insonparvarlashtirib bo‘lmasligi, o‘z navbatida, inson ruhiy-ma’naviy 
kamoloti bilim, ilm bilan bevosita bog‘liq ekanligini tushuntirishga harakat qildilar. Eng muhimi, inson 
o‘zligini bilmog‘i uchun bilimli, ilmli bo‘lishi zarurligini qayta-qayta takrorlaganlar. Bunday fikr-
mulohazalarni mashhur o‘zbek ma’rifatparvarlari Sattorxon Abdulg‘afforov va qo‘qonlik shoir Zokirjon 
Xolmuhammad o‘g‘li Furqat qarashlarida ham ko‘rish mumkin. 
“Inson, deb yozadi Sattorxon Abdulg‘affarov, tayyor bilim bilan tug‘ilmaydi. U bilimga asta-sekin 
harakat natijasida erishadi. O‘z tabiatiga ko‘ra odam ulg‘ayishi bilan uning aql-idroki, qobiliyati ham 
ko‘rish, eshitish natijasida kun sayin rivojlanadi, insonning aql-idroki o‘sgan sari, avvalo, o‘zining 
kimligini bilishga harakat qiladi. Insonning asosiy burchi boshqa kishilarga foydali xizmat qilishdan iborat, 
agar u o‘zini o‘zi bilmasa, bu burchni qanday ado etadi? O‘zini o‘zi bilish uchun qo‘l-oyoq, ko‘z, ochlik va 
tashnalikni his qiluvchi boshqa ichki sezish organlari orqali olinadigan bilim odam uchun kifoya qilmaydi. 
Agar biz shu orqali o‘zimizni bilamiz desak, yangilishgan va xato qilgan bo‘lamiz, chunki bunday bilimga 
hayvonlar ham egadirlar. Agar biz shu bilim bilan kifoyalansak, ulardan hech farq qilmaymiz, biz 
o‘zimizning qanday ekanligimizni, qaerdan kelib chiqqanligimizni va qaerga borishimizni, bu dargohga 
nima uchun kelganligimizni, baxt va bebaxtlik nimadan iborat ekanligini bilishimiz zarur. Bularni bilish 
uchun asosiy vosita ilmdir, ilmning turlari va boshqa fanlardir. Ilm olishning asosiy maqsadi-foydali xizmat 
qilishdir”[3, 3, b]. 
Sattorxon Abdulg‘afforov fikriga asosan, jamiyatni insonparvarlashtirishning asosida ilm-fan, 
ma’rifat yotmog‘i zarur. Ilm-fan jamiyat farovonligini, fuqarolar ruhiy-ma’naviy kamolatining garovidir. 
Uning tushuntirishicha, ilm-fan taraqqiyotiga erishishning eng muhim vositasi-boshqa mamlakatlar, boshqa 
xalqlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lish, ular bilan turli madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirishdir. 
Furqat fikriga ko‘ra, jamiyatda ma’naviy qashshoq, nodon, galvars kishilarning ko‘payishi fojia, 
ofatdir. Fan nodon va omi kishilar yo‘lini yorituvchi, ularni to‘g‘rilik tomon boshlovchi yo‘lchi yulduzdir, 
ilm-fan qanchalik tez rivojlansa jamiyat a’zolarining orzu-umidlari shunchalik tez ro‘yobga chiqadi, 
ma’naviy qashshoq odamlar soni kamayadi, ma’rifatli odamlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, jamiyat hayoti 
shuncha tez insonparvarlashadi, degan xulosaga keladi [4, 184-185, b].
XIX asrning ikkinchi yarmidayoq ma’rifatparvar mutafakkirlar jamiyatni insonparvarlashtirish, uni 
ijtimoiy-iqtisodiy, ayniqsa, madaniy-ma’naviy inqirozdan olib chiqmoq uchun musulmon xotin-qizlarini 
savodxon qilish g‘oyasini olg‘a suradilar. Xususan, Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat xotin-qizlar 
erkaklar bilan teng bilim olishlari lozim, ayollar erkaklar bilan jamoat joylarida birga bo‘lishi mumkin, 
degan fikrni olg‘a suradi. 
XIX asr o‘zbek adabiyotida salmoqli o‘rinni egallagan Nodira, Uvaysiy, Dilshod otin, Anbar otin 
o‘z she’rlarida va falsafiy qarashlarida inson ma’naviy kamoloti haqidagi g‘oyalar ifodalangan bo‘lib, ular 
ma’rifatparvarlik nuqtai nazaridan yondoshib yuksaklikka erishganlar. 
Mohlaroyim-Nodira 1792 yilda Andijonda hukmdor oilasida tug‘ilib voyaga etdi va o‘z davrining 
yetuk shoirasi sifatida tanildi. 
“Nodira o‘zbek va tojik tillarida she’rlar yozgan va ularni alohida “Devon”ga mujassamlantirgan
o‘z she’rlarida muhabbat, sadoqat va vafo xususidagi fikrlarini bayon etgan. Uning inson va tabiatga 
nisbatan qarashlarida faqat shaxsiy tuyg‘u va muhabbat emas, balki komil inson tarbiyasi haqidagi fikrlari 
ham namoyondir. Uning fikricha, inson barcha mavjudotlarning eng oliysi, eng ulug‘idir”[5,134.b]. Inson 
hayot go‘zalligidan bahramand bo‘lmog‘i lozim va hamisha unga intilib yashashi kerak. 
Nodiraning komil inson tarbiyasi haqidagi qarashlarida insonparvarlik g‘oyalari-adolat, insof, xalq, 
manfaati muhim o‘rinni egallaydi. Shoira bu g‘oyalarni o‘z ijodida izchillik bilan targ‘ib qilgan va bularga 
amal etganligi barchaga ma’lumdir. 



Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish