ILMIY AXBOROTNOMA FALSAFA 2019-yil, 6-son
54
“Shoira inson qadri qiymatini yuqori qo‘yadi, uning ruhan boy va mazmunli bo‘lishini istaydi. Bu
esa Nodiraning muhabbat tuyg‘ularini chuqur his qilishi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun ham u insoniylik
va muhabbatning mavjudligiga insonning haqiqiy insonligiga dalolat ekanini ta’kidlaydi:
Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odasen muhabbat ixtiyor et,-
deydi u”[6, 36.b]
Nodira hayotning tub mohiyatini yaxshilik binosini barpo etishdan iborat deb biladi. Uning
fikricha, kimki, tiriklik chog‘ida yaxshiliklar qilib, kishilarni xursand etib yashasa, yaxshilik qasri bunyod
etgan bo‘ladi, o‘zining bu ezgu ishlari bilan o‘zidan keyingi hayotda yorqin xotira qoldiradi. Ana shunday
odam komil insondir.
Nodira chinakam do‘stlikni targ‘ib qiladi. Uning fikricha, chinakam yor, do‘st, og‘ir, g‘amli
kunlarda do‘stning yonida bo‘ladi. Agar shunday qilmasa, u chin do‘st emasdir. Shoira o‘z she’rlarida
barkamol insonni ulug‘ladi. Ta’lim-tarbiyaga oid ko‘p foydali o‘gitlarni bayon etdi. Uning bu fikrlari
kishilarga hayot, sevgi, yaxshilik, barkamollik tushunchalarining tub mohiyatini anglab olishiga, insoniy
fazilatli bo‘lib kamol topishiga yordam beradi.
“Jahon Otin-Uvaysiy marg‘ilonlik olim va fozil kishining qizi edi. Jahon Otin yoshligidan
she’riyatga havas qo‘yadi. Otasi unga adabiyotdan dars beradi, tez orada u shoira bo‘lib etishadi, o‘zbek va
fors-tojik mumtoz shiorlari asarlarini qunt bilan o‘qib, o‘rganadi. U o‘z asarlarida davrning ijtimoiy
masalalarini aks ettirish bilan birga, axloq, odob, tarbiya masalasiga ham katta e’tibor beradi. Uvaysiy har
bir insonning haqiqatga chin sadoqatda bo‘lmog‘i shart deb biladi. Uning fikricha, inson har qanday
sharoitda haqiqatdan chekinmasligi, har qanday og‘irlik va kulfatga chidab, haqiqat yo‘lida mahkam
turmog‘i shart. Shoiraning ta’kidlashicha, haqiqat-ziynatdir, undan yuz o‘girmaslik kerak. Chin insoniylik
ana shundadir”[5, 141.b].
Uvaysining ta’kidlashicha, hayotning bezagi, inson uchun hayotiy kechinmalar bag‘ishlovchi kuch
mehr-muhabbat tuyg‘usidir. Uvaysiy ana shunday insonlargagina xos bo‘lgan muhabbatni ulug‘laydi.
Uvaysiy komil inson haqida so‘zlar ekan, uning ko‘ngli muhabbat tuyg‘usini his etgan inson
etukdir. Shoira muhabbat tuyg‘usini his etgan ko‘ngilni inson hayotining chin bezagi deb biladi va bu
ko‘ngil go‘zal ekanligini aytadi. Ana shunday ko‘ngil egasi komil insondir.
Uvaysiyning barkamol inson haqidagi qarashlarida yoshlarda hayotga muhabbat uyg‘otish,
mustaqil fikrlash qobiliyatini rivoj toptirish, ularni eng yaxshi milliy urf-odatlarni egallashga chorlashi
diqqatga sazovordir.
Shoira “Uvaysiyning hayot va hayot bezagi, samimiy muhabbat, barkamol inson, tarbiya haqidagi
fikrlari hozirgi kunda ham yosh avlodni go‘zal axloqli qilib kamol toptirishda muhim ahamiyatga ega”[7,
26, b].
“Ma’rifatparvar Dilshod otin 1800-1801 yilda Qo‘qonga yaqin O‘ratepa shahrida tug‘iladi. Otasi
Rahimqul shoir tabiatli kishi edi. Dilshod dastlabki ma’lumotni otasidan oldi, yoshligidan she’riyatga mehr
qo‘ydi. Barno taxallusi bilan she’rlar yoza boshlaydi va umrining oxirigacha maktabdorlik qilib,
ma’rifatparvarlik keng rivojlantirib ishini, yoshlarni ilm-ma’rifatli qilishda xizmat qildi. Men,-deb yozadi
Dilshod, 88 yoshimgacha oynaksiz xat ko‘rib, maktabdorlik qildim. Ellik bir yil maktab tutib, a’lo avsat
hisobida 23 toliba tutib, 891 qizni basavod qildim. Alardan qariyib to‘rtdan biri tab’i nazmlari bor erdi...
boz avval oxir ikki yuzdan ortiq nazmxon shoiralar ta’lim olib chiqqan erdi” ”[5, 154, b].
Dilshod yoshlarning ilm olishiga, ahli ilm bo‘lmishlariga jiddiy e’tibor beradi va ilm olish uchun
esa katta mehnat qilish kerakligini, qobiliyat egasi bo‘lish zarurligini uqtiradi. U bu haqda mana bunday
degan edi:
Ko‘zimning nurini to‘qg‘um kitob ersa sarih,
Vujud bobida yozilg‘ondek bob ersa sarih[8,21,b]
Dilshod otinning ta’kidlashicha, ilm insonni tarixga etaklaydi va bu sohadagi turli muammolarni
hal qilishga yordam beradi. Bilimda kamol topgan inson yuksak obro‘, mavqega ega bo‘ladi, uning
bilimidan hamma bahramand bo‘ladi, hatto kecha-kunduz ham undan nur oladi.
Olamdan nur oldi har laylu nahor,
Tarixni hisobin topg‘on ham odam,
deb yozadi Dilshod[5, 154,b].
Shoiraning fikricha, inson go‘zalligi uning ruhiy olamidir. Ikki yuzlamachi, xudbin odamlar makr
egalaridir. Insonning ichki dunyosi tashqi qiyofasidek go‘zal bo‘lishi kerak. Insonga insoniylikni bezash
uchun berilgan bu go‘zallikni doimo ehtiyot qilish lozim.
Gar tashqi jamol ho‘b, ichi bad bo‘ladilar,
Go‘yoki ichi loy, yuzi naqshu nigor[8, 37, b]
Do'stlaringiz bilan baham: |