Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son 
17 
bo‘lib, bu yozuv nafaqat fors-tojik tillariga, balki turkiy tillarga ham moslashtirilgan. Maktablarning soni 
ko‘p bulib, ular maktab yoshidagi bolalarning katta qismini qamrab olgan [7]. 
B. Do‘stqorayev manbalar tahlili asosida mazkur tipdagi maktablar rus-tuzem maktablariga nisbatan 
uslubiy jihatdan anchayin sust bo‘lganligini va mahalliy ziyolilar matbuotda an’anaviy maktab hamda 
madrasalardagi ta’lim-tarbiyani isloh etish zarurligini ta’kidlashganini keltiradi [8]. Shuning uchun ham 
ayrim adabiyotlarda XIX- asrning oxiridagi mintaqa rivojining sustligi O‘rta Osiyodagi ta’lim tizimining 
jahon taraqqiyotidan orqada qolganligi bilan izohlanadi. 
An’anaviy tipdagi maktablarda o‘qitishida ham o‘ziga xos to‘lovlar mavjud bo‘lgan. Ta’lim uchun, 
odatda, oyiga 20 tiyindan 1 so‘mgacha, ba’zan esa 2-3 so‘m to‘langan. Ota-onalardan
bo‘yrapuli

ko‘mirpuli
kabi to‘lovlarham olingan[9]. An’anaviy ta’lim maktablarida pul to‘lab o‘qitilgan bo‘lsa, 
madrasalarda talabalarga nafaqabelgilangan. Masalan, madrasida ta’lim oluvchi quyi bosqichda talabalariga 
– 4-12 rubl, yuqori bosqichlarda – 15-35 rubl miqdorida pul to‘langan [10]. Ba’zida homiylik asosidagi 
yoki vaqflardan tushgan foydaning bir qismining an’anaviy maktablarga in’om etilishi hisobiga ham ushbu 
maktablarning ta’minoti shakllantirilgan. 
XIX- asrning oxirida Samarqandda an’anaviy maktablarda din va adabiyotga ko‘proq e’tibor 
berilgan. Masalan, dastlab 
haftiyak
o‘qitilgan bo‘lsa, keyinchalik o‘qish va yozishni o‘rgangan o‘quvchilar 
shariat asoslari bayon etilgan 
chor kitob
, Navoiy, Fuzuliy, Sheroziy, Attor, Bedil, Mashrab kabi 
shoirlarning asarlarini o‘rganishgan [11]. 
An’anaviy tipdagi maktablarda dars mashg‘ulotlari individual shaklda olib borilganligi sabab 
o‘quvchi maktabga kelgan kundan boshlab darslarda qatnashgan. O‘quvchining bir kitobni o‘zlashtirib 
ikkinchisiga o‘tishi uning yutuqlaridan dalolat bergan. Qur’on va islom asoslarini o‘rgatuvchi kitoblarni 
o‘rganish bilan maktabning birinchi bosqichi yakunlangan. Keyingi bosqichda o‘quvchilar bilimlari 
chuqurlashtish bo‘yicha takrorlashlar olib borilgan. O‘quvchilarning salohiyatiga qarab har biri uchun 
alohida dars topshiriqlari berilgan. An’anaviy ta’limda siklik uslub qo‘llanilib, bir kitob o‘zlashtirilgandan 
so‘ng ikkinchisiga o‘tilgan. Bunda har bir kitobning o‘zlashtirilish muddati o‘quvchi qobiliyatiga bog‘liq 
edi [12]. 
N. Qodirovning arxiv hujjatlariga asoslanib keltirishicha, XIX asr 80- yillarida Turkiston 
o‘lkasining Sirdaryo, Farg‘ona va Samarkand viloyatlarida 5 mingdan kam bo‘lmagan musulmon 
maktablari faoliyat yuritgan bo‘lib, ularda 46 ming atrofida o‘quvchi tahsil olgan. Lekin mazkur 
maktablarning qanchasi Samarqand hisobiga to‘g‘ri kelishi masalasi mavhum. Yuqoridagi ma’lumotdan 
kelib chiqib taxmin qilish mumkinki, o‘quvchi va maktablar sonini viloyatlarga o‘rtacha bo‘lganda 
Samarqand viloyatida 1700 ga yaqin an’anaviy maktablar mavjud bo‘lganligi, ularda 15300 ko‘proq 
o‘quvchi bilim olgani ma’lum bo‘ladi.
Podsho Rossiyasi hukumati tomonidan XIX asrning 90- yillaridan boshlab Turkistonda an’anaviy 
ta’lim muassasalari, madrasalar faoliyatini o‘rganish, nazorat qilish maqsadida xalq bilim yurtlari bo‘yicha 
nazoratchi lavozimi joriy qilinib, bu lavozimgi V.P. Nalivkin tayinlangan edi [13]. Butun Turkiston 
viloyatlari (Samarqand, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari) bo‘yicha bor yo‘g‘i uchta nazoratchi tayinlangan 
bo‘lib, bu albatta yetarli emasdi [14]. 
Samarqanddagi an’anaviy milliy maktab muassasalari faoliyati 1890 – 1893 yillarda V.P. Nalivkin 
tomonidan o‘rganilgan bo‘lib, u maktablar faoliyati shaxsan qatnashgan. V.P. Nalivkin o‘zining 
kuzatishlari asosida Samarqanddagi an’anviy maktablar faoliyatini isloh qilish orqali ushbu ta’lim 
muassasalarida o‘qitish usuli va dasturlariga rus tili, madaniyatini kiritish orqali ta’limdan ko‘zlangan 
maqsadlarga erishish mumkinligini ilgari suradi. Shuningdek, dars o‘tishda malakali o‘qituvchilar va dars 
berish uchun kerakli adabiyotlar yo‘qligini V.P.Nalivkin alohida ta’kidlaydi [15]. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagi xulosa va fikrlarni ilgari surish mumkin:

Samarqandda an’anaviy ta’lim masalasi, yuzasidan maxsus tadqiqot olib borilmagan. Bu esa hali 
yozma manbalar va arxiv hujjatlari asosida an’anaviy ta’lim masalasini chuqur tahlil etishni taqozo etadi. 
Mazkur holat muammoga doir ko‘plab noaniqliklar, qarama-qarshi fikrlar mavjudligi bilan izohlanadi; 

XIX asr oxiri XX- asr boshlarida Samarqandda mahalliy ta’lim tizimi mazmunan ko‘p asrlik 
an’analar asosida shakllangani holatida mustamlakachi tuzum, yangicha iqtisodiy munosabatlar, qolaversa, 
davr talabi darajasida emas edi. Faqatgina jadidchilik harakatining yuzaga kelishi, mahalliy ziyolilar 
orasida ma’rifatparvarlik g‘oyalarining tarqalishi bilan an’anaviy ta’lim davom etdi;

An’anaviy maktablarda yagona tizim asosida shakllangan o‘quv dasturlari qisman mavjud bo‘lib, 
maktablar ta’lim dasturlari ko‘p hollarda bir-birini takrorlagan. Mazkur ta’lim maskanlarida davlat 
tomonidan tasdiqlangan dasturlar yoki nizomlar asosida ta’lim berilmasa-da, ushbu maskanlarda barcha 
musulmonlar uchun umumiy bo‘lgan, asrlar davomida an’ana tarzida rivojlanib kelgan tushunchalar, o‘quv 
adabiyotlari sifatida o‘quv jarayoniga tatbiq etilgan; 



Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish