ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son
24
Ammo, hayotda shunday ishlar ham bo‘larkanki, unga unvon ham, daraja ham kerak bo‘lmaskan.
Bunday holatni Yerusalimskiy, faoliyati o‘zi uchun namunaviy bo‘lgan akademik Ye.V. Tarlening
xotirasini abadiylashtirishda namoyon etdi. U Tarledan ko‘p narsani-tadqiqotga tortilgan mavzuga doir
bilimlarni mutlaq egallash, uni qandaydir badiiy shaklda qo‘shib olib borishni o‘rgandi. Tarlening 12 tomli
saylanma asarlarining nashriga Yerusalimskiy bosh muharrir bo‘lgani bejiz emas. Saylanma uchun
serma’no muqaddima yozdi, har bir jildidagi kirish maqolalari ham unga tegishli.
Hamma bu ishlarni u tadqiqotchilik faoliyati bilan qo‘shib olib bordi. XX asr boshlarida
Germaniyaning tashqi siyosati va diplomatiyasi monografiyasi ustidagi ishi sust borardi. Olim hayotligi
davrida mavzuning muammolari va manbalari to‘g‘risidagi ma’lumot muallif tomonidan 1961 yil Tarix
institutining ilmiy kengashida ma’ruza qilingan edi. Shundan keyin ham monografiyaning bir necha bobi
Yerusalimskiy tomonidan nashrga chiqarilgan.
Olim vafotidan keyin uning arxividan topilgan bu asarga doir katta material ko‘p o‘tmay
“
Ежегодник
Германской
истории
” to‘plamida chop etildi.
Yerusalimskiyning hayotligida chop etilgan eng oxirgi kitobi 1964-yilda nashr etilgan
“
Германский
империализм
:
история
и
современность
.
Исследования
,
публицистика
” bo‘ldi. 40
bosma taboq hajmidagi bu kitob 4 ta xronologik bo‘limdan iborat: Kayzer Germaniyasiga doir, Veymar
respublikasi, Uchinchi imperiya va ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniya. Kitob olim
dunyoqarashining kengligini, ijtimoiy hayotni tahlil qilishdagi ustomonlik, yozish usullarining tengsizligini
namoyish etdi. Ittifoqda ham, chet elda ham asar katta hurmat qozondi, maqtovlar, ijobiy taqrizlar keltirdi.
Lekin olimning fojiasi shundaki uning salomatligi yemirilgan edi. Tabiatiga ko‘ra quvnoq hayotli,
xushchaqchaq bo‘lgan Yerusalimskiy bolaligidan yurak xastaligiga uchragan edi. Urush yillaridagi
qiyinchiliklar, keyingi asabbuzarliklar ham sog‘lig‘iga putur yetkazgan ekan. Ayniqsa yakkayu-yagona qizi
Natashaning o‘limi uni tamoman umidsizlantirdi. 1965-yilning noyabrida u hayot bilan vidolashdi.
Olimning arxivida qoldirilgan ko‘pgina yakunlanmagan va chop etilmagan asarlari ichida quyidagi
vasiyati ham bor ekan: “Hayotda yo‘l qo‘ygan xatolarim kam emas. Eng katta xato shundaki, men ularni
kech tushunib yetdim. Ishoning, men yengil bo‘lmagan hayotni yashadim, hayotga ishonardim va hozir
ham unga ishonaman. Men hamma vaqt odamlarni ajrata olmas edim. Lekin baribir odamga, uning
iqtidoriga va xayrli ibtidosiga ishonaman. Men istardimki, har bir inson o‘z obro‘sini saqlay olsin va
hamma vaqt kattami, kichikmi ijodiy hayot quvonchidan bahramand bo‘lsin. Shu uchun yashasa va
kurashsa bo‘ladi”.
Xulosa qilib shuni aytish lozimki, ilm-fan ravnaqi uchun insoniyatga beminnat xizmat qilgan,
millati va diniy e’tiqodidan qatiy nazar, alloma ustozlarni yod olish va ularning ko‘p qirrali xizmatlarini
yosh avlod ongiga singdirish muhim tarbiyaviy ahamiyatga molik ekanligini unutmasligimiz zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |