Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son 
22 
boshlandi. German fashizmining mohiyatini o‘rganish va fashizmga qarshi kurash undagi tadqiqotning 
oldingi safidan joy oldi. Uning ilmiy biografiyasi yil o‘tgan sayin boyib bordi. U yangi hujjatlarni kashf 
etdi, xorijiy nashrlarni taqriz etganida chuqur, har tomonlama tahlil etdi, hamkasblari bilan bo‘lgan 
munozaralarda o‘zining ilmiy va siyosiy qarashlarini charxladi. 
Yerusalimskiyning gazeta va jurnallarda chop etgan maqolalari ko‘p jihatdan o‘z davrini aks 
ettirardi. O‘zining asosiy vazifasi sifatida u, tobora xavfi ortib borayotgan fashizmga qarshi vatanidagi 
hushyorlikni oshirishni ta’minlash deb bildi. Tarixchi german imperializmining agressiv xarakterini yaxshi 
bilardi. U olib borgan tadqiqotlar tarixan buni tasdiqlashi mumkin. Lekin bu agressivlikning qay darajada 
ekanligini u ham tasavvur qila olmasdi.
1940-yil yozida Yerusalimskiyni Kremlga chaqirganlarida u nima uchun kerak bo‘lganini ham 
bilmasdi. Limuzinda uni kuzatib borayotgan harbiy ham miq etmasdi. Stalin va Jukov huzurida tashqi 
ishlar vaziri Molotov unga kansler Bismarkning rus tiliga tarjima qilingan “Fikrlar va Xotiralar” kitobini 
tahrirlash va uch hafta ichida unga ma’ruza matni tayyorlab berishni topshiradi. Olim yozgan matn alohida 
broshyura shaklida nashr etildi. Bir kun ichida bu muallif ham o‘z vatanida va ham chet elda mashhur 
bo‘lib qoldi. Ko‘p yillar davomida “Temir kansler” mavzusi bilan shug‘ullangani va joriy siyosat 
vazifalaridan kelib chiqqan holda A.S. Yerusalimskiy o‘z maqolasiga asos qilib Bismarkning “har qanday 
sharoitda ham Germaniya Rossiyaga qarshi urushga bormasligi kerak”-degan fikrini qo‘lladi. Sal keyinroq 
ham, u 1940 yildagi holatda eng to‘g‘ri yo‘l shu deb ta’kidladi. Taniqli mutaxassis M.Ya. Gefterning 
yozishicha shu yil kuzida, Fransiya va Dyunkerg mag‘lubiyatlaridan keyin xalqaro ahvol o‘zgargach, Stalin 
maqolaning oxirini o‘zgartirishga qaror qildi. U vatanparvarlik ruhidagi so‘zlardan voz kechdi, raqibni 
ogohlantirishni qisqartirdi, ruslarga doir syujetni esa o‘rtaroqqa ko‘chirish sharti bilan qoldirish 
mumkinligini aytadi. Muallif ham, buyurtmachi Molotov ham sarosimada edilar. Oxirgisi bir og‘iz so‘z 
ham aytmadi, uchrashuvda ishtirok etayotgan Jdanov singari, Yerusalimskiy esa masalaning dolzarbligiga 
urg‘u berib etiroz bildirdi. Unga javoban Stalin “nima uchun siz ularni qo‘rqitasiz? Mayli, urinib 
ko‘rishsin”, dedi. “Bu nima, deb so‘radi Gefter Yerusalimskiydan,-kaprizli zamona siyosatini o‘lchaydigan 
kishining injiqligimi, ayyorligimi yoki tabiiy tuyg‘usimi?”.
Urush nafaqat Germaniya va SSSR, balki Yevropaning barcha xalqlari uchun ham juda qimmatga 
tushdi. Yerusalimskiy vatani uchun nihoyatda og‘ir kechgan bu jangning birinchi kunidan oxirgi kunigacha 
qatnashdi. “Krasnaya Zvezda”ning muxbiri sifatida Yevropaning turli mamlakatlaridagi janglarning guvohi 
bo‘ldi, 1942-yil alohida topshiriq bilan Eronda bo‘ldi. 
U son-sanoqsiz maqolalar chop etdi, ko‘p joylarda maruzalar o‘qidi. Aynan urushda u fashizmning 
haqiqiy basharasini ko‘rdi. “1944-yilda, deb eslaydi Yerusalimskiy,-Rokosovskiy menga Maydanskni borib 
ko‘rishimga rozilik berdi. Mening ko‘rganlarimni yozib ham bo‘lmaydi. Men 800 ming juft ayollar, 
erkaklar va bolalar poyafzalini ko‘rdim…, bolalar jasadlarini, kuydiradigan o‘choqlarni ko‘rdim, mo‘jiza 
tufayli tirik qolgan odamlarni ko‘rdim”.
Urush yillarida gitlerchilarga qarshi koalitsiyada bo‘lgan AQSh va boshqa mamlakatlar egallagan 
mavqeylari ham Yerusalimskiyga katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya 
davlatlari rahbarlarining urush taqdirini hal qilish maqsadida o‘tkazgan uchrashuvlari oxir-oqibat 
Germaniyani mag‘lubiyatga yetaklashini tarixchi sifatida u yaxshi tushunib yetdi. 1943-yil oxirlarida 
Tehronda bo‘lib o‘tgan konferensiya koalitsiyadagi uch yetakchi davlat rahbarlarining bir maqsad bilan, 
hujumda bir yo‘la ham sharqdan, ham g‘arbdan, ham janubdan o‘tish kerakligini qayd etdi. 
Yerusalimskiyning adolat yuzasidan bergan bahosiga ko‘ra strategiya sohasida bunday keng miqyosdagi 
kelishuv koalitsion urushlar tarixida hali uchramagan holat edi.
1945-yil mayida u Karlxorstda bo‘lgan yagona tarixchi edi va german fashizmining mag‘lubiyatini 
tan olgani guvohi bo‘ldi. Keytel Germaniya reyxi nomidan so‘zsiz taslim bo‘lish aktiga imzo chekdi. “Bu 
unutilmas damlar edi, deb eslaydi tarixchi, german fashizmining halokati boshlandi va men tarixchiga 
boshqa ish qolmadi, endi men boshqa mavzuga o‘tishim mumkin”. 
Yerusalimskiy Karlxorstda qisqa muddatda bo‘ldi va o‘zicha, ijozat olmay Parijga o‘tdi. Bu uchun 
harbiy intizomni buzishda ayblanib partiya yo‘li bilan unga hayfsan e’lon qilindi. Oradan uch yil o‘tib, 
1948-yili u doktorlik dissertasiyasini himoya qilayotganida tarjimai holi to‘g‘risida ma’lumot bergan ilmiy 
kotib o‘sha hayfsanni ham aytib o‘tdi.
Urush tugagach, ancha siyosiy tajriba orttirgan olim o‘zi tanlagan mavzusi-“XIX-XX asrlar 
chegarasida davlatlararo imperialistik munosabatlarning boshlang‘ich fazasi, xususan Germaniya 
imperializmining XIX asr oxirlaridagi tarixi” ustida jadal ishladi. Qisqa davr ichida u salohiyatli 
monografiya tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi va bu asar tez orada nemis, chex, polyak va italyan tillariga 
tarjima qilindi. Asar muallifi Davlat va M.V.Lomonosov nomlaridagi mukofotga sazovor bo‘ldi. 



Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish