ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son 21
Vatanni qo‘msash, do‘stlarni, hamkasblarni, odatiy davralarni va oxirgi navbatda bo‘lmagan
Varvara Vasilyevnani, hali Samarada birga o‘qiyotgan davrdan hayotini birga bog‘lagan turmush o‘rtog‘ini
jon dilidan qo‘msardi. Lekin ikkinchi tomondan, chet elda uchratgan, o‘rgangan yangiliklarning
ahamiyatini ham tushunib yetardi. Afsuski, Yevropaning ma’naviy va madaniy hayotini batafsil o‘rganish
uchun vaqti yetmadi, chunki asosiy umri bibliotekalarda, Germaniyaning XIX asr 70-yillaridagi tashqi
siyosatini o‘rganish bilan o‘tdi.
Moskvaga qaytgandan keyin u xalqaro masalalar xususida avj olgan bahs-munozaralarga qo‘shilib
qoldi. 1926-yildan boshlab F.A. Rotshteyn va D.M.Ryazanovlar 1923-yilda tashkil etgan mashxur “Varga
instituti” (keyinchalik “Jahon xo‘jaligi va jahon siyosati instituti” deb ataladigan bo‘ldi), jurnaliga qator
maqolalari chop etildi. Bundan tashqari 1917-yil noyabrida boshlangan Chor Rossiyasi va Muvaqqat
hukumatlari maxfiy arxivlari materiallarini o‘rganish va oshkora qilish ishlariga Yerusalimskiy ham jalb
qilindi. Taniqli mutaxassis M.Ya. Gefterning yozishicha “Yerusalimskiy ilmiy biografiyasining ko‘p
varaqlari “Qizil arxiv” bilan, hujjatlarni chop etishning klassik nashri “Imperializm davridagi xalqaro
munosabatlar” bilan bog‘liq”.
1928-yil Yerusalimskiy yana bir tarkibi katta bo‘lmagan guruhga taklif etildi. Hukumat tomonidan
tayinlangan Pokrovskiy va Rotshteyn boshchiligidagi komissiya rejalashtirilgan hujjatlarning rasmiy nashri
konsepsiyasini ishlab chiqishi kerak edi. Shungacha noma’lum bo‘lgan arxiv fondlari sinchkovlik bilan
o‘rganilib tahlildan o‘tkazilgandan keyin tadqiq etiladi.
Yerusalimskiy hujjatlar ustida ishlashning mohir ustasi bo‘lib yetilgan edi. Bismark to‘g‘risidagi
adabiyotlarda Yevropa davlatlarining o‘tmishi va hozirgi davrdagi o‘zaro munosabatlari masalalari ham
tadqiq qilinar edi. 1928-yil boshlarida unga yana bir necha hafta Germaniyada bo‘lish imkoniyati paydo
bo‘ldi. Tarixchi bu imkoniyatdan ham unumli foydalandi. Ko‘pgina hujjatlar to‘plami bilan, eng avvalo
“Yevropa kabinetlarining katta siyosati” seriyasi ustida ishladi. Manbashunoslik sohasidagi tadqiqoti
Birinchi jahon urushini oqlashga doir tarixiy hujjatlarni soxtalashtirish uslublarini fosh etishni materiallarni
tanqidiy o‘rganish yo‘li bilan amalga oshirdi. Urushning kelib chiqishi to‘g‘risidagi nemislarning ko‘p jildli
nashrlaridagi umumiy konsepsiya va usullarni o‘zining shaxsiy kuzatuvlari va nashr rahbarlari prof.
A.Mendelson-Barteldi (Gamburg), d-r F. Timme (Berlin) bilan olib borilgan suxbatlari osonlashtirdi.
Yerusalimskiy asarlarida odatda tadqiqotchilik jurnalistika bilan uyg‘unlashib boradi. Tarixchilik
talablariga asoslangan bu asarlar akademik. C.D. Skazkinning iborasi bilan aytganda publisistikaning eng
yaxshi ko‘rinishida: “Yerusalimskiyning o‘tmish voqealariga yondoshishi kam e’tiborlik bilan emas, balki
tarixiy taraqqiyot kelajagida tutadigan o‘rnini anglagan holda, uning zamonasi va kelgusidagi ahamiyatini
ko‘rsatib, joriy voqealarga tarixiy baho beradi.
Yerusalimskiyning ikkala jahon urushlari oralig‘ida chop etgan ilmiy va publisistik maqolalarida
Germaniya, Angliya, Fransiya va Yevropadagi boshqa davlatlar siyosatidagi eng dolzarb muammolarga
e’tibor qaratilgan, muhim xalqaro voqealar va hujjatlarni har tomonlama baholashga harakat bo‘lgan.
1928-yil yozida A.Yerusalimskiy Yevropa bo‘ylab safarga chiqish topshirig‘ini oldi, yo‘l
marshruti ham aniq belgilangan edi. Do‘stiga yozgan xatida u avval Varshavaga, keyin Berlinga o‘tganini,
undan Saksoniya Shveysariyasiga va shu tariqa Elba orqali chexlarning Bogemiyasiga, Drezden,
Nyurnberg, Vyurtemberg, Badendan Geydelbergga kelgani va bu yerda ko‘proq to‘xtalib qolganini ma’lum
qiladi. Eski universitet bibliotekasining boy fondlari uni o‘ziga jalb etdi. Bu yerda A.Samsonovichni doktor
X.Xolborn kechki ovqatga taklif qildi. Taniqli nemis diplomati Radovisning memuarini nashrga
tayyorlagan muharrir va Bismark to‘g‘risida kitob yozgan Xolborn bilan uchrashish tarixchi uchun ayni
muddao bo‘ldi. Suhbat ham juda qizidi. Lekin kechasi soat 1:00 gacha o‘tirgan Yerusalimskiyning xulosasi
istaganicha chiqmadi. Xolbornning so‘zlaridan bildiki, Bismarkni ortiqcha ideallashtirish, umrbod
tinchliksevarlik to‘g‘risidagi nemis konsepsiyalariga aqlli kishilar unchalik ham ishonmaydilar. Demak, bu
janoblar nima ish qilayotganlarini biladi va bu ishni ongli ravishda qiladi.
Geydelbergdan keyin Yerusalimskiy avval Mayndagi Frankfurtga, undan o‘tib esa Gamburgga
keldi. Aynan shu yerda, Tashqi siyosat instituti va Jahon xo‘jaligi arxivida uni eng katta topildiqlar kutib
turardi. U nafaqat tashviqotli adabiyotlarga, balki Germaniya mustamlakachilik jamiyatining ma’ruzaviy
yozuvlari va ayrim nemis firmalarining yillik hisobotlari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tadqiqot ishlariga hali jalb etilmagan bu materiallar Birinchi jahon urushigacha va undan keyingi davrlarda
Germaniyaning iqtisodiy va mustamlakchilik siyosatiga doir qimmatli ma`lumotlarga ega edi. Shu
materiallar asosida tadqiqotchi “Germaniya imperializmining mustamlakachilik rejalari” nomli maqola
tayyorlab 1935 yil “Jahon xo‘jaligi va dunyo siyosati” jurnalida chop etdi.
Yerusalimskiyning olim sifatida shakllanishiga turli omillar ta’sir ko‘rsatdi. 1928-yil Germaniyaga
kelganida Mayndagi Frankfurt, Gamburg va Berlin ko‘chalarida jigarrang formadagi shturmachilarning
marshirovkasi unga bolaligini eslatgan bo‘lsa ajab emas. Shundan so‘ng tarixchi hayotida yangi davr