ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son
26
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan barqaror siyosiy, iqtisodiy va madaniy
rivojlanish strategiyasining besh tamoyil asosida davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida islohatlar
amalga oshirildi.
Iqtisodiyot sohasida olib borilgan islohatlarning yo‘nalishlari bozor iqyisodiyotini shakllantirish
hamda rivojlantirish deb belgilab olindi va bu jarayonning negizida bozor munosabatlariga o`tish jarayonini
bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyili asos qilinib, davlatning bosh islohatchi sifatida faol ishtiroki
ta`minlandi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal va samarali rivojlandi. Mamlakatning ana
shunday barqaror ijtimoiy–iqtisodiy taraqqiyotida Samarqand viloyatining o‘rni ham munosib bo‘ldi.
Samarqand viloyati sanoat korxonalarini bunyod etishda sobiq ittifoq respublikalari, shuningdek,
AQSH, Germaniya, Italiya, Chexiya, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Malaziya, Singapur, Hindistonning bir
qator korxonalari ham ishtirok etdilar. “Samarqand viloyati sanoati ko‘p tarmoqli. Oziq-ovqat, yengil,
mashinasozlik, kimyo sanoati rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati viloyat yalpi sanoat mahsulotining 31,8 foizi,
yengil sanoat mahsulotlari 22,6 foiz, mashinazoslik va metallsozlik sanoati 8,4 foizni tashkil etadi” [1].
Samarqand viloyatidagi sanoat korxonalarning tarixini o‘rganish joizdir. Shunday yirik sanoat
korxonalaridan biri
Samarqand kimyo zavodi bo‘lib
, “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
tarkibiga kiradi. Ammofos, oddiy superfosfat, boyitilgan superfosfat va boshqa fosforli o‘g‘itlar, sulfat
kislota ishlab chiqaradi. Samarqand shahridan 12 km g‘arbda, Kimyogarlar shahrchasida joylashgan.
Dastlab “Samarqand superfosfat zavodi” nomi bilan korxona qurilishi 1950- yilda boshlangan. 1980 yilda
zavodga hozirgi nomi berilgan. 1954-yilda sulfat kislota sexi , 1955-yilda superfosfat sexi ishga tushirilgan.
1965-yilda zavod rekonstruksiya qilinib, ichki quvvatlari 2 marta oshirilgan. 1975-yilda yirik sulfat kislota
sexi foydalanishga topshirilgan. 1978-yilda jahon tajribasida birinchi marta tarkibida 24,5 % P2 O5 bo‘lgan
past navli Qaratov ( Qozag‘iston) fosforitini qayta ishlashga o‘tdi. 1994-yildan zavodda ammoniy sulfat
o‘g‘itini ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. “Korxonaning diammoniyfosfat o‘g‘iti bo‘yicha yillik quvvatini 200
ming tonnagayetkazish uchun qayta qurilish ishlari olib borilgan. 2003-yilga kelib yiliga 500 ming tonna
sulfat kislota, ammofos va boshqa o‘g‘itlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan” [2]. Korxonada ishlab
chiqarilgan o‘g‘itlar Xitoy, Eron, Turkmaniston va boshqa davlatlarga eksport qilmoqda. “Samarqand
kimyo zavodini Yаponiyaning “Mitsumi” va “Toyo” injinerring “ komponiyalari bilan hamkorlikda 100
miilon AQSH dollari miqdordagi loyiha asosida ikki bosqichda qayta jihozlab, yiliga 200 ming tonnagacha
mineral o‘g‘it ishlab chiqarmoqda” [3].
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2006-yil 18-iyuldagi “Fosfat o‘g‘itini ishlab chiqarishni
ko‘paytirish va eksport qilishni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 420-sonli qarorini ijrosini
ta’minlash natijasida “Samarqand kimyo” zavodida 2007-yilda nitrokaltsiy fosfat o‘giti ishlab chiqarishni
38,5 ming tonnadan 100 ming tonnaga yetkazishga erishildi, bu maqsadlar uchun “O‘zkimyosanoat”
DAKsining “Kimyo sanoatini rivojlantirish fondi hisobidan Samarqand “Kimyozavodi” Aksionerlik
jamiyati 1,5 mln. AQSH dollari miqdorida o‘z mablag‘larida investisiya jalb etilishi hisobiga
Do'stlaringiz bilan baham: |