Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son 
16 
 
Традиционная образование в Самарканде: особенности и состояние (конца 
XIX – 
начало 
XX 
века)
 
Аннотация.
В данной статье рассматриваются особенности традиционного образования. 
конца XIX
и
начала XX вв. В освещении статьи на ряду относящийся к этой проблеме научной 
литературы

использованы и привлечены источники того времени. Автор показав положение 
традиционного образования предлагает свои личные мнения и выводы.
Ключевые слова:
Туркистан, медресе, образование, положение в сфере образования.
 
Traditional Education in Samarkand: features and condition (XIX ending –XX beginning) 
Abstract. 
This article investigates the main features and condition
 
of traditional education in 
Samarkand between the period of ending XIX and beginning XX centuries. The scientific sources and 
bibliographies were used in the contents of the article. Correspondingly, author has made a personal 
opinions and ideas about the traditional education and about the position of education itself.
 
Keywords: 
Turkestan, madrasahs, education features, educational situation. 
 
Ta’lim tizimining tarixiy ildizlarini o‘rganish va ulardan xulosa chiqarish bugungi kunda islohotlar 
o‘tkazishda, sohani taraqqiy ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada O‘zbekistonda, xususan, 
Samarqandda XIX asrning oxiri – XX- asr boshlaridagi an’anaviy ta’lim holati va uning xususiyatlarini 
o‘rganishda bir qator muammolar tadqiqotchilar nazaridan chetda qolgan. Bu davrda bir tomondan ta’limni 
isloh qilish borasida jadidlar faoliyati kuchaygan bo‘lsa, ikkinchi tomondan rus ma’murlarining ta’limga 
o‘zgartirishlar kiritishga harakat qilganliklari yoki hali ham uy maktablari, qizlar maktabi va hatto 
madrasalarning faoliyat olib borganligi XIX asrning oxiri – XX asr boshlarida Samarqandda ta’lim 
xususiyatlarini tizimli o‘rganish jiddiy ilmiy muammolar majmuini tashkil etishidan darak beradi.
Ushbu masalaga fanda zarur e’tibor berilmagan. Samarqandda XIX asr oxiri – XX- asr boshlari 
ta’limning an’anaviy xususiyatlarini tadqiq etish, bu boradagi tarixiy tajribalarini umumlashtirish, 
zamonaviy integrasion jarayonlarda ulardan foydalanish nuqtai-nazaridan dolzarbdir. Biz oldingi 
tadqiqotlarimizda Samarqandda an’anaviy ta’lim tizimi masalalariga doir ayrim memuar hujjatlar, 
mintaqadagi ba’zi “qizlar maktabi” faoliyatiga e’tibor qaratgan edik [1]. Ushbu o‘rinda ta’kidlash lozimki, 
an’anaviy ta’lim tizimi va uning xususiyatlariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar bir qancha. Lekin Samarqand 
bo‘yicha tadqiqotlar yo‘q hisobi. Yaratilgan ishlar asosan, Toshkent, Qo‘qon, Sirdaryodagi mazkur 
masalalarga bag‘ishlangan. 
XIX asrning oxiri – XX asr boshlari Samarqand tarixida an’anaviy ta’lim masalasiga e’tibor 
qaratishdan oldin, bu davrdagi siyosiy vaziyat masalalariga izoh berish kerak. 
O‘rta Osiyoni bosib olgan Podsho Rossiyasi mustamlakachilari mahalliy aholini jaholatda tutib 
turishga yo‘naltirilgan siyosat olib borishgan va o‘zlarining harakatlarini turli qonun va boshqa me’yoriy 
hujjatlar bilan asoslashga harakat qilishgan. Masalan, 1875 yilda qabul qilingan “Turkistonda xalq ta’limi 
to‘g‘risidagi” qonunga ko‘ra, mintaqadagi ta’lim tizimi Turkiston general-gubernatorligi tomonidan nazorat 
qilingan [2]. Hatto diniy maktablar ham bundan mustasno emasdi. Bundan ko‘zlangan maqsad aniq edi [3]. 
Podsho Rossiyasinining Turkistonda o‘z hukmronligini o‘rnatishi an’anaviy ta’lim muassasalarining 
mahalliy aholi hayotidagi ahamiyatini pasaytirdi. Mahalliy aholining nisbatan savodsizligi imperiya 
manfaatlariga mos kelardi. Rus ma’murlari Samarqand va Buxorodagi an’anaviy ta’limga asoslangan 
ta’lim maktablarini, diniy maktablar faoliyatini nazorat qilishi orqali diniy ulamolarning faoliyatini 
cheklash, ularning vakolatlarini yo‘qqa chiqarishga harakat qilishgan. Ushbu maktablar o‘rniga o‘zlarining 
rus-tuzem
maktablarini joriy etishgan. Masalan, 1869 yildan boshlab Samarqanddagi Xo‘ja Ahror mozori 
mutavvaliy 
(vaqf mulkiga va undan keladigan daromadga vasiylik qiluvchi, uni taqsimlovchi diniy 
amaldor)siga Qarshi bekligi atrofidagi mulklaridan foydani yig‘ishga ruxsat berilmagan. Faqatgina jiddiy 
ogohlantirish asosida Samarqandning bosh madrasalari hisoblangan Sherdor va Tillakori 
mutavvaliy
siga 
o‘z mulklaridan daromad yig‘ish uchun shartli ravishda ruxsat berilgan [4]. Bulardan ko‘zlangan asosiy 
maqsad o‘lkani ruslashtirish edi [5]. Vaqf mulklarining nazorat masalasiga va ta’lim tizimi bilan bog‘liq 
XIX asrning 80 – 90- yillariga oid qimmatli ma’lumotlar noma’lum sabablarga ko‘ra yuqolgan [6].
Rus hukumatining qarshiliklariga qaramay Turkistonda, xususan, Samarqandda an’anaviy ta’lim 
tizimi ham mavjud bo‘lgan.
Avvalambor ushbu masalaning umumiy jihatlariga e’tibor qaratish lozim. An’anaviy ta’lim tizimida 
maktablar boshlang‘ich o‘quv maskanlari bo‘lib, ular shahar, qishloqlarda va ko‘chmanchilar ovullarida 
ham mavjud edi. Ular, odatda, masjid, madrasa huzurida yoki xususiy hovlilarda tashkil etilgan. 
O‘rganilayotgan davrda an’anaviy ta’lim tizimidagi maktablarda darslar arab yozuvi asosida olib borilgan 



Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish