ILMIY AXBOROTNOMA IQTISODIYOT 2019-yil, 6-son
82
Yettinchidan, innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish va joriy etish sohasida yuqori tajriba va
salohiyatga ega bo‘lgan xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik , shuningdek , ulardan butun mamlakat fani,
sanoati va iqtisodiyotni rivojlantirishning dolzarb muammolarini hal qilishda foydalanishning past darajada
saqlanib qolinganligi.
Mazkur holatlar innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishni tashkil
qilish sohasida davlat boshqaruvining instutsional va tashkiliy-huquqiy asoslarini tubdan
takomillashtirishni talab qiladi, deyilgan [4].
Innovatsion rivojlanishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida“gi Farmoniga muvofiq quyidagilar
O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin deyilgan:
Mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirishning uzoq muddatli senariylari
asosida ustuvor soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirishning kelajakdagi modellarini shakllantirish
imkonini beradigan strategy rejalashtirish tizimini yaratish;
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning tartib-tamoyillarini optimallashtirish va soddalashtirishni, davlat
boshqaruvi organlari faoliyatining samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan davlat boshqaruvining
innovatsion shakllarini joriy etish;
Hududlar ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining barqaror o‘sishi, shuningdek, aholining hayot darajasi va
farovonligining yuksalishi uchun zarur sharoitlar ta’minlashga qodir bo‘lgan fan va innovatsiya faoliyatini
rivojlantirishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish;
Innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ishlab ishlab chiqish va joriy etish sohasida
investitsiyalarni jalb etish, ularning rivojlanshini ta’minlovchi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Ilmiy tadqiqot va innovatsiya faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‘oyalari va
ishlanmalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, shuningdek, ushbu faoliyatda
iqtidorli yoshlar faol ishtirok etishi uchun qulay sharoitlar yaratish;
Mamlakatimiz ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatining istiqbolli yutuqlarini targ‘ib qilish va
joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu jumladan ilmiy-eksperimental ixtisoslashtirilgan
laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari, texnoparklar va boshqa innovatsiyaga yo‘naltirilgan
tuzilmalari, xususan, chet el investorlari ishtirokida tashkil etish va moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash;
Tabiatni muhofaza qilish, resusrlar va energiya tejaydigan texnologiyalarni, jumladan, muqobil
energiya manbalarini , suvni tozalash va chuchuklashtirish, undan oqilona foydalanishning zamonaviy
shakllarini keng qo‘llash orqali faol joriy etish;
Sog‘likni saqlash sohasida kasaliklarni barvaqt aniqlash va profilaktika qilish, o‘z vaqtida va
smarali davolashga imkon beruvchi ilg‘or texnologiyalarni keng joriy etish, shuningdek, jamiyatga sog‘lom
avlodni tarbiiyalashga ajratilgan komleks tizimni yaratish;
Agrar sohaga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni, shu jumladan ishlab chiqarish
samaradorligini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilariningeksport salohiyatini
oshirishga , mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga ko‘maklashuvchi qishloq ekinlarining
yangi seleksiya navlarini targ‘ib qilish;
Iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi zamonaviy
axborot -kommunikatsiya, sanoat va boshqa innovatsion texnologiyalarni jadal joriy etish;
Innovatsiya faoliyatii sohasida ilg‘or xorijiy tashkilotlar bilan, shu jumladan ularni nou–xau,
nanotexnologiyalar va yuqori texnologik tovarlarni ishlab chiqarishning mahalliy bozoriga jalb qilish
orqali hamkorlikni kengaytirish va boshqalar [4].
Bugun rivojlanishning innovatsion modellari va “aqlli” texnologiyalar amalga oshirilayotgan
mamlakatlar eng muvaffaqiyatli va barqaror hisoblanadi. Bunday mamlakatlarning barqaror taraqqiyoti,
ularning jahon bozorlarida raqobatbardoshligi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan
foydalanishga emas, balki innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarga asoslanganligidir. Ushbu mamlakatlarda
innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha davlat strategiyasining ijrosi
shartli ravishda “kelajak vazirliklari” deb nomlanuvchi maxsus idoralar tomonidan amalga oshirilmoqda,
shuning uchun bizning respublikamizda innovatsion rivojlanish uchun ma’sul idoralarning asosiy vazifasi
sifatida innovatsiya va fan yutuqlarini keng joriy etish hisobiga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishi va
jahon intellektual mehnat bozorlarida mutaxassis kadrlarning raqobatbardoshligini ta’minlash hamda
iqtisodiyotda intellektual mulkni ko‘paytirish kerak, deb hisoblaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |