Интеграция образовании, науки и инноваций как фактор развития инновационной
экономики
Аннотация
.
В статье рассмотрены вопросы интеграции образовании, науки и инноваций,
возможности повышения научного потенциала ВУЗов, повышение роли совместных программ
подготовки кадров с зарубежными учебными заведениями, проведения научных форумов,
внедрения инноваций и достижений науки в условиях формирования инновационной экономике в
Узбекистане.
Ключевые слова:
инновация, инвестиция, спрос, нормативно
-
правовая база, стратегия,
технология, модели.
Integration of education, science and innovation as a factor in the development of an innovative
economy
Abstract.
The article considers the integration of education, science and innovation, the possibility
of increasing the scientific potential of universities, enhancing the role of joint training programs with
foreign educational institutions, holding scientific forums, introducing innovations and achievements of
science in the context of formation of innovative economy in Uzbekistan.
Keywords:
innovation, investment, demand, regulatory framework, strategy, technology, models.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlisga murojaatnomasida
iqtisodiyotimiz rivojlanishining muhim sharti bo‘lgan faol investitsiya siyosatini izchil davom ettirish
lozimligini ta’kidlab o‘tdi. Shunga ko‘ra 2019-yilda barcha manbalar hisobidan qariyb 138 trillion so‘mlik
yoki 2018-yilga nisbattan 16 foiz ko‘p investitsiyalarni o‘zlashtiri mo‘ljallanmoqda, to‘g‘ridan to‘g‘ri
xorijiy investiyalar miqdori joriy yilga nisbatan 1,5 barobar oshirilib 4,2 milliard dollarga yetkaziladi.
Natijada 142 ta zamonaviy korxona ishga tushuriladi. Shuningdek, yurtimizda sanoat korxonalari, qo‘shma
korxonalar, qishloq xo‘jaligida ko‘plab klasterlar tashkil etiladi, to‘qimachilik sanoati rivojlanadi, ximiya-
texnologiya, neft-gaz sanoati, elektr energiya sanoati, turizm, xizmat ko‘rsatish sohalari ham rivojlanadi,
zamonaviy korxonalar ishga tushuriladi.[1]
Demak, 2019-yilda ishga tushuriladigan bunday zamonaviy
korxonalarda ishlaydigan yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj oshib boradi. Bunday yuqori malakali
mutaxassis kadrlarni tayyorlash Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining muhim vazifalaridan biri
hisoblanadi, bu vazifalarni bajarish uchun avvalambor ta’lim tizimining normativ-huquqiy bazasini
takomillashtirish orqali amalga oshiriladi, shuning uchun prezidentning bir qator farmon va qarorlari qabul
qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantiish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947 farmoni,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 27-maydagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash
sifatini oshirishda iqtisodiy sohalarni va tarmoqlarning ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-3151 qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-sentyabrdagi “2019-
2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
PQ-5544 farmoni kabilardir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi ham
yuqoridagi prezident farmon va qarorlari asosida bir qancha normativ hujjatlar qabul qilindiki bu o‘z
navbatida oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qilada. Natijada oliy ta’lim muassasalari
soni 2016-2017- o‘quv yili 77 bo‘lgan bo‘lsa, 2018-2019-o‘quv yilida 95 taga yetkazildi. Qabul kvotalari
2016-2017- o‘quv yilida 57907 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2018-2019-o‘quv yilida 102741 taga yetdi. Ayniqsa, oliy
Do'stlaringiz bilan baham: |