Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son 
36 
chiqib kelishgan» [20]. Lekin bu fikrni qabul qilish qiyin. Chunki arman, vizantiya va xitoy manbalari bu 
qabilalarni hamisha alohida qilib ko‘rsatgan. Ilk o‘rta asrlar davriga oid eron manbalarida oq xion (spet 
xion) va qizil xion (karmir xion) nomli xalqlar tilga olinadi. Hind manbalarida oq va qizil xun xalqlari 
eslatib o‘tiladi [21]. Shuni aytib o‘tish lozimki, hind manbalaridagi xunalar – bu eftaliylardir. Vizantiya 
tarixchisi Feofan Vizantiyskiyning xabari diqqatga sazovor. Uning yozishicha, Tanais daryosidan sharqda 
turklar yashaydilar. Ular qadimda massagetlar deb atalgan, forslar tilida bu turklarning nomi 
kermixionlardir [22]. Vizantiya tarixchisining xabari xioniylar bilan eftaliylarning alohida xalq ekanligini 
ko‘rsatadi. Garchi arman va vizantiya manbalari xioniy, kidariy va eftaliylarni xunn qabilasi sifatida 
bilishsa-da, ularning nomlarini alohida qilib ko‘rsatishadi. Qolaversa, Vizantiya tarixchilari Yevropaga 
bostirib kirgan xunnlar bilan eftaliylarni ajrata olishgan. Shu jihatdan olib qaralganda, kermixion nomini 
tilga olgan Vizantiya tarixchisi ularni eftaliylar bilan adashtirmaganligiga shubha qilmasa ham bo‘ladi. 
Xitoy manbalarida ham idanlarning kelib chiqishi Sude (So‘g‘diyona) ni bosib olgan xunn (xion)lar bilan 
bog‘lanmaydi. L.Gumilev esa, xioniylarning kelib chiqishini Orol va Kaspiy dengizining shimolidan 
axtarish lozim, deb hisoblaydi [23]. 
Uchinchi fikrga ko‘ra, ular Amudaryo va Sirdaryo havzalarining qadimgi aholisi bo‘lgan. 
A.N.Bernshtam eftaliylarning kelib chiqishini ikki hudud: birinchisi – Sirdaryoning o‘rta va quyi havzasi
ikkinchisi – Amudaryoning yuqori havzasida bo‘lganligini ko‘rsatadi [24]. Rus olimi L. Gumilev 
eftaliylarning ilk vatani Pomirning g‘arbiy yonbag‘irlari bo‘lganligi haqida xulosa beradi [25]. Shunga 
o‘xshash fikr yapon olimi K. Enokining ishlarida ham kuzatiladi. S.P.Tolstov ularni Orol bo‘ylaridan kelib 
qolganligini ta’kidlaydi [26]. E.V.Rtveladze esa ularni Baqtriya-Toxaristonning tub aholisi bo‘lgan, deb 
hisoblaydi.
Garchi «Beyshi»da 
yeda
ko‘chmanchi xalq sifatida qayd etilsa-da, ularning hukmdori Bodiyon 
shahrida yashashi va bu shaharda ko‘plab budda ibodatxonalari borligi qayd qilinadi [27]. Arxeologik 
tadqiqotlar III-VI asrlarda Janubiy Sibir va Shimoliy Qozog‘iston dashtlarida yashagan sarmat va ugor-
samodiy qabilalari bilan eftaliylarning hech qanday aloqaga ega emasligini ko‘rsatadi [28]. Qolaversa, 
ularning jang qilish uslubi ham ko‘chmanchi xalqlarga xos emas [29]. Numizmatik ma’lumotlar IV asr 
oxiri – V asr birinchi yarmida Toxaristonda zarb qilingan tangalar xioniylarga emas, balki eftaliylarga 
tegishli ekanligini ko‘rsatadi. Tangalardagi unvonlar esa, shubhasiz, baqtriyaliklarga xosdir [30].
Xitoy yilnomalarida aytilishicha, eftaliylarda badavlat kishilar vafot etsa toshdan qilingan 
maqbaralarda dafn etilgan [31]. Toshdan qilingan maqbara-mug‘xonalarga o‘z vaqtida K.I.Inostransev ham 
e’tibor qaratgan edi. B.A. Litvinskiy mug‘xona, maqbara inshootlari hamda boshqa faktlarni o‘rganib, 
eftaliylarning shakllanishida Farg‘onaning tog‘oldi qabilalari ham muhim rol o‘ynaganligi haqidagi 
xulosaga keladi [32]. Eftaliylarning etnik mansubligi bo‘yicha ham har xil fikrlar bor. Bir guruh olimlar 
eftaliylarni xunnlardan kelib chiqqan, shu bois ular qadimgi turk-mo‘g‘ul xalqlariga tegishli deb 
hisoblashsa, boshqalari ularni eroniy xalqlar bilan bog‘lashadi. Bu masalaga oydinlik kiritish uchun 
qo‘limizda mavjud bo‘lgan materiallarga murojaat etishimizga to‘g‘ri keladi. 
Ahmad al-Balazuriyning yozishicha, arablarning Ko‘histonga yurishi vaqtida ularning qarshisidan 
xaytal
aholisi chiqib kelgan. Ularning kelib chiqishi turklardan bo‘lgan, boshqalarning aytishicha, ular 
aslida Fors aholisidan bo‘lgan [33]. Shuningdek, Balazuriy arab sarkardasi Musa ibn Abdulloh ibn Xozim 
as-Sulami Termizni egallab olgan vaqtda (689-yilda) unga Termiz aholisi sirasidan bo‘lgan xaytallar va 
turklar qarshi chiqishganligini ma’lum qiladi [34]. Xitoy manbalarida eftaliylarning urf-odatlari turklarning 
urf-odatlariga o‘xshashi qayd etiladi [35]. 726-yili Toxaristonda bo‘lgan koreys sayyohi Xoy Chao o‘lka 
aholisining yarmini 
xu
, qolgan yarmini turklar tashkil etishini ta’kidlaydi [36]. L.N.Gumilevning 
yozishicha, eftalitlarning qabilaviy nomi 
xua
bo‘lgan. Bu nom Xuttalyon atamasida saqlanib qolgan [37]. 
Mug‘ tog‘idan topilgan so‘g‘d hujjatlarida Xuttalon 
ywttwrstan
(Xutturston yoki Xuttulston) 
shaklida tilga olinadi. Bu nom o‘zlashgan so‘z bo‘lib, so‘g‘diylargacha bo‘lgan qadimgi toponimik 
qatlamga borib taqaladi [38]. V.A.Livshits Xuttal nomini eftalitlarning arabcha «Xaytal» yoki «xabtal» 
nomi bilan aloqador deb hisoblaydi [39]. XV asr geografi Abdurashid al-Bakuviy xuttallaxlar mamlakati 
haqida xabar qiladi. Uning yozishicha, xuttallaxlar turklardan bo‘lib, barcha turkiy qabilalar orasida eng 
kuchlisi bo‘lishgan [40].
Eftaliylarning ismlariga e’tibor beradigan bo‘lsak, ular orasida Toraman, Mixirakula singari 
turkcha ismlar borligini ko‘rish mumkin. Demak, mavjud manbalar asosida eftaliylarning ilk shakllangan 
joyi asosan Baqtriya-Toxariston va unga yondosh o‘lkalar, ko‘proq tog‘li hududlar ekanligini 
ta’kidlashimiz mumkin. Eftaliylar O‘rta Osiyoning tub aholisi bo‘lib, ularning shakllanishida qadimgi sak
massaget, yuechji qabilalari hamda Baqtriyaning tub aholisi muhim rol o‘ynagan. Eftaliylar aslida turkiy 
xalq bo‘lgan. Eftaliylar tomonidan tuzilgan davlat juda katta hududlarni o‘z ichiga olganligi bois, ularning 



Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish