Keywords:
Ephthalites, names, Armenian and Chinese sources, whites, Huns, Hionites, Jews,
numismatic information, customs, Sogdians, documents, ancient settlements, ethnonyms, Turkic tribes.
Tarixiy manbalarda eftaliylar turli nomlar bilan atalgan. Arman manbalarida
intagakan (itagakan)
yoki eptagaka [1]
,
eftalit [2]
vizantiya yilnomalarida
tetal
[3]
,
abdel [4]
va
eftali [5]
, tibet hujjatlarida
xebdo[6]
, o‘rta forscha
eftal
va
xeftal
; tojik-forscha –
xetal
va
xaytal [7]
; arabcha–
xaytal [8]
,
eftaliy [9]
va
yaftal [10]
; xitoycha
yeda
va
idan [11]
, «Tarixnomai Hirot»da
xayatle
nomi bilan tilga olinadi [12]. Ieshu
Stilit eftaliylarni
gunn
nomi bilan qayd qiladi [13].
Mavjud ilmiy-tarixiy manbalar asosida eftaliylarning kelib chiqishi to‘g‘risida ilgari surilgan
fikrlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: Birinchi fikrga ko‘ra, ular katta yuechjilar, ya’ni kushonlar
bilan bir urug‘dan kelib chiqqan. Xususan, xitoy yilnomasi bo‘lgan «Beyshi»da yozilishicha, «Yeda
xonadoni egasi Katta Yuechji bilan birga yagona urug‘dan kelib chiqqan». «Suyshu»da ham Idan xonadoni
Katta Yuechjining bir tarmog‘i ekanligi ko‘rsatiladi [14]. Arman tarixchisi Egishe Vardapet Itagakan
(Intagakan) provinsiyasi hukmdorini Kushon shohi deb ataydi [15]. Vizantiya tarixchisi Sebeos miloddan
avvalgi III asr o‘rtalarida Parfiya davlatining tashkil topishi haqida quyidagilarni yozadi: «Baxl –
Shakastondagi tetal shohining o‘g‘li buyuk Arshak Kushonlar mamlakatiga podsho bo‘ldi hamda sharq va
shimoldagi barcha xalqlar unga bo‘yin egdilar» [16]. Shu bilan birga, Sebeos, Perozning aynan kushonlar
bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lganini ham ma’lum qiladi [17].
Yuqoridagi ma’lumotlar eftaliylarning kushonlar bilan ma’lum bir qon-qardoshlik aloqalariga ega
ekanligini ko‘rsatadi. Ammo tarixiy manbalarga asoslanadigan bo‘lsak, ularni aynan kushonlar deb
hisoblab bo‘lmaydi. Chunki VII asr «Arman geografiyasida» eftalitlarning nomi tuxarlar bilan bir qatorda
keltiriladi [18]. Xitoy yilnomasi «Beyshi»da
yeda
xalqi bilan birga katta yuechji va kichik yuechjilarning
nomi ham qayd etiladi. «Beyshi»da ma’lum qilinishicha, eftaliylar tili jujan, gaogyuy va turk tillaridan
mutlaqo farq qiladi [19]. Bu esa, eftaliylarning etnik kelib chiqishini aniqlashda muayyan qiyinchiliklarni
tug‘diradi.
Ikkinchi fikrga ko‘ra, eftaliylar xioniylarning bir tarmog‘i bo‘lgan. Ko‘pchilik tadqiqotchilar
oq
x
unn
va
xion
nomlarining bir-biriga mos kelishini hisobga olib, ularni xioniylarning bir tarmog‘i sifatida
bilishadi. S.P.Tolstovning yozishicha, «kidariylar va xioniylar nomi bilan tarix sahnasiga hamisha eftaliylar
Do'stlaringiz bilan baham: |