Xusrav I Anushirvon podsholigi davrida sosoniylar eftaliylarga o‘lpon to‘lamay qo‘ygan edilar. Xusrav I va turkiylar eftaliylarni qulatish maqsadida o‘zaro ittifoq tuzadilar. 554-yili sosoniylar qo‘shini Toharistonga bostirib kiradi. Eftaliylar og‘ir ahvolda qoladilar.
Shu paytda turkiylar Choch, Farg‘ona, Samarqand, Kesh va Naxshabni egallaydilar. Eftaliylar hukmdori Gatifar qo‘shin to‘playdi. Turkiylar bilan hal qiluvchi jang Buxoro yaqinida bo‘lib o‘tadi. Jang sakkiz kun davom etadi. Eftaliylar mag‘lubiyatga uchraydilar. Shunday qilib, turkiylar eftaliylar davlatini zabt etadilar. O‘zbekiston hududlari Turk xoqonligi davlati tarkibiga kiradi.
Eftaliylar bilan
bo‘lgan urush
568-569-yillаrdа Turk хоqоnligi Kоnstаntinоpоlgа impеrаtоr Yustin II huzurigа o‘z elchilаrini yubоrаdi. Birоq, ko‘p o‘tmаy Vizаntiyaning аvаrlаr bilаn оlib bоrgаn tinchlik аlоqаlаrini turklаr ittifоqqа хiyonаt dеb bilib, 575-576 yillаrdа turklаr Kimmеriy Bоsfоrigаchа kirib bоrаdilаr. Kеyinchаlik Vizаntiya vа хаzаrlаr ko‘mаgidа turklаr bir nеchа bоr Erоngа qаrshi qo‘shin tоrtаdilаr. 588-yildа ulаr Hirоt yaqinidа Erоndаn yеngilаdilаr. Buning оqibаtidа Turk dаvlаti endi Vizаtiya bilаn аlоqаlаrni Kаspiy dеngizining shimоliy qismidаn yangi sаvdо yo‘ldаn оlib bоrishgа mаjbur bo‘ldi. VI аsrning 70-80-yillаridа Enаsоyning yuqоri оqimidаn tо Аmudаryo bo‘ylаrigаchа, Mаnchjuriyadаn tо Kimmеriy Bоsfоrigаchа cho‘zilgаn ulkаn mаydоndа ko‘chmаnchi chоrvаdоrlаrning Buyuk Turk хоqоnligi tаshkil tоpdi.

Eftaliylar davlati
Eftaliylar davlati parchalanib ketgan Kushon davlati hududining bir qismida tashkil topgan. Aholisining asosiy qismi dehqonchilik bilan mashg'ul bo'lgan, qolgani esa ko'chmanchi chorvachilik hayot tarzini davom ettirgan. Eftaliylar to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlar yozma manbalarda 457 yildan buyon, ya'ni ularning podshosi Vaxshunvar Chag'aniyon, Toxariston va Badaxshonni o'ziga bo'ysindirganidan so'ng qayd etila boshlagan. Turli manbalarda Eron sosoniylar davlati bilan eftaliylar o'rtasidagi bo'lib o'tgan jangu jadallarning yorqin, biroq bir-biriga zid manzarasi tasvirlangan. Sosoniylar podshosi Peroz eftaliylar davlatining tobora kengayishidan xavfsirab, ularga qarshi harbiy harakatlar boshlab yuboradi, biroq asirga tushib qoladi. Sosoniylar podshosi yordam so'rab Vizantiyaga murojaat qiladi va ko'chmanchilar huruji bu davlat uchun ham tahdid ekanini uqtiradi.