Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son 
37 
tarkibiga eroniy xalqlar ham kirib qolgan. Shuning uchun ularni goh turkiy, ba’zan esa, eroniy xalqlar 
sifatida ko‘rishgan.
Yuqorida qayd etganimizdek, eftaliylar tarixda ko‘plab nomlar bilan tilga olingan. Bunga sabab, 
har bir xalq ularni o‘z tilining qonuniyati bo‘yicha atagan. Eftaliylarning haqiqiy nomi 
xuttar
yoki 
xattal
edi. Negaki o‘rta asrlar davrida 
Xuttal
deb ataluvchi viloyat bo‘lgan. 
Xuttar
etnonimi 
xutt 
so‘zi va
–ar 
qo‘shimchasidan tashkil topgan. 
Xutt
(
xatt
) qabila nomi, 
– ar
qadimgi turkiycha ko‘plik qo‘shimchasidir 
(masalan: qang‘ar, toxar, tatar, solar, igdar, to‘gar va hk) 
Xuttar
– «xutt (xatt) qabilalari» degan ma’noni 
anglatadi. Arab va fors tillarining ta’sirida –
ar 
qo‘shimchasi –al bilan almashib 
xuttal
(
xattal
) deb 
ataladigan bo‘ldi. 
Xuttal/xattal
arabcha «xaytal», forscha «xetal» nomlari bilan atalgan. Vizantiyalik 
yunonlar forscha 
xetal
so‘zini 
tetal
shaklida talaffuz etishgan. IV asr arman manbalarida qayd etilgan
 
itagakan 
nomi 
xatakin
nomiga mos keladi (
xatakin > atakin > atakan > itakan > itagakan
). «Xatakin» va 
«xattal» etnonimlarining asosi 
xatt
. Har ikkisining o‘zagi bir. Qadimgi nomi 
xatakin
. Gerodot tomonidan 
qayd qilingan 
sattagid 
va Beruniy tilga olgan
bxattavaryan
etnonimlari 
xatakin 
nomining tovush 
variantlari. 
Xatakin
bir qabilaning nomi bo‘lgan. Qabila kuchaygandan so‘ng VI asrdan boshlab 
etnonimdagi 
kin 
(urug‘) so‘zi tushib –
ar
ko‘plik affiksi qo‘shiladi va 
xatt+ar
, ya’ni «xata qabilalarining 
ittifoqi» deb nomlangan. Qabila nomi bilan viloyat (Xuttalyon) atalgan. O‘rta asrlar davridagi Xuttalyon 
Shimoliy Baqtriya-Toxaristonda vujudga kelgan. Toponimdagi 
–yon
qo‘shimchasi qadimda urug‘, qabila 
nomi bilan aloqador bo‘lgan joylarga nisbatan qo‘llanilgan (Masalan: Chag‘oniyon, Toxchiyon va hkz). 
Xuttalyon–
«xata elining joyi, yurti» ma’nosini anglatadi. Keyinroq, Xuttalyon nomi 
Xatlon
nomi bilan 
atala boshlandi (
Xuttalyon > Xatalon > Xatlon
). 
Eftaliylar davlati inqirozga uchragach, ularning tarkibidagi urug‘lar turli turkiy qabilalar tarkibiga 
kirib qolishgan. Abdeli urug‘i o‘g‘uz va pushtunlar tarkibiga kirgan. Xuttalyonda qolgan qabilalar 
xuttallax
deb atalgan. Etnonim oxiridagi 
–ax
so‘zi aslida 
–ak
kichraytirish qo‘shimchasining tovush formasi bo‘lib, 
«xata qabilasining bo‘lagi» ma’nosini anglatadi. X–XII asrlarga kelib
xatakin
so‘zi o‘zgarib, 
–kin
qo‘shimchasidan faqat –

harfi qolgan va urug‘ 
xatak
,
 xataki
deb atala boshlangan. Baqtriya-Toxariston va 
uning atrofidagi o‘lkalarda yashagan 
xatakilar
xalaj, karloniy va boshqa qabilalar tarkibiga kirgan.

Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish