Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Samarqand shahrining tushkunlik davri: sabablar va oqibatlar



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

Samarqand shahrining tushkunlik davri: sabablar va oqibatlar.
XVIII asr Buxoro xonligi
ayniqsa Samarqand uchun juda og‘ir kechdi. Bu bevosita ashtarxoniylar sulolasi humkronligining siyosiy 
inqirozi bilan bog‘liq edi. 1708-yilda Ubaydullaxon tomonidan amalga oshirilgan pul islohoti natijasida 
pulning qiymati tushib ketgan edi, buning natijasida xonlikdagi barcha shaharlar qatori Samarqandning 
ham iqtisodiy hayoti izdan chiqa boshladi. Taxtga Abulfayzxonning kelishi siyosiy vaziyatni battar 
chigallashtirdi: ko‘pchilik mansabdorlar tamagirlik va xalqni talash bilan mashg‘ul bo‘ldi, soliqlar miqdori 
oshdi, bekliklarning mustaqil hukmronlikka intilishlari kuchaydi, shuningdek, tashqi hujumlar jung‘orlar va 
keyinchalik Eron shohi Nodirshoh bosqinchiligi eng daxshatlisi bo‘ldi. Bu voqealarda Samarqand ahli ko‘p 
aziyat chekdi va shaharni tark etishga majbur bo‘ldi, ayrim samarqandliklar dushmanlarga asir bo‘ldi. 
Ayrim manbalarda shaharda vabo tarqalib, ko‘pchilik vafot etganligi haqida ma’lumot ham keltirilgan [2]. 
Shu sababli Samarqand o‘ziga nomunosib qiyofaga kirdi ya’ni huvillagan qarovsiz shaharga aylandi. 
Shaharning achinarli ahvoli bo‘yicha Abdurahmon Tole’, Abu Tohirxo‘ja, Humuliy kabi muarrixlar o‘z 
asarlarida bayon etganlar. XVIII asr II yarmida hokimiyat tepasiga mang‘itlar keldi. Buxoro amirligining 
birinchi humkdori Muhammad Rahimxon Samarqandni tiklashga o‘rinib ko‘rdi, shaharni suv bilan 
ta’minlagan Darg‘om kanalini tiklatdi, Hisorni egallab minglab oilani shaharga ko‘chirdi, lekin bu sezilarli 
darajada natija bermaydi, bundan tashqari hukmdorning bevaqt o‘limi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotini rivojlantirish uchun boshlangan ko‘pgina ishlar oxiriga yetmasdan qoldi. Hokimiyat mang‘itlar 
sulolasi vakili Doniyolbiy otaliq qo‘lostiga o‘tsada, Buxoro davlati tushkunlik davrini boshidan kechirishda 
davom etdi. 
Amir Shohmurod – Samarqand bunyodkori. 
Faqatgina XVIII asr oxiriga kelib, shaharning 
tiklanishiga katta e’tibor berildi va bu obodonlashtirish ishlari keyingi asrda ham davom ettirildi. 
Samarqandning tiklanishi bevosita tarixda “Amiri ma’sum” nomi bilan mashhur bo‘lgan Buxoro amiri 
Shohmurod (1785-1800 y.y.) nomi bilan bog‘liq. Mang‘itlar sulolasi hukmdorlari orasida Amir Shohmurod
o‘zbek davlatchiligi tarixida chuqur iz qoldirgan bo‘lib, mamlakat va xalq hayoti uchun zarur islohotlarni 
amalga oshirgan, amirlikda tinchlik, farovonlik va ijtimoiy adolatni o‘rnatib siyosiy barqarorlikni 
ta’minlagan edi. Amir Shohmurod o‘z hukmronligi davrida Samarqand shahriga juda katta e’tibor berib, 
ijtimoiy-iqtisodiy hayotini tiklagan. Amir Shohmurod amirlik taxtiga qadar 1780-1785 yillarda Samarqand 
shahri hokimi sifatida ushbu shaharni idora qilgan. O‘sha yillardayoq Samarqand shahrini keng qamrovli 
tiklash ishlari boshlangan edi. Shohmurod otasi Doniyolbiy otaliqning o‘limidan so‘ng Buxoro amirligi 
taxtiga chiqadi, hamda Samarqand shahrini tiklash ishlarini hukmronligining so‘ngi yillariga qadar davom 
ettiradi. 1786-yilda Amir Shohmurod kenja o‘g‘li Muhammad Husaynni Samarqand hokimi etib tayinlaydi. 
Garchi, Muhammad Husayn shaharni boshqarsada, asosiy nazorat otasining qulida edi. Amir Shohmurod 
qurilish va obodonlashtirish ishlaridan oldin Samarqand shahar tarhini chizgan. 

Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish