Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


Amir Shohmurod barpo etgan guzarlar



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

Amir Shohmurod barpo etgan guzarlar.
Ma’lumki, shaharni shahar qilgan jihat bu avvalo uning 
aholisi, aholi soniga qarab shaharning katta yohud kichikligi aniqlanadi. Shu bois Shohmurod shaharni tiklashda 
amaliy ishni dastavval shaharni aholi bilan to‘ldirishdan boshladi. Ba’zi manbalarda o‘sha vaqtda shaharda 1000 
ta xonadon istiqomat qilgani aytiladi [3]. Samarqand uchun bunday aholi soni albatta juda kam edi. Bu 


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son 
33 
muammoning yechimi uchun siyosiy sharoit ham yetilib turgandi. Gap shundaki, shaharni unga yaqin 
hududlardagi aholi hisobiga to‘ldirish mumkin edi, ammo bu ko‘pgina norozilikka sabab bo‘lishini yaxshi bilgan 
amir boshqacha yo‘l tutdi ya’ni mustaqillikka intilgan bekliklardagi aholining ma’lum qismini isyon qilgani 
uchun jazo tariqasida Samarqandga joylashtirdi. Bunga esa tabiiyki hech kim monelik qilolmas edi. Mazkur 
tadbir nafaqat Samarqandning aholiga bo‘lgan ehtiyojni bartaraf etdi, balki mang‘itlarning hokimiyatini 
mustahkamlash, mamlakatni markazlashtirish siyosatini osonroq kechishi va tinchlikni ta’minlashga xizmat 
qildi. Bundan tashqari ushbu siyosatda Amir Shohmurodning imkon qadar qon to‘kmaslikka intilishini 
ko‘rishimiz mumkin. Shunday qilib Shohmurod Samarqandda 24 ta yangi guzarni, hamda har bir guzar uchun 
alohida masjidlarni barpo ettirgan. Amir Jizzax, O‘ratepa, Yom, Xavos, Urgut, Toshkent kabi hududlarini bo‘y 
sundirgach, egallangan hududlarni itoatda saqlash, isyonlarni oldini olish, hamda shaharni to‘ldirish maqsadida u 
yerdagi aholining ma’lum qismini Samarqandga ko‘chirtirgan edi. Aholining qaysi hududdan ko‘chirib 
keltirilganligiga qarab guzarlar nomlangan, masalan Urgutiy, Toshkandiy, Yominiy, Xovasiy, Zominiy va 
hokazo.
Ko‘chirma qilib keltirilgan aholiga “oq uyli, ola bayroqli” maqomi berilgan. Buning ma’nosi shundaki, 
ko‘chirma qilingan aholi oqsoqolining uyi yoki guzarining markaziy binosi oqqa bo‘yalib, tomiga ola bayroq 
qadab qo‘yilgan. Chunki, ko‘chirma qilinganlardan tashkil topgan mahalla aholisiga amirlik tomonidan bir qator 
imtiyozlar berilgan ya’ni ma’lum muddat turli soliqlardan ozod qilingan, savdo rastalari, shahardan tashqari 
hududdan dehqonchilik uchun yerlar ajratilgan. Oq uy ola bayroq esa amir soliqchilari va boshqa turli mutasaddi 
amaldorlar uchun muayyan belgi vazifasini o‘tagan [4]. Bunda biz o‘sha davrning davlat tomonida o‘ziga xos 
ijtimoiy himoya qilishini ko‘ramiz. Ko‘chirma qilingan aholining avvalgi turmush tarzi asosan dehqonchilik 
bo‘lsada, asta–sekin hunarmandchilik, savdo–sotiq ishlari bilan ham faol shug‘ullana boshlashgan. Xususan, 
Xavoslik mahallasida hunarmandchilikning temirchilik sohasi yaxshi rivojlangan, Toshkentlik mahallasi ahli esa 
o‘z faoliyatlarini asosan savdo – sotiqqa yo‘naltirgan. Navqand qishlog‘idan ko‘chirma qilingan Xayrobod 
mahallasi aholisi kavush – maxsi, mo‘kki (tosh tavon) singari poyafzal tikish, ko‘nchilik, tikuvchilik, mayda 
savdogarchilik bilan shug‘ullangan [5]. Amir Haydar hukmronlik yillarida Samarqandda guzarlar soni 
ko‘paygan va Qalandarxona, Xayrobod, So‘zangaron, Xo‘ja Ahror kabi dahalarga bo‘lingan. XIX asr o‘rtalariga 
kelib shahar aholisining soni 30000 ga yetgan [6]. 

Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish