MRDI “San’atshunoslik”
fakulteti 069-19 guruh
“Koronavirus”
COVID 19 virusi ayni damda dunyo miqyosida "PANDEMIYA" darajasiga chiqib ulgirdi. JSST tomonidan bu virusga qarshi birgalikda kurashish kerakligi aytilmoqda. Dunyo miqyosida koronavirusdan zararlanganlar soni 1 203 485 kishini tashkil etdi, 247 001 kishi sog'aygan, 64 784 nafar kishi vafot etgan. Bu raqamlar ko'paymasligi uchun har bir yer sayyorasi aholisi gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilib o'zini izolyatsiya qilishi kerakligi aytilmoqda. Dunyoning bir qator kuchli professor virusolog olimlari tomonidan bu virusga qarshi kurashilmoqda. Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron Yevropaning bir qator davlatlati jumladan : Italiya, Ispaniya va Fransiya bu pandemiyaning asosiy o'choqlari bo'ldi.
COVID 19 Jahondagi deyarli barcha davlatlar iqtisodiga salbiy ta'sir ko'rsatdi. Musulmon olamida muqaddas ka'batullohni ziyorat qilish va Juma namozlarini o'qish vaqtincha to'xtatildi. Hatto ayrim davlatlarda qat'iy "KARANTIN" rejimi joriy qilinib aholini ko'chaga chiqmasdan uyda qolishga chaqirilmoqda. COVID 19 virusi bizning yurtimiz chegaralarini ham hatlab o'tishga allaqachon ulgurdi. Pandemiyaga qarshi davlatimiz tomonidan barcha zarur choralar ko'rilib, maxsus qarorlar qabul qilinmoqda. Bozorlar, savdo shahobchalari va markaziy ko'chalar har kuni maxsus ishchi hodimlar va texnikalar yordamida dizenfeksiya qilinmoqda. Qisqa muddat ichida shifoxonalar qurib bitkazilmoqda. Virus haqida barcha tòliq ma'lumotlar, yuqtirib olmaslik yo'llari, shahsiy gigiyena qoidalari OAV jumladan televidinya va internet tarmoqlarida 24 soat, uzluksiz omma e'tiboriga namoish qilinmoqda. Virus sababli yurtimizdagi barcha ta'lim muassasalari yopildi va zamonaviy ta'lim turlaridan biri hisoblangan masofaviy ta'lim turiga o'tkazildi. Karantin davrida oziq-ovqat mahsulotlarini narxi oshirilmasligi kuzatuv ostiga olindi.
Shukurki shunday dorul omon kunlarda xalqimiz dardiga malham bo’layotgan sahiy, qo'li ochiq, vatanparvar yurtdoshlarimiz ham oramizda bor, yo'q emas. Har bir qurbi yetgan fuqaro imkoniyati darajasida xalqimizga va yordamga muhtoj kishilarga ko'maklashmoqda.
Hozirgi kungda 250 dan ortiq vatandoshimiz bu virus bilan kurashmoqdalar. Bu raqamlar yanada ko'paymasligi uchun barchamiz karantin qoidalariga amal qilgan holda uydan chiqmasdan boshqalarga yordam berib, virusni tarqalishiga yo'l qo'ymasdan o'z hissamizni qo'shaylik. O'zimizni va yaqinlarimizni asraylik.
UYDA QOLING.
#vahimasizkarantin
OXUNJONOV JUR’ATBEK
069-19 GURUH.
Do'stlaringiz bilan baham: |