Исследование тягового электрдвигателя электровоза «Узбекистон-йўловчи»


Elektrovozlarga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash yagona tizimining asosiy turlari



Download 3,15 Mb.
bet7/14
Sana14.07.2021
Hajmi3,15 Mb.
#119295
TuriИсследование
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Disertasiya оралиқ

1.4.3. Elektrovozlarga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash yagona tizimining asosiy turlari.


Ta’mirlash – biror texnik qurilmaning yemirilish yoki biror boshqa xolatda yoqotgan xaraktiristikalari birlamchi xolatini tiklash maqsadida o’tkaziladigan texnik tadbirlar majmuyi.

Depoda xizmat ko’rsatish, ta’mirlash va ekspluatatsiya jarayonida yo’riqnomalar, buyruq va nizimlardan chetlanish nowtam xolatning yuzaga kelishiga olib keladi, natijada detall, uzel yoki butun lokomativni ishdan chiqish extimoli ko’payadi. Masalan, ishqalanuvchi yuzaga ega bo’lgan detallarga moyni tekshirilmasligi detalning batamom yemirilib tugashiga olib kelishi mumkin.Tashqi mexanik ta’sir, masalan, avariya oqibatida EXTning biror uzel yoki agregati ishdan chiqishi, natijasida jiddiy ta’sir talab qilinishi mumkin. Shu sabablarga ko’ra ta’mir – rejaviy, ya’ni ekspluatatsiya bo’yicha mexanik talablarni ko’zda tutilgan, yoki rejadan tashqari, ya’ni noshtat xolat sodir bo’lishi natijasida bo’lishi mumkin [8,12].

Elektravoz murakkab yagona texnik tizim bo’lib, unga alohida elementlar ko’p sonli uzel va agregatlarni birlashgan. Shuning uchun bu tizim yemirilishi u yoki buuzelni tashkil etuvchi har qanday elementning yemirilishini o’z ichiga oladi.Texnik tizimning ishonchli ishlashini ta’minlashuchun dastlabki resursni qayta tiklab turish lozim. Bunday tadbirlar ekspluatatsiya jarayonida texnik xizmat ko’rsatish, joriy va o’rta ta’mir ko’rinishida va zavod sharoitida capital ta’mir darajasida amalgam oshiriladi.

Lokomativni soz holda saqlash va uskunalarning yemirilishi va eskirishi oqibatida sodir bo’ladigan ishdan chiqishlarning oldini olishuchun ta’mirlashning rejali-ogohlantiruv tizimi zarur. U o’z ichiga EXTga texnik xizmat ko’rsatish va uni ta’mirlash ishlarini o’tkazishni tashkil etishni va tartibini aniqlovchi o’zaro bog’liq nizom va meyorlarni oladi. Bu tizimning afzalligini-belgilangan resursni ta’minlash va elektravoz asosiy qurilmalarini xavfsiz ekspluatatsiya qilish imkoni. Tizimning asosiy kamchiligi – belgilangan ishlar xajmini bajarishdagi xarajatning kattaligi. Sarf xarajatlarning katta bo’lishiga qaramay, xavfsizlikni yuqori darajada ta’minlash, lokomativlar parkini aniq belgilangan davr mobaynida ekspluatatsiya qilishda ish qobilyati resursini ta’minlashuchun rejaviy-ogohlantiruv ta’mirlash tizimini joriy qilish maqsadga muvofiq. Texnik xizmat ko’rsatishva ta’mirlashning amaldagi tizimi ko’p yillik EXTni ekspluatatsiya qilish amaliyoti, mutaxasislar tajribasiga asosan tuzilga bo’lib, ta’mirlash qoidalari va instruksiyalarida aks etgan. Lekin bunday yondashuvda uskunaning texnik xolatini ifodalovchi barcha omillarni qamrab olishning imkoni yo’q.Ularning ko’pchiligi tasodifiy xarakterga ega bo’lib, muayyan ekspluatatsiya sharoitlari, turli klimatik sharoitlari, yuklama rejimlarida yuzaga keladi.Buning natijasida ta’mirlar aro yurish masofasi bilan belgilanadigan lokomativlaridagi bir xil nomdagi detallarning resurslari turlicha bo’ladi.Shunga qaramay, amaldagi qoidalarga ko’ra “O’zbekiston” va “O’zbekiston-Yo’lovchi” barcha lokomativlariga bir xil ta’mirlararo yurish masofasi joriy etilgan.O’rnatilgan me’yorlardan 20% chetlashishga ruxsat berish muayyan ekspluatatsiya sharoiylarining turli-tumanligiga mos kelmaydi. Shunday xolat yuzaga kelishi mumkinki, elektravoz rejaviy ta’mirga kirganida biror bir agregatida resurs zaxirasi sezilarli bo’lsa, boshqa elektravozning xuddi o’sha agregati allaqachon o’z resursini o’tab bo’lgan va natijada rejadan tashqari ta’mirga kirgan bo’ladi. Bundan kelib chiqadiki, rejaviy – ogohlantiruv ta’mirlash davri va xajmini aniqlashning joriy uslublarini takomillashtirish va uskunalarning amaldagi texnik xolatini aniqlashga asosiy ta’mirni qaratish kerak. Shuningdek texnik xizmat ko’rsatishva tamirlash vazifasiga nafaqat ishdan chiqqan detal va agrekatlarni tiklash, balki ularni ekspluatatsiyadagi ishonchli ishlashini ham ta’minlash kerak. Faqat o’shandagina bu tizim nafaqat rejaviy, balki xaqiqiy ogohlantiruvchi bo’ladi.

Ta’mirlash turlari. Ta’mirlash amaliyotida texnik xizmat ko’rsatishva ta’mirlashning 2 ta turdagi yagona tizimi mavjud: ishlash muddatiga ko’ra va xolatiga ko’ra.

Birinchi xolatda – lokomativ ma’lum muddat ishlagach ekspluatatsiyadan chiqariladi. Bu muddat oldindan beriladi va lokomativni texnik xolatiga bog’liq emas. “O’TY” “AJ” lokomativlardan foydalanish boshqarmasi boshligi yoki depo boshlig’I tomonidan tasdiqlab o’rnatilgan amaldagi ta’mirlash tizimi shu turga kiradi, Ikkinchi turda lokomativning biror qismi ishdan chiqishi yoki shunga yaqin xolatdagina lokomativ ta’mirga kiritiladi.Ularning har birini o’ziga yarasha afzallik va kamchiliklari mavjud bo’lib, bir – biridan bajariladigan texnik diagnostikaning vazifasi bilan farq qiladi. [12,13]

Xizmat muddatiga ko’ra ta’mirlash bir nechta uskunalarning ta’mirlash bir vaqtning o’zida amalgam oshirish imkonini beradi, shu bilan lokomativning turish vaqti kamayadi. Shu bilan birga turli ko’rinishdagi ta’mirlashlarning hajmi va dasturini tuzishga zaruriy ehtiyot qismlar bilan uzluksiz ta’minlashga to’g’ri keladi.

Bu tizimning kamchiligi – reja bo’yicha amalga oshirilayotgan ta’mirlash jarayonida dasturda ta’mirlanishi ko’rsatilgan uskuna texnik xolatidan qat’iy nazar lokomativdan yechiladi va ta’mirlanadi. Normal ishlab turgan qurilmani ta’mirlash ba’zi hollarni uning texnik xolatini yomonlashuviga ham olib kelishi mumkin, chunki, yangi ishlab moslashish jarayonida ishdan chiqish ehtimoli mavjud.Bunday xolatda qo’shimcha ta’mir talab etiladi, natijada lokomativ ko’p turib qoladi.Bu xolda texnik diagnostikadan deyarli foydalanilmaydi.Eng oddiy nazorat – o’lchovi qurilmalaridan elektravozni ta’mirlash stoyliga quyishdan oldin yoki ta’mirdan keyingi sinovlarda foydalaniladi [12].

Uskunalarning texnik xolatiga ko’ra ta’mirlashda ta’mirlash amallari uskunaning texnik xolatiga ko’ra aniqlanadi.Texnik xolat o’z navbatida diagnostikaning bort qurilmalari yoki depodagi statsionar qurilmalar orqali nazorat qilinadi.Rostlash yoki almashtirish ishlari faqat nosoz uskuna aniqlangandagina amalgam oshiriladi.Uzel va detallarning asossiz almashtirilishi kamaygach, ehtiyot qismlar iqtisod bo’ladi va lokomativdan vazifasiga ko’ra foydalanish ortadi.

Texnik xizmat ko’rsatishva ta’mirlash tizimiga texnik diagnostika vositalariga joriy qilish bilangina texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning rejaviy – ogohlantiruv tizimidan ehtiyotga yoki texnik xolatga ko’ra ta’mirlash tizimiga butunlay o’tib bo’lmaydi, chunki barcha detall va uzellarni kuztib borishning iloji ham yo’q, bu maqsadga muvofiq ham emas. Lokomativning ko’pgina qism va agregatlarini ayniqsa mexanik qismlarini ta’mirlash va tiklash jarayoni ko’p vaqt va mexnat talab etadi va lokomativ ta’mirda turib qoladi, ta’mir vaqti va narxi yuqori bo’ladi. Shuning uchun biror qismining nosozligi bo’yicha tamirga kiritiladi vaqtdan foydalanib lokomotivning boshqa, xali resursini ishlab bo’lmagan, lekin shunga yaqinlashgan qismlarni ham tiklash maqsadga muvofiq.Bunday tizim faqat rejaviy – ogohlantiruvchi bo’libgina qolmay, uskunaning amaldagi holatini xisobga oladi. L

Lokomotivlarga texnik xizmat ko’rsatishva ta’mirlashda uning xolatini hisobga olishuchun har bir lokomotivning qurilmalari to’g’risida yetarli va aniq ma’lumot mavjud bo’lishi kerak [14.15]. Bunday malumotning olishning eng samarali usuli information o’lchov tizimlari, mikroprotsessorli texnika, kopyuter qo’llaniladiga texnik taftishva avtomatlashtirish ish joylari. Taftish natijasida olingan malumatlar EXM xotirasida tizimlashtirilishi va yeg’ilishi va maxsus shaklga solinishi kerakki, keyinchalik tahlil qilishga qulay bo’lsin. Taftish bo’yicha hisoblarni amalga oshirib, o’zida turli xajmdagi ta’mirlarning soni va navbati, ularda alohida bo’lgan ishlar ro’yhati, xamda ta’mirlar o’rtasidagi yurish masofasini aks ettirgan ta’mirlash siklining optimal strukturasi olinadi. Shundan keyin ishdan chiqqan yokishunga yaqin turgan detal yoki uzelning ishqobilyatini tiklashuchun ta’mirlashning 2ta turidan 1tasi tanlanadi.Birinchi tur uzelning rejadagi ta’mirlashdan ancha oldin, ya’ni, ozgina yurib ishdan chiqqan xolatda amalgam oshiriladi. Bunday xolatda ishdan chiqqan uzelni rejadan tashqari ta’mirlashva keyinchalik esa reja bo’yicha ta’mirlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Avvalroq ta’mirlangan uzelni rejaviy ta’mir dasturiga kiritmastlik noto’g’ri, chunki, keyingi rejaviy ta’mirgacha u o’z ishlash muddatini o’tab bo’ladi va ekspluatatsiya vaqtida ishdan chiqish ehtimoli ortadi. Bu esa yana ta’mirlar oraligidagi brakka olib keladi. Rejaviy ta’mirlarning o’rnatilgan tartibi buziladi vaularning texnik -iqtisodiy ko’rsatkichlari pasayadi [16]. Ikkinchi xolat – uzelning ishdan chiqishi rejaviy ta’mirga yaqin qolganda yuz beradi. Bunday xolatda birato’la rejaviy ta’mirni amalgam oshirish maqsadga muvofiq ( o’z vaqtidan 20% gacha ilgariroq). Bunga asosiy ta’mirlash siklini bajarish bilan birga ishdan chiqqan qism ham ta’mirlanadi.

Tiklashusulini tanlash faqat nosoz obyekt aniqlangandan keyingina amalgam oshiriladi. Qaysi usul rejaviy va rejadan tashqari ta’mir uchun kam harakat talab etsa, o’sha usul tanlanadi. Diagnostika natijasiga ko’ra oldindan aytish qurilayotgan uskuna o’z resursini butunlay ishlatib bo’lguncha ekspluatatsiya qilish imkonini beradi.Poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlab, lokomativlarni ishdan chiqmasdan harakatlanishini ta’minlagan xolda bu imkoniyatni amalgam oshirishuchun lokomativlarning individual ekspluatatsiya sharoitlarini hisobga olish kerak.Bu rejaviy – ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimini doirasida EXTni texnik xolatiga ko’ra ta’mirlash imkonini yaratadi.Temir yo’l transportida EXTni texnik soz xolatda saqlashuchun ta’mirlash tizimining yuqorida keltirilgan barcha turlaridan foydalaniladi.Ish samaradorligini oshirish maqsadida bu tizimlarni birga qo’llashning optimal xolatini izlash ishlari olib boriladi.Har bir tizimda muayyan ish xajmini tanlashning asosiy omillari bo’lib, zaruriy ishonchlilik, harakat xavfsizligi, ta’mirlash xarajatlarini qisqartirish, kapital kiritmalarini oqlashni ta’minlash xizmat qiladi.

Espluatatsiyada tortuvharakat tartibi uzel va agregatlari yemirilishini bir xil bo’lmaganligi va ishga yaroqli qismlar qoldiq qiymatining yuqori bo’lamganligi sababli ularning resurslarini eng yuqori zaxira bilan tiklash kapital ta’mir vaqtida amalgam oshiriladi.

Shuning uchun ishchanlik qobilyati umumiy resursini oshiruvchi maxsus ta’mir turi – xizmat muddatini oshiruvchi kapital ta’mir joriy etilib harakatdagi tarkib xizmat muddatini oshirish dolzarblik kasb etadi. Ta’mirlashning bunday usuli elektr harkat tarkibi tortuv va ekspluatatsiyon xarakteristikalarini oshiradi va rejaviy – ogohlantiruvchi ta’mirlash tizimida moddiy xarajatlarni kamaytiradi. Lokomativlarga texnik xizmat ko’rsatishvaularni ta’mirlashuslublari rejaviy ogohlantiruvchi yagona tizimi mos bo’lishi va minimal mexnat va moddiy resurslar ta’mirlash sexida turib kelish vaqti sarflangan xolda EXT dagi barcha nosozliklarni maksimal extimollik bilan aniqlash va bartaraf etishni ta’minlash kerak. Texnik xizmat ko’rsatishva ta’mirlashni amalgam oshirishning individual va agregat usullari mavjud bo’lib, ular o’z navbatida statsionar yoki oqimli shakilda amalgam oshirilishi mumkun. Individual uslub ochilganda va ta’mirlangan detal, agregat, uzellarni o’sha lokomativning o’ziga o’rnatishni ko’zda tutadi.

Agregat usulida ta’mirga kirgan lokomativga texnik zaxiraga mavjud avvaldan ta’mirlab, meyorlab qo’yilgan detal yoki uzel o’rnatiladi.Bunda ta’mirlash sexlari muayyan lokomativ uchun emas, texnologik zaxirani to’ldirishuchun ishlaydi. Agregatli usul lokomativning ta’mir turib qolish vaqtini qisqartiradi, ayniqsa yirik agregatli uslubning samarasi yuqoriki, unda yig’ilgan aravacha, elektrovoz tortuv transformatori, kompressor va shunga o’xshash yirik uzel va agregatlar butunligicha almashtiriladi. Yirik agregatning metodning sharti – detal vauzelning o’zaro almashuvganligidir. Lokomativ depolarida yirik agregatli usul joriy etish ta’mirlash brigadalari ish samaradorligini oshirish, ish sifatini yaxshilash, ta’mirlash narxini pasaytirish, kutilmagan tutilib qolishlarni bartaraf etishga olib keladi va lokomativ ta’mirdan aniq grafikka ko’ra chiqadi.

Ta’mirlash ishlarini statsionar shaklida tashkil etilsa, lokomativ ta’mirlash jarayonida ta’mir xajmi va xarakteriga mos ravishda jixozlangan joy – stoylda turadi va unga ishchilar kompleks brigadasi tomonidan o’rnatilgan texnologiya bo’yicha xizmat qo’rsatiladi.

Uzluksiz shakil dep texnik xizmat ko’rsatishva ta’mirlashning tashkil etish shunday shakilga aytiladiki, unda bajariladigan ishlar xajmi bir qancha bir turdagi va o’zaro teng mehnat sarfi talab etadigan texnologik qisimlarga bo’linadi va ularni uzluksiz liniya xosil qiluvchi maxsus jixozlangan ish joylariga – postlarga biriktiriladi. Har bir post (ish joyi) da o’zining maxsus ishchilari gurihi bo’lib, ullar muayyan mashina, agregat, aparatlarni qat’iy o’rnatilgan ko’rinishdagi ta’mirini amalga oshiradi. Agregat yoki lokomativ ta’mirlash jarayonida birinchi postdan ikkinchisiga o’tib boradi. Bu o’tish bir hil vaqt oralig’ida bajariladi vauzluksiz liniyaning amalga oshishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak: bir turdagi agregatlar soninig yetarlicha bo’lishi; mashinalar, apparatlar, uzellar, shuningdek bir turdagi ta’mirlash dasturlari bajarilayotgan ta’mirga xajm va mehnat sarfi jihatdan katta farq bo’lmasligi; o’rnatilgan ta’mirlash xajmini taxminan teng mehnat sarfi talab etiladigan bir qator postlarga taqsimlash imkoniyati;

Uzluksiz liniyaning asosiy afzalliklari: intizomga qat’iy rioya etilish, ishchi vaqtdan unumli foydalanish, ta’mirda turib qolish vaqtini kamayishi. Ishlarni postlarga taqsimlashularni zaruriy texnologik qurilmalar bilan ta’minlash, og’ir ishlarni mexanizatsiyalash imkoniyatini beradi; liniyaga doimiy biriktirilgan ishchilar berilgan ta’mir turlarini yuqoriroq sifatda bajaradi.Shuningdek, ishlarning tannarxi boshqa turdagi ta’mirga qaraganda pasayadi deponing ishlab chiqarish maydonidan foydalanish samarasi ortadi.

Uzluksiz liniya iqtisodiyligining asosiy sharti – ta’mirlash ishlarining bir turdaligi, doimiyligi va xajmining tushib ketmasligi. Aks xolda uzluksiz liniya takti buziladi, katta vaqt intervallari vujudga kelib, samaradorlik pasayadi. Texnik xizmat ko’rsatishva ta’mirlashning uzluksiz liniyasini tashkil etish agregat usuli bilan xamjihatlikda amalgam oshirilishi kerak.

Elektravoz depolari tajribasida texnik xizmat ko’rsatishva ta’mirlashning turli shakl va usliblaridan foydalaniladi. Masalan, TO – 2 va TO – 3 uchun odamda uzluksiz liniya individual ta’mirlashuslublari birga qo’llaniladi. Bu turdagi ta’mirlarning uzluksiz liniyasi 3ta pozitsiyadan iborat: birinchi pozitsiyada – EXTni tozalash va yuvish, ikkinchi pozitsiyada – ko’rik, reviziya va rostlash ,uchinchi pozitsiyada – EXTni nazorat va epikirovka ishlari bajariladi.

Ta’mirlashning statsionar va agregat usullarini depo sharoitida birga qo’llash TR, TR – 1 va TR – 2 xajmida ta’mirlarda, rejadan tashqari ta’mir va g’ildirak juftligi bandajlarini yo’nish( TO – 4 )da amalga oshiriladi. TR – 3 va SR xajmdagi ta’mirlarni bajarishda agar remont dasturi yetarlicha ( yiliga 150 tadan kam bo’lmagan elektravoz ) bo’lsa, uzluksiz ta’mir usuli tavsiya etiladi, aks xolda statsionar usul, lekin ikkala xolda ham, agregat yoki yirik agregat usuli qo’llanishi zarur. Temir yo’l tarmog’i yirik ta’mirlash korxonalarini TR va SR xajmida bajarilgan ishlar taxlili shuni ko’rsatadiki, uzluksiz liniyani hamma joyda ham qo’llab bo’lmas ekan masalan, eski boshi berk tipda qurilgan, yoki gabaritlari uzluksiz liniyani sigdira olmaydigan depolarda. Bunday xolatlarda ta’mirlash dasturi ham yetarli bo’lmaydi, shuning uchun boshi berk tipdagi va kichik ta’mirlash dasturiga ega depolarda ta’mirlash jarayoniga ta’mirlash texnologiyalaring eng yangi vositalarini , yangi qurilmalarni, masalan, ko’prikli va portal transborder va boshqalarni tadbiq etish maqsadga muvofiq.


Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish