Mehnat bozorida talab va taklif.
Bozor iktisodiyoti elementi – mehnat bozori xisoblanadi. Mamlakat axolisi daromadidan uning mehnat aktivligi kelib chikadi. Axolining daromadi kanchalik past bulsa, shuncha mehnat bozoriga axoli chikadi. Mamlakatdagi inflyasiya darajasi, iktisodiyotda kay tarzda investisiya siyosatini olib borishiga sharoit tugdiradi, bu esa uz navbatida ish joylarini yuzaga kelishiga olib keladi. Mehnat bozori sub’ektlari xarakatiga mamlakatning uziga xos xususiyatlari ta’sir kursatadi.
Mehnat bozorini tushunchasi iktisodiyotga tugri kirib kelishi, iktisodiy tizimiga mehnat munosabatlarini tugri joylashtirishni asosiy omili xisoblanadi.
Iktisodiyotdagi krizis xolatlari mehnatga bulgan talabni kiskartirishga olib keladi, bu esa yashirin ishsizlikni shakllanishiga yordam beradi.
К o’pchilik korxonalarning murakkab moliyaviy holatini hisobga olganda malakasiz arzon ishchidan foydalanish eng avvalo qo’l mehnati ishlarida manfaatli hisoblanadi. Chunki bu mexanizasiyalash xarajatlari ancha salmoqli bo’ladi. Кeyinchalik bozor munosabatlarida keskin burilishlar bo’lsa, korxonalar o’rtasida raqobat kuchayadi, bu ishlab chiqarishni mexanizasiyalash va avtomatlashtirishga olib keladi, natijada malakasiz ishchi kuchi siqib chiqariladi.
Mehnat bozori munosabatlari sub’ektlari - bular ish beruvchilar, yollanma ishchilar, ishsizlar va mehnat bozori infratuzilmasi elementlari kiradi.
Ish beruvchi mehnat bozorida ishchi kuchiga talabni, yollanma ishchilar va ishsizlar ishchi kuchi taklifini, infratuzilma elementlari bozorning ikki sub’ekti o’zaro munosabatini tashkil etadi.
O’zbekistonda bozor munosabatlari kirib kelishida bandlik tushunchasi mehnat bozorini shakllantirdi.
Mehnat bozori - bozor iqtisodiyotining ancha murakkab elementi bo’lib, bunda nafaqat ishlovchilar va ish beruvchilar qiziqishlari balki mehnat bahosi, uning tartiblanish sharoiti, eng asosiysi jamiyatning ijtimoiy - iqtisodiy holati namoyon bo’ladi.
Inflyasiya darajasi ish joylari tizimini harakatlarini o’sayotganligi yoki kamayganligi, yuqori texnologiyali ish joylari tashkil etish darajasini aniqlab beradi.
Mamlakat aholisi daromadlari uning mehnat aktivligi darajasini keltirib chiqaradi. Daromad pastligi sababli ko’p kishilar mehnat bozoriga chiqishga majbur bo’ladi.
Mehnat bozori sub’ektlariga mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari va milliy an’analari ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun Rossiya, Yaponiya, AQSh mehnat bozorlarining o’ziga xos belgilari mavjud.
Mehnat bozori ishga joylashtirishadigan, kadrlarni tayyorlaydigan, ishlamaydiganlarni moddiy qo’llab - qo’vvatlaydigan tashkilot. Mehnat bozori, mehnat birjasi, kadrlar tayyorlash markazi, bandlik xizmati, biznes markazi, tadbirkorlikni qo’llab - qo’vvatlash markazi, pensiya jamg’armalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |