Divigatel ishiga yuklamalar katta ta’sir ko’rsatadi. Motor shunday sharoitlarda ishlaydiki, motor toki va aylanish chastotasi har daqiqa o’zgarib turadi. [8]. Bu xolda u yoki bu ko’rsatgich o’z qiymatini o’zgarmas tutishi yoki tez o’zgartirishi mumkin.
1.1. Rasim. Eksplutasiya jarayonidagi elektrovoz toki va aylanish chastatasi o’zgarishiga misol.
Elektropoyezdlarga tok yuklamalari nisbatan bir maromda bo’ladi. Salt ishlash rejimi nisbatan ko’proq bo’lgani uchun elektropoyezd motorlari nisbatan kamroq qizidi.
Motorlar ishsi kuchlanish bo’yicha xam murakkab, kuchlanish o’zgarishi GOST6962-75 ga ko’ra quyidagi chegaralarda bo’lishi mumkin:
O’zgarmas tok 2000-4000 V;
O’zgaruvchan tok 19000-29000 V.
1.1.- rasm. Eksplutasiya jarayonidagi elektropoyezd toki va aylanish chastotasi o’zgarishiga misol.
Iqlim sharoitlari xam tortuv motorlari ishini og’irlashtiradi.
GOST 2582-81 ga ko’ra motorlar +40oCdan – 60 oC gacha ishlashi kerak. Xaroratning bunday keskin o’zgarishi izolyatsiyaning yemirilishiga va tez ishdan chiqishiga olib keladi. Bugungi kunda asosan 3 turdagi (V;F;N) izolyatsiyadan foydalaniladi. Tortuv motorlariga ta’sir xususida gap borarkan, dinamik ta’sirga to’xtamay bo’lmaydi. GOST 2582-81 ga ko’ra elektromashinalar tezlanishi 150 m/s2 ga yetadigan vibrassiya va zarbalar sharoitida ishlashga xisoblangan bo’lishi kerak. Xar xil turdagi osmalar uchun natijaviy tezlanish quyidagicha:
-Tayanch-o’qli -212 m/s2;
-Tayanch ramali -30 m/s2.
Bularning barchasi motorlarning qotirish qisimlarida va tok uzatish sifatida aks etadi. Tortuvchi motorlar chang va ifloslanishdan ximoyalangan bo’lishi kerak. Tortuv motorlarining bajarilishi yopiq va xisoblangan konstruksiyalarning o’rtasida yotadi, ya’ni ularning elektro qisimlari yopiq lekin chang va namdan ximoyalanmagan. Og’ir ekspluatasiya sharoitlariga qaramay so’ngi yillarda tortuv motorlarining ishonchliligini oshirish ta’sirlar orasidagi yurish vaqtini uzaytirishga erishildi [12]. Bunga quyidagilar hisobida erishildi:
-Kompensasion chulg’amni ishlab chiqish: va qo’llash;
-Ishlab chiqarishning texnologik darajasini oshirish;
-1312 markali po’lat o’rniga 2212 markali elektrotexnik po’latning qo’lanilishi elektro chidamlilikni namga qarshilikni va mexanik mustaxkamlilikni oshirish imkonini beradi.
Ko’rsatgichlarni oshirishga quyidagi tadbirlar imkon yaratdi.
-Mexanik elementlar konstruksiyalariningn takomillashtirishi (podshipnik shitlari g’altaklar aro bog’lanishlar);
-Izolyatsiyon konstruksiya va materiallarning takomillashtirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |