ISSIQLIK IZOLYASTIYASI VA AKUSTIK MATERIALLARNING ASOSIY XOSSALARI
16.1. Umumiy ma’lumotlar
Issiqlikni himoyalovchi materiallar deb atrofdagi muhitga issiqlik yo‘qotilishini kamaytirish maqsadida turar-joy va sanoat binolari, issiqlik agregatlari hamda trubaprovodlar qurishda va uning ustidan o‘ralgan materiallarga aytiladi.
16.1-rasm. Issiqlikni himoyalovchi materiallar a)-rulon shaklidagi mineral paxta; b)-plita shaklidagi mineral paxta; c)-rulon+falgali mineral paxta; d)- penoplast; e)-quvurlar izolyasiyasi uchun muljallangan penoplast; f)-devorga sepishorqali hosil qilinadigan penoplast.
Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,175 Vt(m.0C) dan yuqori bo‘lmagan (250C haroratda) qurilishmateriallari issiqlik izolyasiyasi materiallari deyiladi. Bino va konstruksiyalarni issiqlik izolyasiyasi katta miqdordagi issiqlik energiyasini tejaydi. Bundan tashqari bino devorlari qalinligi, konstruksiyalarning xususiy massasi ham mutanosib ravishda kamayadi. Qurilish tizimida 1t samarali issiqlik izolyasiyasi materiallarini ishlatish 200 t3 atrofida shartli yoqilg‘ini tejashi mumkin. Issiqlik va sovuqlik agregatlarini izolyasiyalash issiqlik va sovuqlikni yo‘qotilishini 20-50% kamaytiradi.
Binoning tashqi devorini issiqlik izolyasiyasi uchun 1 m2ga 0,64 m3 pishiq g‘isht yoki 0,32 m3 keramzit betoni, 0,14 m3 fibrolit, 0,1 m3 mineral paxta plitalari va 0,04m3 poroplastlar talab etiladi.
Issiqlik va sovuqdan izolyasiyalash, ayniqsa, quruq issiq iqlim sharoitli Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekiston xududida katta ahamiyatga egadir. Chunki, yozning jazirama kunlarida havo harorati 42-480C atrofida, qishda esa- 20-300C haroratgacha sovuq bo‘lishi bino, konstruksiyalar va agregatlarni samarali va ishonchli issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan izolyasiyalashni taqazo etadi.
Asosiy xom ashyoning turiga nisbatan issiqlik izolyasiyasi materiallari quyidagicha klassifikatsiyalanadi: mineral xom ashyo (tog‘ jinslari, shlak, kullar, shisha, asbest) asosida olinadigan noorganik materiallar; organik xom ashyo (yog‘och chiqindilari, lignin, polimerlar va boshq.) asosida olinadigan organik
materiallar.
Strukturasi bo‘yicha issiqlik izolyasiyasi materiallari tolali (mineral tolali, yog‘och tolali), donador (perlit, vermikulit, shisha va plastmassa sferalari), g‘ovak (ko‘pikplast, ko‘pikshisha, yacheykali betonlar) materiallarga bo‘linadi.
Shakli va tashqi ko‘rinishiga nisbatan issiqlik izolyasiyasi materiallari donali qattiq (plita, qobiq, segment, g‘isht, silindr) va egiluvchan (mato, shnur, eshilgan bog‘liqlar, polimer tolalar), yumshoq (paxta, jun, qamishmomig‘i, nitron tolali paxta) va sochiluvchan (perlit, vermikulit) materiallarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |