16.2. Organik issiqlikni himoyalovchi materiallar
Organik issiqlik izolyasiyasi materiallari shartli ravishda tabiiy organik xom ashyo va sintetik polimerlar asosida tayyorlangan materiallarga bo‘linadi. Organik xom ashyolarga yog‘och va uning chiqindilari, kanop poyasi, g‘o‘za poyasi, torf, qamish, bir yillik o‘simliklar, hayvon juni va boshqalar kiradi. Organik xom ashyolar asosidagi kompozitsion materiallar mineral va organik bog‘lovchilar zaminida ham tayyorlanishi mumkin. Sintetik polimerlar asosida ko‘pchitilgan (gazli,ko‘pikli) plastmassalar olish maqsadga muvofiqdir.
Yog‘och tolali plitalar - 1200...2700 mm uzunlikda, eni 1200..1700 va qalinligi 8...25 mm gacha qilib chiqariladi. Zichligi bo‘yicha ular izolyasiyali (150...200 kg/m3 ) va izolyasiyali pardozlash (250...350 kg/m3) plitalariga bo‘linadi. Izolyasiyali plitalar issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,047...0,07 Vt/(m.0C). Plitalarni egilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,4...2 MPa ni tashkil etadi. Bu plitalar devorlarni, pardadevorlarni, shiplarni, konsert zallari va teatrlarni akustik izolyasiyalash(osma shiplar va devorlarni qoplash) uchun ishlatiladi.
Fibrolit plitalar - yog‘och juni va sement xamiridan iborat massani presslash usulida bajariladi. Yog‘och juni stanoklarda yog‘och chiqindilaridan tayyorlanadi. Uning uzunligi 400...500 va eni 4...7 mm yupqa lentalar ko‘rinishiga ega. Sementli fibrolitda yog‘och juni armatura bo‘lib xizmat qiladi.
Fibrolit plitalarining uzunligi 2400 va 3000, eni 600...1200 mm va qalinligi 30-150 mm gachadir. Zichligi bo‘yicha plitalar 250 dan 500 kg/m3 gacha markalarda bo‘ladi, egilishdagi mustahkamlik chegarasida tegishlicha 0,15 dan 1,8 MPa gacha, issiqlik o‘tkazuvchanligi esa 0,08...0,1 Vt/(m.0 C) gachadir.
Sement-fibrolitli plitalar-pardadevorlar qilishda, devorlar va cherdak orayopmalarini isitish uchun foydalaniladi.
Arbolit sement, organik to‘ldirgichlar, kimyoviy qo‘shimchalar va suv aralashmasidan tayyorlanadi. Organik to‘ldirgichlar sifatida yog‘och navlarining maydalangan chiqindilaridan, maydalangan qamish, kanop yoki zig‘ir o‘zagi va shu kabilardan foydalaniladi. Arbolitdan buyumlar tayyorlash texnalogiyasi juda oddiy va organik to‘ldirgichlar tayyorlash operatsiyalarini masalan, yog‘och navlarining chiqindilarini maydalash, to‘ldirgichni sement korishmasi bilan aralashtirishdan hosil bo‘lgan aralashmani qoliplarga quyishva uni zichlash, qoliplangan buyumlarni quritishni o‘z ichiga oladi.
Arbolit zichligi 700 kg/m3 gacha, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,5...3,5 MPa gacha, issiqlik o‘tkazuvchanligi esa 0,1...0,22 Vt/(m. 0C).
Arbolitdan plitalar va panellar ko‘rinishidagi buyumlar bo‘lib, devorlar qurishda va to‘siqlar qurishda hamda qishloq binolarini orayopma va yopma qismlar yuzaga keltirishda ishlatiladi.
Torf plitalar. Tolali ko‘rinishga ega bo‘lgan torf issiqlikdan himoya qiladigan materiallar ishlab chiqarishda muhim xom-ashyodir. Torfdan asosan issiqlik izolyasiyasibop plitalar, bloklar, qobiqlar, segmentlar ko‘rinishidagi buyumlar ishlab chiqariladi. Xali chirimagan yoshyo‘sin sfagnum (oq torf) dan tayyorlanadigan torf plitalar keng ko‘lamda ishlatiladi.
Torf plitalar ikki usulda (ho‘l va quruq) ishlab chiqariladi.
Ho‘l usulda namligi 90...95 % bo‘lgan torf bo‘loklari juvali maydalagichda alohida tolalarga ajratiladi, so‘ngra pishirish qozoniga solinadi. U erda harorati 50..60 0S gacha isitiladigan suvga solinadi va aralashtiriladi. Pishirish jarayonida biologik turg‘unligini oshirishva yonuvchanligini kamaytirish uchun torf massasiga kimyoviy moddalar qo‘shiladi. Yaxshi aralashtirilgan massa suv oqadigan teshigi bo‘lgan metall qoliplarga quyiladi va gidravlik presslarda presslanadi. Plitalar zichlashtirilib bo‘lingach, ularni qolipdan chiqarmasdan, issiqlayin ishlov beriladi, bu yo‘l bilan uning tarkibidan namligi yo‘qotiladi. Torf haroratining ko‘tarilishi natijasida undan ajralib chiqqan organik moddalar torf tolalarini elimlab o‘zaro yopishtiradi.
Quruq usulda ishlab chiqarish shu bilan farq qiladiki, unda xom-ashyo sifatida dastlab 40...50 % gacha quritilgan torf ishlatiladi. Bu usul oddiy bo‘lib unda suv, yoqilg‘i, energiya kam sarflanadi.
Torf plitalar to‘g‘ri to‘rtburchaklik va parallelopiped shaklida bo‘lib, o‘lchamlari 100x50x3 sm.ga teng. Vazifasiga ko‘ra plitalar suvga chidamli va oddiy bo‘ladi. Torf plitalar devorbop material bo‘lib, uni devorga mixlab yoki neftli bitumlar yordamida yopishtirish mumkin.
Qamishplitalar - qamishpoyalarini stanoklarda presslashva ularni ruxlangan sim bilan ko‘ndalang yo‘nalishda tikishyo‘li bilan ishlab chiqariladi. Plita uzunligi 2400...2800 mm, eni 500...1500 mm, qalinligi 30...100 mm. Plitalarning zichligi 3 xil bo‘lgan markada ishlab chiqariladi: 175, 200 va 250 kg/m 3 , ularning issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,06...0,09 Vt/(m.0C), namligi massa bo‘yicha ortigi bilan 18 %.
Bu plitalardan karkas devorlari, ichki devorlar va orayopma, yopma hamda tomyopma qismlarida (turar-joy yoki jamoat binolarini) ishlatiladi.
Plastmassa asosida tayyorlangan issiqlikni himoyalovchi materiallar 2 xil bo‘ladi: penoplastlar va poroplastlar. Penoplastlar deb zichligi kichik o‘zaro tutashmagan gazlarga yoki havoga to‘lgan bo‘shliqlar yoki yacheykalar mavjud bo‘lgan g‘ovak plastmassalarga aytiladi. Poroplastlar deb tuzilishi bir-biri bilan tutashgan bo‘shliqlar bilan xarakterlanadigan serg‘ovak plastmassalarga aytiladi.
Qurilishbop namat hayvon junidan uzunligi 1000-2000 mm, eni 500-2000 mm va qalinligi 12 mm to‘g‘ri burchakli bir en mato ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Namatning zichligi 150 kgm3, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,06 Vt(m.0C) atrofida bo‘ladi. Namatni chirishdan saqlashmaq sadida antiseptik moddalar bilan ishlov beriladi. Namat devor va shiplar, deraza va eshik qutilari va boshqalarni issiqlik izolyasiyasi uchun ishlatiladi.
16.3. Neorganik issiqlikdan himoya qiluvchi materiallar
Neorganik issiqlik izolyasiyasi materiallari jumlasiga mineral paxta, shisha tolalari, peno shisha, shisha perlit va vermikulit, tarkibida asbest bo‘lgan issiqlik izolyasiyasi materiallari, g‘ovak beton va boshqalalar kiradi.
Mineral paxta - silikat eritmalaridan olinadigan tolali issiqlik izolyasiyasi materialidir. Tog‘ jinslari (ohaktosh, mergellar, dolomitlar, gilli slanetslar, bazaltlar, granitlar, dioritlar) metallurgiya sanoati chiqindilari (domna va yokilg‘i shloklari) va qurilish materiallari sanoati chiqindilari (loy va silikat g‘isht siniqlari) uni ishlab chiqarish uchun xom-ashyo hisoblanadi. Mineral paxtani ishlab chiqarish ikkita asosiy texnologik jarayonni o‘z ichiga oladi: silikat eritmani olishva bu eritmani juda ingichka tolalarga aylantirish. Silikat eritmasi vagrankalar-shaxtali eritishpechkalarida hosil kilinadi. Pechlarga mineral paxta xom-ashyo va yoqilg‘i (koks) yuklanadi. 1300...1400 0C haroratli eritma pechning pastki qismidan to‘xtovsiz chiqarib turiladi.
Eritmani mineral paxtaga aylantirishning ikkita usuli bor: puflash va markazdan qochirma. Puflash usulining mohiyati shundan iboratki,- vagranka letkasidan oqib chiqayotgan suyuqlik oqimiga suv bug‘i yoki siqilgan havo oqimi ta’sir qiladi. Markazdan qochirma usulda eritma oqimining yo‘g‘onligi 5...15 mkm va uzunligi 2...40 mm bo‘lgan juda ingichka mineral tolalarga aylantirishuchun markazdan qochirma kuchdan foydalanishga asoslangan. Mineral paxta to‘qilgan juda ingichka mineral tolalar va korolkilar deb ataladigan shishasimon qo‘shilmalar (sharchalar, silindrchalar va boshqalar)dan iborat yumshoq materialdir. Paxta tarkibida bu moddalar qancha kam bo‘lsa uning sifati shuncha yuqori bo‘ladi.
Mineral paxta mato list yoki rulon material bo‘lib, bitta yoki ikkala tomoni puxta iplar bilan tiqilgan bitumlashtirilgan qog‘oz bilan qoplangan miniral paxtadan iborat.
Zichligiga qarab mineral paxta 75,100,125,150 markalariga bo‘linadi. U olovbardoshgigroskopikligi va issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,04...0,05 Vt/ (m 0C). Uning o‘lchamlari:uzunligi 3000...5000 mm, eni 500...1000 mm, qalinligi 50...100mm.
Sintetik bog‘lovchi asosida mineral paxtadan qilingan plitalar - uzunligi 900...1800 mm eni 500...1000 mm, qalinligi 40...100 mm qilib chiqariladi. Zichligi 50, 75, 125, 175, 200, 300 markalarga bo‘linadi, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,044...0,058 Vt/ (m 0C).
Bitumli bog‘lovchi asosida mineral paxtadan qilingan plitalar. Mineral paxta tolalarini bitum emulsiyasi yoki pasta bilan aralashtirib keyin uni qoliplab hamda qoliplangan plitalarni quritib hosil qilinadi. Uni o‘lchamlari: uzunligi 1000...1500, 2000 mm, eni 500…1000 mm gacha, qalinligi 40…100 mm. Zichligiga ko‘ra plitalar 200, 250 markalarga bo‘linadi, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,06…0,076 Vt/(m.0C).
Bitumli bog‘lovchi asosida qilingan mineral paxta plitalar cherdaksiz yopmalar va orayopmalarda ishlatiladi.
Shisha paxta – eritilgan xom – ashyodan olingan tartibsiz joylashgan shisha tolalaridan iborat materialdir. Shisha eritish (kvars, qum, kalsiylashtirilgan soda va natriy sulfati) xom – ashyo shixtasi yoki shisha siniqlari shisha paxta ishlab chiqarishuchun xom – ashyo bo‘lib xizmat qiladi. shisha paxta va undan qilinadigan buyumlarni ishlab chiqarishquyidagi texnologik jarayonlardan iborat: shisha massasini 1300…..1400 0C da vannali pechlarda eritish, shisha tolalarini tayyorlash va buyumlarni qoliplashdan iborat.
Shisha tolasi suyultirilgan massadan cho‘zishyoki puflashusulida olinadi. Shisha tola shtabik (shisha tayoqchalarini eriguncha kuydirib va keyin ularni aylanadigan barabanga o‘raladigan shisha tolalari ko‘rinishida cho‘zish) va filer (suyuqlantirilgan shisha massasida tolalarni uncha katta bo‘lmagan teshiklar – fererlar orqali cho‘zish, keyinchalik uni aylanadigan barabanga o‘rash) usullarida cho‘ziladi. Puflashusulida suyuqlantirilgan shisha massa siqilgan havo yoki bug‘ oqimining ta’siri ostida sochiladi.
Vazifasiga ko‘ra to‘qimachilik va issiqlik izolyasion shisha tolasi ishlab chiqariladi. To‘qimachilik tolasining o‘rtacha diametri 3….7 mkm, issiqlikni izolyasiyalovchiniki esa 10….30 mkm. shisha pataning zichligi 75…125 kg/m3 gacha, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,04…..0,052 Vt/(m. 0C).
To‘shak va polosalar shisha ip bilan tikib mahkamlangan uzluksiz shisha tolasidan tayyorlanadi. Bu buyumlar zichligi 170 kg/m3, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,04….0,05 Vt/(m. 0C). To‘shaklar uzunligi 1000….3000, eni 200….700 va qalinligi 10…..50 mm qilib chiqariladi. Polosalar uzunligi 500…..5000 mm, eni 30…..250 mm va qalinligi 10….50 mm. Diametri 108 mm bo‘lgan truboprovodlarni himoyalashda ishlatiladi.
Ko‘pik shisha – g‘ovak tuzilishli issiqlik izolyasiyasi materialidir. Mayda to‘yilgan shisha sinig‘ining gaz hosil qiluvchi bilan (maydalangan ohaktosh) aralashmasi ko‘pik shisha buyumlar (plitalar, bloklar) ishlab chiqarish uchun xom – ashyo bo‘lib xizmat qiladi. Xom – ashyo massasi qoliplarga solib to‘ldiriladi. Va pechlarda 900 0S gacha qizdiriladi., bunda zarrachalar suyuqlanadi hamda gaz hosil qilgich parchalanadi. Ajralib chiqadigan gazlar shisha massani shishiradi, soviganda u g‘ovak tuzilishli mustahkam materialga aylanadi. Ko‘pik shishaning g‘ovakligi 80….95 %, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,09…..0,14 Vt/(m0C), zichligi 200…..600 kg/m3 gacha va siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 2….6 MPa. Uning o‘lchamlari: uzunligi 500 mm eni 400 mm, qalinligi 70…..140 mm plita ko‘rinishidagi materialdir. Ko‘pik shishadan devorlar, orayopmalar, tomyopmalar isitish qismi sifatida foydalaniladi.
Shishirilgan perlit – asosan oq rangli donalar ko‘rinishidagi yuqori darajada g‘ovak material bo‘lib, uni aylanadigan yoki shixtali pechlarda 900….1200 0C kuydirayotganda shishirtirib, perlit ko‘pik olinadi. Kuydirishjarayonida tog‘ jinsidan (perlitdan) chiqayotgan suv jadal bug‘lanib chiqib ketadi, bu esa yuqori darajada g‘ovak materal olishga olib keladi. Kuydirish jarayonida perlit hajmi 5…..12 va undan ortiq marta ortishi mumkin. shishirilgan perlitning to‘kma zichligi 250….500 kg/m3, perlit qumning zichligi 100…500 kg/m3 , issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,07….0,08 Vt/ (m. 0S). Qum va mayda toshko‘rinishidagi shishgan perlit turli – tuman issiqlik izolyasiyali buyumlar tayyorlashda engil to‘ldirgich sifatida qo‘llaniladi. Bog‘lovchi sifatida esa portlandsementdan, plastik loydan eriydigan yoki suyuq shishadan, neft bitumi, sintetik smola magnezial bog‘lovchilardan foydalaniladi.
Shishirilgan perlitdan qilingan sementli bog‘lovchi, suyuq shishali bog‘lovchi asosida tayyorlansa zavod pechlari qozonlar truboprovodlvrni organik bog‘lovchilar asosida tayyorlangan buyumlar joylashgan panellar. Mineral paxta, shisha paxta va yog‘och tolali perforatsiyalangan plitalar kiradi.
Tolali akustik plitalar mineral paxta, shisha yoki asbest tolasidan fenolformaldegid, bitum yoki kraxmal bog‘lovchi asosida tayyorlanadi.
Tovush yutuvchi plitalar issiqlik izolyasiyali plitalardan skeletining ancha bikrligi, kovaklarning parronligi va tashqi bezagi bilan farqlanadi. Plitalarning yuzasi maxsus emulsiyalar yoki elim bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi, bo‘yash purkab bajariladi. Plitalar o‘lchamlari: 300x300 dan 900x1000 mm gacha, qalinligi 15….100 mm, mineral paxta va shisha paxta plitalarining zichligi 50….250 kg/m3 , yuqori va o‘rtacha tovush yutish koeffitsient 0,5….0,8.
Do'stlaringiz bilan baham: |