16.5. Issiqlik izolyasiyasi materiallarining
asosiy xossalari
Issiqlik-fizik xossalari. Qurilish materiallarining issiqlik o‘tkazuvchanligi material skeleti, g‘ovakligiga to‘lgan havo va namlikning issiqlik o‘tkazuvchanligi funksiyasidir. Material skeleti amorf moddadan iborat bo‘lsa, kristall tuzilishdagi materialga nisbatan issiqlik oqimini kam o‘tkazadi. Material g‘ovakligida namlik yuqori bo‘lsa, issiqlik oqimi tezlashadi. shuning uchun material g‘ovakligining quruq havoga to‘lishi maqsadga muvofiqdir. Bu holatda quruq havoning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti minimal bo‘lib, 0,023 Vt(m.0C) tashkil etadi. Material g‘ovakligi suvga to‘la bo‘lsa, issiqlik o‘tkazuvchanlik havo bilan to‘lganga nisbatan 25 marta yuqori bo‘ladi (w0,58 Vt(m.0C).
Qurilish materiali g‘ovakligida suvning muzlashi issiqlik o‘tkazuvchanlikni keskin oshirada, chunki, muzning issiqlik o‘tkazuvchanligi 2,32 Vt(m.0C) tashkil etadi. Shu sababli qurilish tizimida issiqlik izolyasiyasi materiallarini namlanishdan va muzlashdan saqlash zarur.
Issiqlik o’tkazuvchanlik,Vt(m.0C)
O’rtacha zichlik, kgm3
16.3-rasm. Issiqlik izolyasiyasi materiallarining o‘rtacha zichligi va issiqlik o‘tkazuvchanligi o‘rtasida bog‘lanish. 1-noorganik materiallar; 2-organik materiallar.
Issiqlik izolyasiyasi materiallarning fizik-mexanik xossalari. Issiqlik izolyasiyasi materiallarning siqilishdagi mustahkamligi materialning yuklama (zo‘riqish) ta’sirida 10% deformatsiyalanishi bilan aniqlanadi. Bunda buyumning qalinligi 10% o‘zgaradi.
Materialning siqiluvchanligi muayyan yuklama ta’sirida qalinligini o‘zgartirish qobiliyatiga aytiladi. Siqiluvchanligi jihatidan materiallar quyidagicha tavsiflanadi: yumshoq M-deformatsiyalanish30% yuqori; yarim bikr PJ-deformatsiyalanish6-30%; bikr J-deformatsiyalanishko‘pi bilan 6%.
Siqiluvchanlik 0,002 MPa solishtirma yuklama ta’sirida siqilishdan hosil bo‘lgan deformatsiya bilan izohlanadi.
Issiqlik izolyasiyasi materiallarining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,2-2,5 MPa atrofida bo‘ladi. Tolali materiallar (plitalar, qobiqlar, segmentlar) mustahkamligi asosan egilishdagi mustahkamlik chegarasi bilan belgilanadi.
Noorganik materiallarning egilishdagi mustahkamligi 0,15-0,5 MPa, yog‘och tolali pressmateriallarniki esa 0,4-2 MPa bo‘ladi. Mineral tolali paxta, shisha tolali paxta, asbest karton kabi egiluvchan issiqlik izolyasiyasi materiallari cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi bilan xarakterlanadi.
Issiqlik izolyasiyasi materiallarining mustahkamligi bog‘lovchining turiga, tayyorlashtexnologiyasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ularning mustahkamligi tashish, saqlash, montaj qilish va ishlatilish davrida butunligini kafolatlashi kerak. Issiqlik izolyasiyasi materiallarining suv shimuvchanligi juda katta oraliqda o‘zgaradi. Masalan, o‘ta yengil penoplastlarning massa bo‘yicha suv shimuvchanligi hususiy massasiga nisbatan 20-40 marta katta bo‘lishi mumkin. Material g‘ovaklari yopiq bo‘lsa, suv shimuvchanligi kam bo‘ladi. Materiallarning suv shimishi issiqlik izolyasiyasi xususiyatlarini keskin kamaytiradi va shu bilan birga mustahkamligini pasaytiradi.
Ularning suv shimuvchanligini kamaytirishmaqsadida tarkibiga gidrofobizatsiyalovchi qo‘shimchalar qo‘shish, yuzasini gidroizolyasion materiallar bilan qoplashva zichlashtiruvchi moddalarni yuzaki (5-10mm) shimdirish va boshqa usullarni qo‘llash mumkin.
Binolar qurilishida issiqlik izolyasiyasi materiallarining ishlatilishi xonalarni devorlar orqali tabiiy shamollashiga qarshilik qilmaydi. Turar joy binolarida devorlar va to‘suvchi konstruksiyalar gaz va havo o‘tkazuvchan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Namlik yuqori bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lgan sanoat binolari issiqlik izolyasiyasi materiallari bilan qoplanganda xonaning ichki tomonidan kafolatli gidroizolyasiya vositalari bilan himoyalanishi kerak. Issiqlik izolyasiyasi materiallari yonuvchanligi 800-8500C haroratda 20 daqiqa davomida ushlab turib aniqlanadi.
Har bir material uchun ishlatishruxsat etilgan harorat belgilangan bo‘lib, ushbu chegaradan yuqori haroratda buyumlarning fizik-mexanik xossalari o‘zgarishi mumkin. Yonadigan materiallar ishlatilganda ularni yonishdan saqlashchora-tadbirlarini ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |