Issiqlik izolyastiyasi va akustik materiallarning asosiy



Download 1 Mb.
bet6/7
Sana16.05.2023
Hajmi1 Mb.
#939195
1   2   3   4   5   6   7
16.6. Akustik materiallar.
Hozirgi kunda shahar va boshqa aholi yashaydigan joylarda shovqin darajasi ortib bormoqda. Sershovqinlik inson asab sistemasini hayajonlanishiga va kasallanishiga olib keladi. Shovqinlarni inson organizmiga zararini kamaytirish asosiy sotsial masalalardan hisoblanadi. Inson qulog‘i orqali 16-20000 Gs chastotali tovushlarni qabul qiladi, 1500-3000 Gs chastotali tovushlarni esa hayajonlanib sezgirlik bilan eshitadi.
Havodagi shovqinlar asosan shamolning turli predmetlarga urilishidan hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan shovqin binolar to‘siq konstruksiyalariga urilib, xona ichida turli chastotadagi shovqinlarni vujudga keltiradi. shovqin xonalardagi devor qoplamalari va boshqa predmetga yutiladi yoki qaytariladi.
Zarbiy shovqinlar to‘siq konstruksiyalarida tebranish, titratish, zarb bilan urilish(kuchli shamol ta’sirida) va shu kabi omillar ta’sirida hosil bo‘ladi va tarqaladi.
Tovush bosimi darajasi shovqinlarni ruxsat etilgan darajasini bildiradi va “Qurilishme’yorlari va qoidalari” da (QMQ) belgilanadi. Tovushbosimi turli chastotalarda detsibellarda (dB) o‘lchanadi.QMQ da ruxsat etilgan shovqin darajasi quyidagicha: odamlar gaplashishi zarur bo‘lgan ishlab chiqarishxonalarida 80-85 dB, ma’muriy binolarda 38-71 dB, kasalxona va dam olish uylarida 13-51 dB.
Qurilish materiallari va buyumlari akustik xossalari tovush yutish koeffitsientining o‘rtacha arifmetik miqdori bilan ifodalanadi (16.1-jadval). Tovushyutuvchi materiallar strukturasi jixatidan quyidagicha bo‘ladi: g‘ovak-tolasimon (mineral paxta, shisha paxta), g‘ovak-yacheykali (yacheykali beton, perlit), g‘ovak-gubkasimon (ko‘pikplast, rezina, kauchuk).
Akustik materiallar nisbiy siqilishi bo‘yicha qattiq, bikr, yarim bikr va yumshoq skeletli turlarda bo‘ladi. Yarim bikr va yumshoq akustik materiallar o‘zininig xususiy elastik deformatsiyasi hisobiga tovushni ko‘proq yutish xususiyatiga ega bo‘ladi.
16.1-jadval
Chastotalar klassifikatsiyasi

Chastota diapazoni nomi

Chastota diapazoni belgisi

Chastotalar o‘rtacha arifmetik miqdori, Gs

Past chastotali

N

63; 125; 250

O‘rtacha chastotali

S

500; 1000

Yuqori chastotali

V

2000; 4000; 8000

Bikr akustik materiallarga yengil betonlar, fibrolit, ksilolit va h.k. kiradi.


Mineral paxta, shisha paxta va polimer asosidagi plitalar, yog‘och-tolali plitalar va tarkibida asbest bo‘lgan materiallar yarim bikr skeletli buyumlar sanaladi.
Poliuretan poroplasti, polivinilxlorid, ko‘pikplastlar yumshoq skeletli akustik materiallar qatoriga kiradi.
Akustik materiallar olovga munosabati jihatidan yonmaydigan, qiyin yonadigan va yonadigan materiallarga bo‘linadi.
Akustik materiallar shakliga va ko‘rinishiga nisbatan donali (bloklar, plitalar), o‘rama (matlar, polosali qistirmalar), titilgan (paxta, o‘simlik momig‘i) va sochiluvchan (keramzit, vermikulit, perlit, domna shlaki). Akustik materiallar namli va biologik aktiv muhitlarga bardoshli va sanitariya-gigiena talablarini qoniqtirishi maqsadga muvofiqdir. Akustik materiallar va buyumlarni ishlatilishsohasiga ko‘ra, strukturasi va xossalariga nisbatan tovush yutuvchi va tovushizolyasiyasi turlariga bo‘lishmumkin.
Tovush yutuvchi materiallar va buyumlar jamoat va sanoat binolarida shovqinni kamaytirishuchun ishlatiladi. Ular kino-konsert zallari, auditoriyalar, tele va radiostudiya xonalarida maxsus akustik sharoit yaratish, shovqin hosil qilib ishlaydigan uskunalar shovqinini kamaytirish maqsadida tovush yutuvchi konstruksiyalar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Materiallarning tovush yutish xususiyati -tovush yutish koeffitsienti bilan baholanadi. Tovush yutishk oeffitsienti material yuzasi orqali yutilgan, ya’ni qaytarilmagan tovush energiyasini Eyum, vaqt birligida materialga to‘g‘ri keladigan tovush energiyasi umumiy miqdoriga Etushnisbati bilan o‘lchanadi,
=Eyum : Etush
Bir jinsli tovush yutuvchi (g‘ovak) materialda tovush energiyasi qovushoq ishqalanish natijasida energiyasini yo‘qotish, g‘ovak devorlari va havo o‘rtasidagi issiqlik almashinuvi, ideal bo‘lmagan elastik skeletda hosil bo‘ladigan relaksatsiya jarayonlari tufayli yutiladi.
Tovush yutish koeffitsientini maxsus kamera yoki interferometr asbobi yordamida aniqlanadi. Tovush yutish koeffitsienti tovush tutish burchagi chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. Materialning tovush yutishi g‘ovak strukturasiga bog‘liq bo‘lib, g‘ovaklikning hajmi va g‘ovaklarning o‘zaro tutashganligi katta axamiyatga egadir. Shuning uchun tovush yutuvchi materiallar ochiq g‘ovakli, rivojlangan tarmoqli tutashgan g‘ovakli holda ishlab chiqarilishi maqsadga muvofiqdir. G‘ovaklar optimal o‘lchami 0,1-1mm. Yirik g‘ovaklar past chastotali tovushlarni yutadi. Akustik materialning namlanishi barcha chastota diapazonlari bo‘yicha tovush yutish koeffitsientini kamaytiradi.
Tovush yutuvchi materiallar chastota diapazonlarida tovush yutish koeffitsienti bo‘yicha klasslarga bo‘linadi: birinchi klass-0,8 dan yuqori, ikkinchi-0,8 dan 0,4 gacha va uchinchi klass-0,4 dan 0,2 gacha. Samarali tovushyutuvchi materiallarga mineral va shisha tolali plitalar, gips asosidagi buyumlar misol bo‘ladi.
Tolali akustik plitalar mineral paxta, shisha paxta, asbest tolasi va fenolformaldegid polimeri, bitum, polivinilatsetat emulsiyasi bog‘lovchilari asosida tayyorlanadi.Qoliplangan buyumlar ozgina yuk ostida zichlashtiriladi va issiqlik bilan ishlov beriladi. Keyinchalik buyumga mexanik ishlov beriladi va bezak qatlami qoplanadi. Plitalar yuzasi tarnovsimon, g‘alviraksimon, perforatsiyalangan, bo‘rtma va boshqa turdagi fakturali bo‘lishi mumkin. Plitalarning o‘lchami 300x300 dan 900x1000 mm gacha, qalinligi 15-100 mm. Mineral paxta va shisha paxta plitalarning o‘rtacha zichligi 50-250 kgm3, tovushyutishkoeffitsienti 0,5-0,8. Ular asosan jamoat binolarini shovqindan saqlash maqsadida ishlatiladi.
Yog‘och tolali plitalar perforatsiyalangan yoki ariqchalar ochilib bezatilgan holda ishlab chiqariladi. Plitalar o‘ng yuzasi elimli yoki sintetik bo‘yoqlar bilan pardozlanadi. Ular 1200x1200 mm dan 3000x1700 mm gacha, qalinligi 2-25 mm o‘lchamlarda ishlab chiqariladi.
Plitalarning o‘rtacha zichligi 200-250 kgm3, tovush yutish koeffitsienti kamida 0,3-0,4. YOg‘och tolali plitalar akustik va bezak materiallar sifatida jamoat va madaniy-maishiy binolar ichini pardozlash uchun ishlatiladi.
Gazsilikatbeton asosida tovushyutuvchi plitalar va “Silakpor” tipidagi samarali plitkalar ishlab chiqariladi. “Silakpor”ning tovush yutish koeffitsienti 0,6-0,8, o‘rtacha zichligi 350-500 kgm3 atrofida, siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,1 MPa.
Akminit va akmigran plitalar – kraxmal bog‘lovchi asosida mineral yoki shisha paxta granullaridan tayyorlanadigan tovush yutadigan pardozlash materiali hisoblanadi. Plitalar ishlab chiqarish texnologik protsessi mineral paxtani yumshatish va granullash, olingan granullarni kraxmal bog‘lovchi eritmasi bilan aralashtirish, qoliplash, quritishva mexanik usulda ishlash (jilvirlash, toretslash), shuningdek keyinchalik bo‘yash va qaqlashdan iborat. Plitalar 300x300x20 mm o‘lchamli qilib chiqariladi.ularning zichligi 320…360 kg/m3, tovush yutish koeffitsienti 0,2…0,8. plitalarning o‘ng tomoni (bo‘yalgan) nuragan ohaktoshga o‘xshatib ishlangan, yo‘naltirilgan darzlar ko‘rinishiga ega.
Akminit va akmigran plitalar nisbiy namligi 70 – 80 % bo‘lgan jamoat binolari ichki xonalari ship va devorlarining tovushyutuchi dekorativ qoplamalari uchun mo‘ljallangan.
Tovush yutishni kuchaytirish uchun yog‘och tolali plitalardan ularni qalinligining 1/2…1/3 gacha chuqurlikda ariqchalar ochiladi yohud perforatsiyalanadi, bu esa plitalarga dekorativ tashqi ko‘rinish beradi. Plitalarning sirti yoki sintetik bo‘yoqni purkab bo‘yaladi. Plitalarning o‘lchami 1200x1200 dan 3000x1700 mm gacha qalinligi 2…25 mm qilib chiqariladi. Zichligi 200…250 kg/m3 , tovush yutish koeffitsiyenti 0,3…0,4.
Perforatsiyalangan akustik materiallarga mineral paxta, shisha paxta to‘shaklar, penopoliuretan tipidagi g‘ovakli materiallar asosidagi qoplamali buyumlar va konstruksiyalar kiradi. Akustik material tashqi tomondan perforatsiyalangan po‘lat listlar, gips plitalar va boshqa ekran hosil qiluvchi buyumlar bilan yopiladi. Ular gigiena talablariga javob beradi, olovbardosh yoki qiyin yonadi, pardozbop, oson tozalanadi. Bunday akustik plitalar jamoat va madaniy-maishiy binolarning shiplari va devorlarini bezash uchun ishlatiladi.
Akustik material namligining ortishi buyumni chiritadi, tovush uchun akustik materiallarni tashishda, saqlashda va ishlatishda suv va nam muhitdan saqlash maqsadga muvofiqdir.
Sintetik bog‘lovchilar, shisha tola yoki o‘ta ingichka shisha tolali shtapel asosida -600C dan 4500C gacha haroratga bardoshli maxsus tovush yutuvchi materiallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish