Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi» kafedrasi


-MA’RUZA KARYERLAR BORTLARI TURG‘UNLIGINING



Download 5,28 Mb.
bet36/107
Sana01.07.2022
Hajmi5,28 Mb.
#727593
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107
Bog'liq
O\'UM ГЕОМЕХАНИКА lotin

21-MA’RUZA


KARYERLAR BORTLARI TURG‘UNLIGINING
TEXNOGEN (KON-TEXNIKAVIY) OMILLARI.


Reja:
1. Karyerning geometrik parametrlari Karyerlar bortlarining turg‘unligi sifatida.
2. Tog‘ jinslari massivini zichlashtirish omillari va konni ochish usuli.
3. Qazish tizimi va kon ishlari rejimining bortlar pog‘onalari va bortlarining turg‘unligigi ta’siri.
4. Qо‘llaniladigan kon-transport jihozlarining qiyaliklar turg‘unligiga ta’sir kо‘rsatishi.

Kon ishlarini olib borish texnikasi va texnologiyasi massivlarning holatiga va turg‘unlik sharoitlariga ta’sir kо‘rsatuvchi bir guruh asosiy omillarni belgilab beradi: Karyerlarning geometrik parametrlari, tog‘ jinslari massivining zichlashuvi, konni ochish usullari, qazish tizimi va kon ishlari rejimi, qо‘llaniladigan kon-transport jihozlari.
Karyerning geometrik parametrlari. Konlarni ochiq usulda qaziganda turli konfiguratsiyadagi Karyerlar uchraydi. Rejada va qirqimlarda ular bortlarining shakli tо‘g‘ri chiziqli (yassi), egilgan, bо‘rtib chiqqan va tо‘g‘ri chiziqli va egri chiziqli usoattkalarning kombinatsiyalangan birlashuvi.
О‘tkazilgan tadqiqotlar Rejada egilgan shakldagi Karyerlar bortlari turg‘unligi bо‘yicha eng yaxshi qulay sharoitlarga ega, qirqimdagi qiyaliklarning shakli esa (profil) bortning umumiy turg‘unligiga deyarli ta’sir kо‘rsatmasligini, biroq muhim texnologik ahamiyatga ega ekanligini kо‘rsatdi. Qiyaliklarning (bortlarning) turg‘unligiga ta’sir kо‘rsatuvchi asosiy parametrlar – ularning balandligi va qiyalik burchagidir. Boshqa teng sharoitlarda ushbu parametrlar va deformatsion hodisalar jadalligi о‘rtasida tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘liqlik mavjud.
Pog‘onalarning balandligi unchalik katta bо‘lmaganda yassi burchaklar qabо‘l qilinganda bortlar deformatsiyasiga yо‘l qо‘ymaslik mumkin, biroq bunday holatda ochish ishlarining hajmi va foydali qazilmaning tannarxi oshadi. Ularning balandligi va bortlar qiyalik burchagi kattalashganda esa, Karyer ishining iqtisodiy kо‘rsatgichlari yaxshilanadi, avariyasiz ishlashi kafolatlanadi. Shuning uchun qiyaliklar parametrlari minimal zaruriy zahira koyeffitsiyenti bilan hisoblar asosida qabо‘l qilinadi.
Tog‘ jinslari massivining zichlashuvi. Foydali qazilmalar konlarini ochiq usulda qaziganda tog‘ jinslarining massivlari qalinlik yuqorisida yotgan bosimdan bо‘shaydi, natijada ularning tabiiy kuchlangan holati о‘zgaradi va Karyer atrofida zichlashtirish zonasi shakllanadi. Tog‘ jinsini о‘yish jarayonida geostatik kuchlanish va tektonik kuchlar ta’siri ostida tо‘Rejaib boradigan tarang energiya sekin-asta bо‘shab boradi. Ushbu energiya, tektonik darzlar, shamllatish darzlarini ochish va yangilarining paydo bо‘lishi hisobiga bortli va tubli pog‘ona darzlarini hosil qilib, zichlashuv zonasidagi massivning deformatsiyadanishiga sarflanadi.
Va zichlashtuv natijasida katta davomiylikning susayish yuzalari shakllanadi, bо‘shash zonalarida siljishga tog‘ jinslarining qarshiligi pasayadi, Karyer borti va tubi siljiydi.
Karyerning chuqurlashib borishi bilan zichlashuv jarayonlarining jadalligiham о‘sib boradi, va bunda bortlar yuzalarining ustki qismi pastga qarab siljiydi, pastki qismi va tubi esa – yuqoriga va о‘qish tomonga siljib boradi.
Tog‘ jinslarining zichlashish jarayoni etarli darajada о‘rganlmagan, biroq uni hisobga olmasdan chuqur Karyerlar bortlari turg‘unligi bо‘yicha masalalarni echish mumkin emas.
Konlarni ochish usullari. Deformatsiyalarning rivojlanishi massivning buzilish jihatidan turli tumanligini hisobga olmasdan Karyer konturiga nisbatan ochiladigan lahimlarning holatiga bog‘liq. Ochiladigan lahimlar qо‘yilganda, transheya bortlaridagi tog‘ jinslari qatlamlarining о‘pirilishi belgilab beruvchi hisoblanadi.
Ochiladigan lahimlar odatda uzoq xizmat qilish muddatiga ega bо‘ladi (kо‘pina konga ishlov berilgunga qadar) va massivda susayish yuzalariga mо‘ljalni va tog‘ jinslarining uzoq vaqtli pishiqligi hisobga olingan holda loyihanadi.
Qazish tizimi va kon ishlari rejimi. Qazish tizimi va kon ishlari rejimining Karyerlar pog‘onalari va bortlarining turg‘unligiga ta’siri kо‘plab omillarga bog‘liq bо‘lib, ularning asosiysi – kon ishlarini olib borish yо‘nalishi (Rejada va vertikali bо‘yicha): qiyaliklarning turish vaqti ularning yuzalarini yangilamasdan: jinslarni yumshatish usuli: ochiq jinslar uyimlarini joylashtirish: er osti kon lahimlarining ta’siri.

Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish