Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali «konchilik ishi» kafedrasi


-MA’RUZA TOG‘ JINSLARI MASSIVLARINING



Download 5,28 Mb.
bet38/107
Sana01.07.2022
Hajmi5,28 Mb.
#727593
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107
Bog'liq
O\'UM ГЕОМЕХАНИКА lotin

22-MA’RUZA


TOG‘ JINSLARI MASSIVLARINING
FILTRATSION DEFORMATSIYALARI


Reja:
1. Mexaniqaviy suffoziya haqida umumiy tushunchalar va uning yuzaga kelish sabablarini о‘rganish.
2. Tog‘ jinslari massivida oqovalar va quyuq oqovalar deformatsiyalarini о‘rganish.
3. Kimyoviy suffoziya, qiyaliklarning о‘tirishi va eroziyasi deformatsiyalarini kо‘rib chiqish.

Ochiq usulda qazish ishlari amaliyotida kо‘pincha qiyaliklar va Karyerlar bortlarining filtratsion deformatsiyalar kuzatiladi. Bunday hollarda ularning tavsifini va turini belgilab beruvchi asosiy omillar er osti va er usti suvlari hisoblanadi. Bunday deformatsiyalar filtratsion nomini olgan. Ularga: mexaniqaviy suffoziya, oqova, hovurak, kimyoviy suffoziya (karst), о‘tirish, qiyaliklar eroziyasi kiradi.
Mexaniqaviy suffoziya – bu filtratsion oqim bilan qumli tog‘ jinslari massividan mayda zarrachlarni olib chiqish va bо‘shliqlar (g‘orlar, kanallar, chuqurlar) hosil qilishi. Keyinchalik mazkur holat pog‘onaning ustki maydonlarida va Karyerlarning bortlarida voronkalar va о‘pirmalar, pastki qismida esa – ingichka va mayda donachali materiallardan hovurak konuslarining paydo bо‘lishiga olib kelishi mumkin.
Karyerlar bortlarida suffoziya qiyalik burchagi 250 ortiq, ulanish koyeffitsiyenti 0,06 APa va quvvati 3 m ortiq bо‘lgan suv tashuvchi gorizontlarda kesilgan suvga chidamli ochiq qumli jinslar mavjud bо‘lganda ma’lum о‘lchamlarda rivojlanishga qodir. Kuchli suffoziyalar suv bosgan qiyaliklarda, masalan er asboblari bilan ochish ishlarini olib borganda namoyon bо‘ladi (1-rasm.
Suffozion jarayonlar namoyon bо‘lishi uchun muhim sharoit – qumlarning turli xil granulometrik tarkibi va er osti suvlari oqiining katta gradiyenti hisoblanadi. suffozining faollashuvi qumlarning turli xil koyeffitsiyentlarida Kn=d60/d10 bunda d60 va d10 – zarrachalar diametrlari, ulardan kam tarkibda mazkur jinsda butun massaga nisbatan 60% va 10% zarrachalari tarkib topgan, gradiyent bosimi 1 0,8.
Suffozion deformatsiyalarning boshia turi - tabiiy yoriqqa ega bо‘lgan zaif sementlangan jinslarda rivojlanishi mumkin bо‘lgan yoriqlar bо‘ylab zarrachalarning filtratsion olib chiqlishi. Mazkur jarayon erozion tusga ega. Qiyalik burchagining qanchalik nishab bо‘lsa, erozion muvozanat profili shunchalik ravishda hosil bо‘ladi va zarrachalarning olib chiqilish jarayoni tezroq sznadi. V.A.Mironenkoning KMAdagi Lebedinsk Karyeridagi kuzatuvlari qiyalik burchagi 250 ortiq bо‘lmagan bort usoat t kalarida zarrachalarning yoriqlar bо‘ylab olib chiqilishi tezroq tugagan.
Tikroq qiyaliklarda esa kon massividan zarrachalarni olib chiqish tezroq rivojlangan va qiyalikdan 100…150 m.gacha masofada о‘pirilma voronkalar bilan kuzatiladigan er osti bо‘shliqlarini hosil qilgan.
Oqova – bu jins zarrachalarining siqib turish oralig‘i doirasida yon bag‘irga oqib tushadigan er osti suvlari bilan kо‘chirilishi va qayta tо‘plashi.
Oqovaning quyidagi shakllari mavjud: qumli tog‘ jinslari yon bag‘irlaridagi mahalliy; loyli tog‘ jinslari yon bag‘irlaridagi mahalliy; “haqiqiy” quyuq oqovalarni ochib beruvchi, yon bag‘irlardagi yalpi, va dinamik ta’sir ostida qumli tg‘ jinslari yon bag‘irlaridagi yalpi oqova.
Karyerlarning ishchi bortlaridagi qumlarning mahalliy oqovalari ochish uskunalari ishida qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, chunki oquvchan qumning zonasi oqova tillarining uzunligi 25 m.gacha keng hoshiyani egallab oladi.
Oqova deformatsiyalarining rifojlanish xususiyati kо‘plab omillarga, shu jumladan qiyalikning geologik tuzilishiga ham bog‘liq (2-rasm). Oqova tillarining uzunligini oddiy holatda V.M.Shestakov uslubi bо‘yicha aniqlash mumkin:
Ic,
bunda - qiyalikda er osti suvlarining sirqish oralig‘ining balandligi, m;
;
Ic – oqova zonasining о‘rtacha nishabligi, - er osti suvlarining solishtirma xarajatiga qarab nishabi bо‘yicha oqadigan oqimning ta’sirini aks ettiruvchi, va sm qum donachalari о‘rtacha diametrining kattaligi. bо‘lsa u quyidagini tashkil etadi:


0 20 50 100 150 200


1 0.75 0.49 .0,3 0,21 0.16


bо‘lsa, u quyidagi qiymatlarga ega bо‘ladi:


0 2 5 10 15


1 0.91 0.66 0.31 0.16

Sirqish oralig‘ining balandligi quyidagi formula bо‘yicha hisoblanadi:


,
bundak –filtratsiya koyeffitsiyenti, m/sut: m – quyidagi ifodadan aniqlanadigan qiyalikning hisobli joylashuvi


.
Qumlar oqovasi qiyalik ustki qismining tо‘kilishiga olib keladi. Tо‘kilish zonasining eni
,
bunda N – qiyalik balandligi, m.
Oqovalanish jarayoni, agar qiyalik oldida oqova tilini joylashtirish uchun mavjud maydo bо‘lgandagina nisbatan bir tekis bо‘ladi. Agar suv tirgagi 2.b-rasmda kо‘rsatilgandek kesib tashlangan bо‘lsa, unda oqova о‘sib boradi, va bu qiyalikning murakkab deformatsiyalariga olib keladi. Oquvchan qumlarda qatlam mavjud bо‘lsa, qiyalik asosida kо‘chkilar yoki buzilishlar paydo bо‘lishi mumkin (2.v-rasm).
Loyli jinslardan tuzilgan qiyaliklardagi mahalliy oqova ularning keskin qayta namlanishiga bog‘liq (masalan, uzoq muddali yomg‘irlarda). Bunday qiyaliklarning oqovalanish imkoniyati oquvchanlik doirasida , ya’ni bо‘lganda namlikdan oshib ketadigan loyli jinslarning W namligida yuzaga keladi.
N.N. Maslovning ma’lumotlariga kо‘ra, qiyalikning kritik burchagi , bunda - oquvchan massaning ichqi ishqalanishi. Mazkur burchak odatda 2—6 grad oralig‘ida bо‘lganligi sababli, qayta namlangan loyli jinslarning oqovalanishi qiyaliklar burchaklari kichik burchaklarda joylashganda sodir bо‘lishi mumkin.
Oqovaning eng xavfli turi – “haqiqiy” yoki faol quyuq oqovalarni ochib beradigan qiyaliklarning yalpi oqovasi.

Download 5,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish