Quyosh elementlarining asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi:
Qisqa tutashuv toki – I
Salt yurish kuchlanishi – V
To‘ldirish koeffitsienti – FF
Foydali ish koeffitsienti.
Quyosh elementining volt – amper xarakteristikasi qorong‘idagi diodning volt – amper xarakteristikasini va quyosh elementlarining yorug‘lik superpozitsiyasini ifoda etadi.Yorug‘lik ta’srida volt – amper xarakteristika pastga foydali quvvat bo‘lgan to‘rtinchi chorakga siljiydi. Quyosh elementlarini yoritish yorug‘lik tokini qorong‘ulik tokiga qo‘shadi va diod tenglamasi:
I =
ko‘rinishini oladi. Bu yerda – to‘yinishning qorong‘ulik toki, I – yorug‘lik toki.
Quyosh energiyasini elektr energiyasiga to’g’ridan-to’g’ri aylantirish
Quyosh energiyasini elektr energiyasiga to’g’ridan-to’g’ri aylantirishning termoelektrik, fotoelekrik va fotogalvanik usullari mavjud bo’lib, ularning ichida fotogalvanik usul yaxshi o’rganilgan emas. Ma’lumki, materiallarda erkin elektronlar mavjud bo’lib, ular musbat ion aatrofida xaotik ravishda harakar qiladi, metalning o’zi esa elektr jihatdan neytral hisoblanadi. Agar bir yoki bir necha elektron sirtidan tashqi muhitga (vakuumga) chiqsa, metal sirti bilan muhit orasida potensiallar ayirmasi Δϕ hosil bo’ladi. Elektron zaryadi (e) ni bu potensiallar ayirmasi Δϕ ga ko’paytmasi elektronning chiqish ishi deb ataladi.
A = e Δϕ yoki J
Har xil metallardagi electron chiqishi ishi har xil bo’ladi. Bu ish ko’pincha joullardan yoki electron voltlardan o’lchanadi. Ba’zi metallar uchun chiqish ishining son qiymatlarini keltiramiz:
Modda
Chiqish ishi, eV
Modda
Chiqish ishi, eV
Alyuminiy
4.25
Osmiy
4.7
Bariy
2.49
Platina
5.32
Bariy oksid (II)
4.6
Qalay
4.38
Berilliy
3.92
Qo’rg’oshin
4.0
Chiqish ishlari har xil bo’lgan ikki metal bir-biri bilan payvandlanganda elektronlar diffuziyasi hisobiga kontrakt potensiallar ayirmasi hosil bo’ladi. Agar kontakt joyi qizdirilsa, elektronlar diffuziyasi ortadi va kontakt potensiallar ayirmasi ham kattalashadi.
Agar uchlari payvandlangan ikkita har xil metal simlarni galvanometrga ulab, kontaktlardan birini sovuq holatga qoldirib, ikkinchisi isitilsa, zanjirda elektr toki hosil bo’ladi. Bu hodisani birinchi marta nemis olimi Zeyebek kuzatgan bo’lib, termoelekrik effect yoki “Zeyebek effekti” deb yuritiladi.
Soha olimlari haqida
Asrimizning 30-yillarida akademik A.F.Ioffe termogeneratorlardan quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirish masalasini taklif etgan bo’lsa, 1941 – yilga kelib u shunday termogeneratorni ishlab chiqdi. Quyosh termoelekrogeneratorlari asosan quyosh kontsentratori va termobatareyadan tashkil topgan.
Quyosh energiyasini fotoelektrik qurilmalar yordamida elektr energiyasiga aylantirishda muxim bo‘lgan parametrlarni aniq belgilab olinadi. Bu parametrlar qisqa tutashuv toki – I , salt yurish kuchlanishi – V, To‘ldirish koeffitsienti – FF, Foydali ish koeffitsientidir. Demak, xulosa qilib shuni aytish kerakki quyosh elementi parametrlarini o‘rganish ularning samaradorligini oshirishda muxim omil xisoblanadi.
Quyosh energiyasini fotoelektrik qurilmalar yordamida elektr energiyasiga aylantirish p – n o‘tish hodisasi asosida amalga oshadi va bu jarayon fotoeffekt hodisasi deyiladi. Demak, quyosh elementlari parametrlarini atrof muxit parametrlariga moslashtirish zarur
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
S.X.Astanov, M.Z.Sharipov, D.E.Hayitov, M.R.Turdiyev, F.K.Xalloqov “FIZIKA” Fanidan MA’RUZALAR MATNI
Abdurahmonov Q.P Egamov O’. Fizika darslik Toshkent 2010