3. Kurs ishi bajarisg uchun dastlabki ma'lumotlar
Tashilayotgan yuklarning xarakteristikalari;
Konveyerningmaksimal ish unumdorligi;
Ish sharoitlari to'g'risidagi ma'lumotlar;
Yuk tashish yo'nalish sxemalari hamda barcha kerakli o'lchamlar;
Konveyr lentasining uzunligi;
Tashilganyuk haqida ma'lumot.
4.Kurs ishini rasmiylashtirish
Kurs ishi titul varog‘i, topshiriq varog‘i, kurs ishi raxbarining imzosi, tushuntiruv yozuvi va grafik qismdan tarkib topgan bo‘lishi kerak. Tushuntiruv yozuvi qo‘lda yoki komyuterda yoziladi. Tushuntiruv yozuvi matni kompyuterda “Word 6” matn muxaririda, shrift “Times New Romon”, shrift o‘lchami – 14, oraliq interval – 1,5 , chapdan – 30 mm, o‘ng, yuqori, pastgi qismlardan – 20 mm masofada yoziladi. Tushuntiruv yozuvi o‘zining asosiy qismi, hisobiy nazariy qismi, barcha bo‘limlar bo‘yicha xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati bo‘ladi. Tushuntiruv yozuvi bob va bo‘limlarga ajratiladi. Tushuntiruv yozuvi barcha nazariy tushunchalari va qabul qilingan metodlari ko‘rsatilgan hisoblar va formulalarni o‘z ichiga olishi lozim. Formulalar raqamlangan, harfli belgilar esa izoxlangan bo‘lishi va bir xil turdagi hisoblar jadvalga yig‘ilgan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |