Sxemaning turi
|
Shifr
|
Sxemaning turi
|
Shifr
|
Elektrik element
|
Э
|
Vakumli element
|
В
|
Gidravlik element
|
Г
|
Gazli element
|
Х
|
Pnevmatik element
|
П
|
Avtomatlashtirish
|
A
|
Kinematik element
|
К
|
Kombinatsiyalashgan
|
С
|
Optik element
|
Л
|
|
|
4.1 –rasm.Hujjatlarning burchak shtamplari: a) –sxema va chizmalar uchun; b),v) – matnli hujjatlar.
4.1 –rasmda:
1 – bajarilishi yoki chizmaning nomi;
2 – hujjatning shartli belgilanishi (KI – kurs ishi, reyting daftarchasining nomeri,varoq nomeri (01, 02,…08), sxema turi);
3 – hujjatning nomlanishi (kurs ishini);
4 – literature (o’quv – O’);
5 – bajarilgan ishning massasi (agarbo‘lsa);
6 – masshtab;
7 – varoqning tartib raqami (bir varoqdan iborat hujjatlarda to‘ldirilmaydi);
8 – hujjatning ummumiy varoqlari soni;
9 – hujjat bajarilgan korxona yoki muassasa nomi;
10, 11, 12 – ishning xarakteri, hujjatni bajargan talabaning familiya, ismi va imzosi;
13 – hujjatning imzolangan vaqti.
Kirish
Yuk ko’tarish – tashish qurilmalarini to’g’ri tanlash ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish hamda ishlab chiqarish jarayonini uzliksiz va normal ishlashni ta’minlash uchun muhim omil hisoblanadi.
Yuk ko'tarish va tashish mashinalarning vaqt o'tishi bilan bosqichma – bosqich rivojlanishi natijasida bu mashinalar katta tezlikli va ko’p hajmli yuk ko'tarish qobiliyatiga ega bo'lgan zamonaviy yuqori samarali yuk ko'tarish va tashish mashinalariga aylanib bormoqda.
Kurs ishi talabalarning ijodiy tashabbuskorligini, mustaqil tarzdamavzugadoir adabiyotlar va patentlarni qidiribtopishvaulardagi texnik yechimlarni tahlil qilishni, loyihalash ko'nikmalarini tizimlashtirish va loyihalash bo'yicha talabalarning umumiy muhandislik tayyorgarligini rivojlantirishga yordam beradi, shu asosda ma’lum yo’nalishdagi loyihalar, so'ngra diplom loyihasi amalga oshiriladi.
Kurs ishining maqsadi – muhandislik muammolarini hal qilishda nazariy material va amaliy ko'nikmalarni mustahkamlash, shuningdek talabalarning yuk ko'tarish va tashish mashinalari va mexanizmlari konstruktsiyasini va chizmalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Kurs ishida qo’yilgan masala:
- tanlangan mutaxassislikning tabiiy fanlari, umumiy texnik va kasb – hunar fanlari bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va chuqurlashtirish va ularni aniq muammolarni hal qilishda qo'llash;
- mustaqil loyihalash va tadqiqot ishlarini olib borish, loyihalash va ilmiy tadqiqot hamda eksperiment metodologiyasini o'zlashtirish ko'nikmalarini shakllantirish;
- boshqa muhandislar va tadqiqotchilar tomonidan olingan natijalarni umumlashtirish va tahlil qilish bo'yicha ko'nikmalarni egallash;
- zamonaviy ishlab chiqarish sharoitida talabaning mustaqil ishlashga tayyorligini shakllantirish.
Kurs ishi yuqori oliy ma’lumotli texnik mutaxassislarni tayyorlashning eng muhim elementlaridan biridir.
Kurs ishini bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda adabiyotlar bilan ishlash, nazariy va amaliy materiallarni umumlashtirish va tahlil qilish, muayyan korxona sharoitlari uchun muammolarni hal qilishning eng yaxshi variantlarini tanlash usullarini amaliyotda qo'llash qobiliyatini rivojlantiradilar.
O'quv dasturiga muvofiq kurs ishlarining ob'ektlari quyidagilar bo'lishi mumkin:
а) yuk ko'tarish mashinalari – kranlar (ko'priksimon, ayrisimon, buriluvchi), ko'targichlar, yuk tushirish mashinalari va boshqalar;
b) yuk tashuvchi mashinalari (konveyrlar) – lentali, plastinkali, cho’michli, vintsimon, liftlar va boshqalar;
Do'stlaringiz bilan baham: |