Ishqqa oid qirq qoida



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/67
Sana11.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#341072
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67
Bog'liq
Ishqqa oid qirq qoida

2008 yil, 29 iyunь, Nortgempton.

 

Azizning: «Har qanday kutilmagan hodisa 



faqat inson o'z ichidan tayyor bo'lgandagina 


sodir bo'ladi», degan fikri Ellaga bahs uchun 

o'rin qoldirmaydigan fikr bo'lib tuyulgan edi. 

Lekin hozir u bu hodisaga sira tayyor emas edi: 

Aziz Ella bilan ko'rishish uchun Bostonga 

kelipti. 

Yakshanba kuni kechqurun Rubinshteynlar 

oilasi kechki ovqat tanovuli uchun stol atrofiga 

o'tirganlarida Ella o'z telefoniga SMS 

kelganiga e'tibor berdi. Pazandachilik 

klubidagi tanishlardan birontasi bo’lsa kerak, 

deb o'ylab, darrov o'qimadi, buning o'rniga 

stolga o'zining maxsus tayyorlagan taomi: 

qovurilgan kartoshka, piyoz va jigarrang 

guruch bilan ichiga asal solib pishirilgan 

o'rdakni tortdi. O'rdakni stolga qo'yganida, 

hammalari hayratdan bir silkinishdi. Hatto 

yaqinda Skottni yangi dugonasi bilan ko'rib 

qolgani uchun ruhiy tushkunlik holatida yurgan 

Janet ham. 

Kechki ovqat cho'zilib ketdi. Yuviqsiz 

idishlarni idish yuvgich mashinaga solganidan 

va shokoladli muzqaymoqni tortganidan 




keyingina, Ellaning miyasiga xatni o'qish vaqti 

kelgani haqidagi fikr keldi.  



Salom, Ella. 

Men hozir «Smitson» jurnali topshirigi bilan 

Bostondaman. Hozirgina uchib keldim. Sen 

bilan uchrashishni istayman. «Oniks»da 

bo'laman. Kutaman. 

Aziz.

 

 



Ella telefonii qo'ydi, o'zini noqulay his etib, 

stol yoniga o'tirdi. 

- Xabar keldimi? - so'radi Devid likopdan bosh 

ko'tarib. 

- Ha, Misheldan, - osongina yolg'on to'qidi 

Ella. Devid azob chekayotgan ko'rinish olib, 

yuzini o'girdi, keyin sochiqni yaxshilab taxlay 

boshladi. 

- Tushunarli, - dedi u. 

Ella erining unga ishonmaganini bilib turardi, 

lekin o'zining sira shubhalanmayotgani va 

vijdoni ham qiynalmayotgani qiziq edi. U hech 

tutilmasdan, xotirjam ovozda dedi: 



- Mishel agentlikda ertaga ertalab kelgusi yil 

katalogi borasida majlis bo'lishini xabar qildi. 

U majlisda men ham bo'lishimni xoxlayapti. 

- Albatta, albatta, - dedi Devid, Ella uning yana 

ishonmaganini tushundi. 

- Men seni ertaga ertalab olib borib qo'yishi 

mumkin, - dedi Devid. - Faqat bir nechta 

mijozimni boshqa vaqtga ko'chirsam bo'lgani. 

Ella o'takasi yorilib eriga qaradi. U nima 

qilmoqchi? Nahotki, bolalarning ko'z oldida 

janjal chiqarmoqchi? 

- Yomon bo'lmas edi, - javob qildi Ella, o'zini 

tabassum qilishga majburlab. - Lekin unda 

ertalab soat yettigacha uydan chiqishimizga 

to'g'ri keladi. Mishel men bilan majlisga qadar 

gaplashib olmoqchi ekan. 

Unda bo'lmas ekan, - xitob qildi otasining 

bunday vaqtli uyqudan turishni yoqtirmasligini 

yaxshi bilgan Orli. — Dadam aslo bunday erta 

turmaydi! 

Ella va Devid bir-birlaridan ko'z uzmay qarab 

turishardi. 




- To'g'ri aytding, - dedi nihoyat, qizining gapini 

ma'qullab Devid. 

Garchi o'zining qizarib ketganini sezib turgan 

bo'lsa ham, Ella yengil nafas oldi. Lekin shu 

bilan birga u o'ziga qat'iyat va quvvat 

quyilganini his etardi. 

- Aytmoqchi, hozir erta-ku! Bugun borib 

tursam ham bo'ladi. 

Ertalab Bostonga yetib borish va Aziz bilan 

nonushta qilish haqidagi xayoldan Ellaning 

yuragi tez urib ketdi. Lekin ertagacha ham kuta 

olmas, uni hoziroq ko'rgisi kelardi. 

Bostongacha ikki soatlik yo'l, lekin bu uni 

to'xtata olmas edi. U uni deb Amsterdamdan 

keldi, bu erda esa atigi ikki soat - nima degan 

gap. 


- Soat o'nda Bostonda bo'laman va ertaga 

ertaroq turib, majlisdan oldin Mishel bilan 

gaplashgani agentlikka kiraman. 

Devid gapira boshlashi uchun abadiy vaqt 

kerakday chuyulib ketdi. Ella uning qo'zlarini - 

o'z xotinini boshqa erkakka ketishining oldini 




olish imkoniyati yo'q bo'lgan erning ko'zlarini 

zimdan kuzatib turar edi. Bostondagi uyimizda 

yotib qolaman, - dedi Ella chaqchaqlik bilan 

bolalarga qarab, aslida esa eriga murojaat 

qilmoqda edi. Uchrashayotgan kishisi bilan o'zi 

orasida jismoniy bog'lanish bo'lmasligini unga 

bildirmoqchi edi. 

Devid qo'lida vino finjoni bilan stoldan turdi va 

Ellaga jilmaydi. 

- Mayli, azizam, - dedi u. - Ertaroq borib turish 

yaxshi bo'ladi, deb o'ylasang, boraqol. 

- Ana xolos, oyijon, men bo'lsam bugun 

matematikadan menga yordam berasiz, deb 

o'ylovdim, - nolidi Avi. 

- Esimda, bolajon, kel, shu ishni ertaga 

ko'chiraylik. 

- Oyimni o'z holiga qo'y, - dedi masxaraomuz 

Orli. - Bir umr uning etagiga osilib 

yashamaysan-ku! 

Avining qovoq-tumshug'i osilib ketdi, lekin 

hech nima demadi. Orli onasining tarafini olib 

gapirdi. Janetga esa baribir edi. Ella telefonini 




ola solib, yotoqxonasiga yugurdi. Eshikni 

yopar-yopmas, karavotiga yotib olib, Azizga 

xabar yoza boshladi. 

«Kelganingga ishona olmayapman. Ikki soatda 

«Oniks» da bo'laman». 

Ella deyarli sarosimada xabari jo'nab ketishini 

kuzatib turdi. Nima qilayapti o'zi? Lekin 

o'ylashga vaqt yo'q edi. Bugungi kecha haqida 

afsus chekish uchun hali vaqti bo'ladi. Hozir 

esa shoshilish kerak. Yigirma daqiqa ichida u 

dush qabul qildi, sochlarini quritdi, tishlarini 

yuvdi, ko'ylak tanladi, birinchi, ikkinchi, 

uchinchi ko'ylaklarni kiyib ko'rdi, sochini 

turmakladi, ozroq pardoz qildi, o'n sakkiz 

yoshga to'lganida Rut buvisi sovg'a qilgan 

kichkina ziraklarini taqdi, yana ko'ylak 

almashtirdi. Keyin chuqur xo'rsinib qo'yib, atir 

sepdi. Yashasin Kelvin Klyayn! Bu shisha shu 

kunni kutib necha vaqt vannaxonada turganini 

Xudo biladi. Devidga atir hidi hech qachon 

yoqmagan. U ayoldan vanil yoki allaqanday 

o'simlik isi emas, ayol isi kelishi kerak, derdi. 




Lekin Ella yevropaliklar bu borada boshqacha 

fikrda bo'lishsa kerak, deb o'yladi. 

Tayyorgarlikni tugatgach, Ella o'zini ko'zguda 

diqqat bilan kuzatdi. Nima uchun U kelishini 

oldinroq xabar qilmadi? Buni bilsa edi, 

go'zallik saloniga, sartaroshxonaga borardi, 

balki soch turmagini o'zgartirardi. U Azizga 

yoqmasa, nima bo'ladi? Oralarida hech nima 

bo'lmasa va u Bostonga kelganiga afsus 

cheksa-chi? 

Lekin shu on Ellaga o'zining sog'lom fikrlashi 

qaytdi. Nima uchun u o'z tashqi qiyofasini 

o'zgartirishi kerak? Oralarida biron narsa 

paydo bo'ladimi yo yo'qmi, buning nima farqi 

bor? Bu odam bilan munosabatlar bo'lishi 

mumkin emas. Ellaning oilasi bor. O'z hayoti 

bor. Uning butun hayoti shu yerda o'tgan, 

kelajagi ham shu yerda. O'zining ahmoqona 

fikrlaridan jahli chiqib, ularni go'yo o'chirib 

tashladi, biroz yengil tortdi. 

Soat chorak kam sakkizda Ella bolalarni o'pib, 

ularga xayrli tun tiladi va uydan chiqdi. Devid 




hech qayerda ko'rinmadi. 

O'z mashinasiga yaqinlashganida, boshida 

bironta xam fikr yo'q edi, lekin yuragi dukillab 

urardi. 


 

 


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish