Ishqqa oid qirq qoida



Download 1,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/67
Sana11.01.2022
Hajmi1,34 Mb.
#341072
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67
Bog'liq
Ishqqa oid qirq qoida

1245 yil, 5 may, Konya.

 

Butun qish bo'yi shoxlari yerga egilgan katta 



daraxtlar bugun yam-yashil yaproq yozdi, 

Shams Tabriziy esa hamon biznikida 

yashayapti. Shu vaqt ichida, kuzatishimcha, 

erim boshqa odamga aylandi, kun sayin 

mendan va butun oiladan tobora uzoqlashib 

bordi. Avvaliga men ular tez orada bir-

birlarining jonlariga tegsalar kerak, deb 

o'ylagan edim, lekin bundan darak ham yo'q 

edi. Hatto badtar yaqinlashganday edilar. Ular 

yo jim o'tirishar, yo tinimsiz gaplashar, goho 

kulishar edilar va bu kulgu menga og'ir botar 

edi: chunki ular bir-birlaridan sira zerikmagan 




edilar. Shams bilan suhbatlardan keyin 

erimning hech kim bilan ishi bo'lmas va xuddi 

allanimadan kayf qilgan kabi o'z xayolot 

olamiga kirib ketardi. 

Rumiy bilan Shamsni uchinchi odamga joy 

qoldirmaydigan bir nima birlashtirib turardi. 

Ular bir vaqtda bir-birlariga bosh silkitar, 

tabassum qilar, qovoq solar, bir-birlariga uzoq 

qarab qolardilar. Hatto kayfiyatlari ham bir-

birlariga bog'liq edi- Ba'zan hech nima yemay, 

gaplashmay sukut saqlab o’tirishardi; ba'zan 

esa nimadandir telbalarcha kulishardi. Men 

Rumiyni taniy olmay qolgandim. Sakkiz yildan 

buyon menga er bo'lib kelayotgan, bolalarini 

o'z tuqqan bolalarimday katta qilib kelayotgan 

kishim menga begona bo'lib qolgan edi. Faqat 

yonimda uxlab yotganidagina, u bilan 

yaqinligimni his etaman. Keyingi paytlarda 

ko'p tunlarni uyqusiz, uning nafasiga quloq 

solib va tanasining iliqligini his etib o'tkazdim. 

Yuragining bir tekis urishi meni tinchlantiradi 

va Rumiyning hamon erim ekanini eslatib 




turadi. 

Men hamisha o'zimga-o'zim bu abadiy davom 

eta olmaydi-ku, deyman. Bir kunmas bir kun 

Shams ketadigan vaqt keladi. Axir u darbadar 

darvish-ku! Va Rumiy men bilan qoladi. U 

Konyaga va o'z shogirdlariga tegishli. Men 

hech nima qilmasligim kerak, faqat kutishim 

kerak. Ammo chidash qiyin bo'layapti, kundan-

kun tobora qiyinlashib borayapti. Juda 

qiynalgan vaqtimda o'tgan kunlarni - hech 

qanday kelishmovchiliklarga qaramasdan 

Rumiy yonimda bo'lgan paytlarni - eslayman. 

- Kira - nasroniy. Hatto islomga kirgan bo'lsa 

ham, hech qachon bizday bo'lmaydi, - bizning 

nikohimiz haqida eshitgach shivirlashar edi 

odamlar. - Shunday taniqli islom ulamosi 

g'ayridinga uylanmasligi kerak edi. 

Lekin Rumiy bu g'iybatlarga e'tibor bermas 

edi. Nikohdan avval ham, keyin ham. Va men 

undan hamisha minnatdor edim. 

Onado'li aholisi turli din va irqlarga taalluqli. 

Shunga qaramay biz hammamiz bir xil taom 




yeymiz, bir xil kuylaymiz; bid'atlarimiz ham, 

kechasi ko'radigan tushlarimiz ham birday. 

Nima uchun biz birga bo'la olmas ekanmiz? 

Men musulmoncha ismli nasoro bolalarni va 

nasoro ayollar emizgan musulmon bolalarni 

ko'rganman. Bizning dunyomizning o'zi 

shunday. Hamon nasorolik bilan islom orasida 

chegara bo'lsa, bu ikkala tomon 

ilohiyotshunoslari hisoblaganlaridan ancha 

qayishqoq bo'lishi kerak emasmi. 

Odamlar, meni katta olimning xotini bo'lganim 

uchun barcha ulamolar haqida yaxshi fikrda 

bo'lishim kerak, deb o'ylashadi. Ammo, 

to'g'risini aytsam, unday emas. Shak-shubhasiz, 

ulamolar ko'p narsalarni biladilar, lekin gap 

e'tiqod haqida ketganida ularning ilmlari juda 

zo'rmi? Boz ustiga, ular aytishga ham odam 

qiynaladigan so'zlarni ishlatib gapirishadi. 

Musulmon ulamolari Uchlikka bo'lgan 

nasorolik e'tiqodni inkor etishadi, nasorolar esa 

faqat Qur'onni eng buyuk deb hisoblanishiga 

qarshi chiqishadi. Ular xuddi bir-birlarini 




eshitmaydiganday gapirishadi. Ammo mendan 

so'rasangiz, bu buyuklardan ko'ra, oddiy nasoro 

bilan oddiy musulmon orasida umumiyat 

ko'proq. 

Nasorolikni qabul qilishda musulmon uchun 

eng qiyini - Uchlikni tan olish deyishadi. 

Musulmonlikni qabul qilishda esa nasoro 

uchun eng qiyini - Uchlikdan voz kechish. 

Qur'onda Iso (a.s.) o'zini Xudo o'ziga Kitob 

bergan va O'z payg'ambari qilgan Xudoning 

quli deydi. Men bunga qiyinchiliksiz 

ishonganman. Lekin Bibi Maryamni inkor etish 

qiyinroq kechadi. Inchunin, Iso Xristos 

onasining mehrli ko'zlariga otashin termulgim 

kelaverishini hech kimga, hatto Rumiyga ham 

aytmayman. O'z nigohi bilan u meni hamisha 

yupatadi. 

To'g'risini aytsam, Shams Tabriziyning 

biznikida joylashib olishidan shunchalar xijolat 

tortdim va xafa bo'ldimki, Bibi Maryamning 

yupatishiga har qachongidan ham zor bo'ldim. 

Men Unga duo bilan murojaat qilishga 




shunchalar tashna bo'ldimki, hatto isitmam 

ko'tarilar darajaga yetdi. Gohida esa o'z yangi 

e'tiqodimga xiyonat qilayotganimdan uyalib 

ketardim. 

Hech kim bularni taxmin ham qila olmas edi. 

Hatto, mening deyarli barcha ishlarim va 

fikrlarimni biladigan Sofiya ham. U meni 

tushunmagan bo'lardi. Afsuski, bular haqida 

erimga ayta olmas edim, lekin bu haqida unga 

qanday aytishni ham bilmas edim. U shundoq 

ham mendan juda uzoqlashib ketdi, badtar 

bo'lishidan qo'rqaman. Rumiy mening butun 

borlig'im edi. Endi esa begonalashib ketdi. 

Hech qachon bir inson bilan bir uyda yashab, 

bir to'shakda uxlab va lekin uning o'zing bilan 

birga emasligini his etib yashash mumkin, deb 

o'ylamagan edim. 

 

 




Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish