Ishning umumiy tavsifi


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachining rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishdagi pedagogik mahorati



Download 261,52 Kb.
bet8/13
Sana26.02.2022
Hajmi261,52 Kb.
#473181
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Himoya ishi NN 2 Н l.docxoxirgi

2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachining rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishdagi pedagogik mahorati.
Zamonaviy ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalar STEAM (S-fan, T-texnologiya, E - muhandislik, A - can’at, M - matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi Muammolarni keng qamrovli tushunish Ijodiy fikrlash Muhandislik yondashuv Tanqidiy fikrlash Ilmiy metodlarni tushunish va qo‘llash Dizayn asoslarini tushunish Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. Ko‘pgina rivojlangan davlatlarda, jumladan AQSH, YAponiya, Izrail, Singapur, Rossiyada maktabgacha ta’lim muassalarida bolalarni
STEAM farzandlarimizga - ixtirochilar, kashfiyotchilarning kelajak avlodi, olim sifatida tadqiqotlar olib borish, texnologiyani shakllantirish, muhandis sifatida loyihalash, rassom sifatida yaratuvchi, matematik sifatida analitik fikr yuritishni o‘yin orqali yuzaga keltiradi. Bugungi kunda STEAM-ta’lim dunyodagi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta’limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o‘zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo‘lib, bunad ular fikrlarni to‘plashi va fikrlar almashadi. SHuning uchun, asosiy ta’lim dasturiga quyidagilar Lego-texnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashn rivojlantirish modullari kiradi. STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. 34 O‘z-o‘ziga ishonchni shakllantirish. Bu yondashuvda bolalar o‘z qo‘llari bilan yaratgan ko‘prik va yo‘llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan o‘tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. YAxshi natija bermagan “mahsulot”ni qayta-qayt sinovdan o‘tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni o‘zi hal qilish, maqsadga erishish bolalar uchun ilhom, g‘alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g‘alaba, o‘zlarining qobiliyatlariga ko‘proq ishonch uyg‘otadi. Faol muloqot va jamoaviy ish. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo‘rqmaslikka o‘rganadilar. Ko‘pincha, stol atrofida o‘tirmaydi, o‘zlarining dizaynlari asosidagi “mahsulot”larni sin novdan o‘tkazadi va rivojlantiradi. Ular hamma vaqt hamkorlikni ta’minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do‘stlari bilan muloqot qilish bilan band bo‘lishadi. Texnik fanlar bo‘yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha va boshlang‘ich maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo‘yicha, qilgan ishni yaxshi ko‘rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM –bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo‘lib, bolalarning zerikishlariga to‘sqinlik qiladi. Ular vaqt o‘tayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamadilar. Raketalar, avtoulovlar, ko‘priklar, osmono‘par binolarni qurish, elektron o‘yinlar, fabrikalar, logistika tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-fan va texnologiyaga qiziqishi ortib borada. Loyihalar uchun ijodiy va innovatsion STEAM ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa), muhokamalar, dizayn, 35 qurilish, test vatakomillashtirish. Ushbu bosqichlar muntazam ravishda loyiha yondashuvining asosidir. O‘z navbatida hamkorlik yokiturli imkoniyatlardan birgalikda foydalanish ijodkorlik asosi hisoblanadi. SHunday qilib, bir vaqtda bolalarda fan va texnologiyalarni qo‘llash, yangi innovatsiyalarni yaratishi mumkin. Blended learning (aralash o‘qitish). Axborot texnologiyalari ta’limning turli yangi ko‘rinishlarini taklif etmoqda, xususan keyingi vaqtlarda modulli ta’lim tizimida majmuaviy yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi aralash ta’limning innovatsiya sifatida kirib kelishiga sabab bo‘ldi.Deklan Bern "blended learning" (aralash ta’lim) haqida shunday deydi –“ushbu ta’lim boy pedagogik tajribadan samarali foydalanishga qaratilgan”. Bunday yondashuv axborotni taqdim etishda turli uslubiyotlardan foydalanishni, ta’limni tashkil etishda va ta’lim jarayonida axborot texnologiyalari, yakka tarzda va guruhlarda an’anaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha yondashuv talabani charchatmaydi va o‘qishga bo‘lgan motivlarini kuchaytiradi. Asosiy masala - tanlangan uslubiyotlarning o‘zaro mutanosibligini ta’minlash va kam harajat asosida yuqori samaradorlikka erishish hisoblanadi. Bugungi kunda blended learning kunduzgi an’anaviy ta’lim vamasofaviy ta’limning unsurlari kombinatsiyasi hisoblanib, bunda an’anaviy metodika va yangi texnologiyalarni uyg‘unlashtirishga imkon yaratiladi. Bu tizimda o‘qituvchi ta’lim markazida qoladi va internet imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Blendedlearning masofaviy ta’lim (Distancelearning), sinf xonada ta’lim (Fake-to-Fakelearning) va internet orqali ta’lim (Onlinlearning)dan iborat. Vebinar metodi. Bugunmasofaviyta’limningyanabirturi «webinar» (1998 yildabutermin muloqatga kiritildi) texnologiya vujudga keldi. Vebinar texnologiya o‘qitishni web –texnologiya asosida interaktiv holda 36 tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiya nafaqat tinglovchilarga axborotni etkazadi, balki ular bilan muloqotga kirishish (og‘zaki, yozma) imkonini yaratadi, ya’ni seminar ko‘rinishida fikrlarni almashish, o‘z fikrini bayon etish mumkin. Boshqacha qilib aytganda internet tarmog‘i asosida tashkil etiluvchi ta’lim ham sub’ekt-sub’ekt paradigmasiga o‘tmoqda. Vebinar usulida dars seminar yoki konferensiya Internet orqali bir vaqtda hozir bo‘lgan tinglovchilar bilan audio video (va avvalgi postlarda sanab o‘tilgan ko‘plab interaktiv imkoniyatlar) bilan jonli olib borilib ushbu dars keyingi foydalanishlar uchun yozib olinishi mumkin bo‘lsa-da, butun o‘quv yoki kurs jarayonidagi darslar yagona platforma doirasida o‘zaro uzviy bog‘lanmaydi, ya’ni alohida-alohida bir martalik darslar bo‘ladi deyish mumkin. Evristik o‘qitish metodi. Evristik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda hal etilishi zarur bo‘lgan masalani aniqlab oladi.O‘quvchilar esa mustaqil ravishda taklif etilgan masalani tadqiq etish jarayonida zaruriy bilimlarni o‘zlashtirib oladilar va uning echimi bo‘yicha boshqa vaziyatlar bilan taqqoslaydi. O‘rnatilgan masalani echish davomida o‘quvchilar ilmiy bilish metodlarini o‘zlashtirib tadqiqotchilik faoliyatini olib borish ko‘nikmasi tajribasini egallaydilar.Ta’lim jarayonida tadqiqotchilik o‘qitish metodini qo‘llashda o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: O‘qituvchi faoliyatining tuzilmasi. O‘quvchi faoliyatining tuzilmasi quyidagicha bo‘ladi: - o‘quvchilarga o‘quv muammosini taklif etish; - o‘quvchilar bilan hamkorlikda tadqiqot masalasini o‘rnatish; - o‘quvchilarning ilmiy faoliyatini tashkil etish - o‘quv muammolari mohiyatini anglab olish; - tadqiqot muammosini o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan birgalikda o‘rnatishda faollik ko‘rsatish; - ularni echish usullarini topish; 37 - tadqiqiy masalalarni echish usullarini o‘zlashtirish. Evristik metod o‘qituvchilardan ijodiy xususiyat kasb etuvchi yuqori darajadagi bilish faoliyatini tashkil eta olish ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Buning natijasida o‘quvchilar mustaqil ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtira oladilar. Ular odatda yuqori sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini hisobga olgan holda ma’lum holatlarda qo‘llaniladi. Ushbu metodlardan boshlang‘ich sinflarda foydalanish amaliyotchi-o‘qituvchilarning fikrlariga ko‘ra birmuncha murakkab hisoblanadi. Biroq uzluksiz ta’lim tizimiga shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni faol joriy etishga yo‘naltirilgan ijtimoiy harakat amalga oshirilayotgan mavjud sharoitda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni tayyorlash o‘ziga xos dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. SHunga qaramasdan bu tasnif maktab amaliyotida birmuncha keng tarqalgan va pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan. SHuningdek, buyuk didakt I.YA.Lerner asarlari asosida ilmiy tadqiqot ham amalga oshirilgan. Xorijiy ta’limda so‘nggi yillarda bir qator atamalar keng ishlatilmoqda. Bularga tyutor, edvayzer, fasilitator va moderator tushunchalari kiradi.TYUTOR - (Tutorem-lotincha) ustoz, murabbiy vazifasini bajaradi. Ba’zi hollarda ma’ruza o‘qituvchisi bilan tinglovchi orasidagi bog‘lovchi rolini ham bajaradi. Bunda ma’ruzachi tomonidan berilgan bilimlarni keng egallashda maslahatchi va ustoz rolini bajaradi. EDVAYZER (advisor)-fransuzcha “avisen”“o‘ylamoq”) tinglovchilarning individual holda bitiruv malakaviy ishi, kurs loyihalarini bajarishda maslahatchi rolini bajaradi. FASILITATOR - (ingliz tilida facilitator, lotincha facilis–engil, qulay)- guruhlardagi faoliyat natijasini samarali baholash, muammoning ilmiy echimini topishga yo‘naltirish, guruhdagi komunikatsiyanirivojlantirish kabi vazifalarni bajaradi. MODERATOR -qabul qilingan qoidalarga amal qilishni tekshiradi, tinglovchilarning mustaqil fikrlash va ishlash qobiliyatlarni 38 rivojlantirish, bilish faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Ma’lumotni, seminarni, treninglar va davra suhbatlarini boshqaradi, fikrlarni umumlashtiradi.Bizning ta’limda ushbu faoliyatlarning hammasini o‘qituvchi bajaradi va pedagog yoki o‘qituvchi deb yuritiladi.
O‘zbekistondagi milliy bolalar bog‘chalari va maktablarida bolalarga rus tilini o‘qitishning vazifasi, eng avvalo, amaliy ahamiyatga ega, ya’ni ona tilidan boshqa tildagi nutq faoliyatida ishtirok etish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. SHu tufayli tarbiyachilar va o‘qituvchilar uchun nutq faoliyat turi sifatida nimalardan iboratligini, fikrlar tug‘ilishi va qabul qilinishi qanday ro‘y berishini, “odamlar o‘rtasida muloqot” o‘rnatish “jarayoni” qanday ro‘y berishini va aynan qanday sabablar insonning fikr bildirishini, xususan, uning rus tilida fikr bildirishini keltirib chiqarishini bilish juda muhimdir.Psixologiyada til insoniy muloqotda qo‘llaniladigan belgilarning (tovushlar, so‘zlar, iboralar, ayrim elementlarni birlashtirish va o‘zgartirish qoidalari) eng muhim tabiiy tizimi sifatida tushuniladi. Nutq esa – insonlarning tildan ta’lim olish, ya’ni axborotni qabul qilish va uzatishda foydalanish jarayoni sifatida tushuniladi. Nutqni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. 40 Ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachisining bolalarga ularning o‘z ona tilini o‘rgata olish qobiliyati uning kasbiy tayyorgarligining muxim ko‘rsatkichi xisoblanadi. Bolaga tabiat ato qilgan barcha aqliy qobiliyatlar ona tilini o‘zlashtirish, ayniqsa uni maktabgacha yoshda o‘rganib olish tufayli yuzaga chiqadi xamda rivojlanadi. Bolalarning ona tilida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq ma’naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida o‘z davrining ilmiy yutuqlarini o‘zlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilg‘or sheriy va estetik ideallariga sodiqligi, ya’ni mustaqil O‘zbekistonda demokratik jamiyatning to‘laqonli quruvchilari bo‘la olishlari tarbiyachiga bog‘liqdir. Bolalarga ona tilini o‘rgatish uchun bo‘lajak tarbiyachi nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o‘rganishi va ushbu soxaning fanga ma’lum bo‘lgan metodlarini o‘zlashtirishi, bolaning ona tilini o‘zlashtirish qonuniyatlarini tushunib etishi lozim. Ona tilini o‘qitish metodikasi pedagogik fanning bir tarmog‘i xisoblanadi. Unda maktabgacha ta’lim tashkilotsida nutqni rivojlantirish metodikasi xamda boshlang‘ich va o‘rta maktabda o‘zbek (rus) tilini o‘qitish metodikasi ajratilgan. Ularning xar biri o‘z maqsadi, vazifalari va mazmuniga ega. Nutqni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Metodikaning asosiy vazifasi – ilmiy-pedagogik asosda nutqni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini 41 ishlab chiqish xamda bolalarda zarur nutqiy ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli ravishda rivojlantirishlari uchun bolalar bog‘chalari tarbiyachilarini ular bilan qurollantirishdan iboratdir. Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni – bolalarda og‘zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o‘qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‘nikmani tarbiyalash), qanday o‘qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega aynan shunday o‘qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma’lumotlariga asoslanmoqda). Nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasida bolalarga ona tilini o‘rgatishning ob’ektiv xususiyatlari aks ettirilgan, nutqni rivojlantirish metodikasi soxasida O‘zbekiston Respublikasida va xorijda yaratilgan va xozirda mavjud bo‘lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan.
Nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasi metodik amaliyot bilan birgalikda rivojlanmoqda. Ayrim metodik qoidalarning yashovchanligi amaliyotda tekshirib ko‘rilmoqda, amaliyotning o‘zi fan oldiga xali o‘z echimini topmagan muxim masalalarni qo‘ymoqda. Metodik nazariyani bilmaydigan tarbiyachi faqat o‘z farazlaridan kelib chiqib yoki boshqalarning tajribalaridan nusxa ko‘chirgan xolda bolalarni ko‘r-ko‘rona tarbiyalaydi. U ko‘p narsani nazardan qochiradi, chunki rangbarang metodlar va usullarni bilmaydi. Nutqni rivojlantirish metodikasi maktabgacha ta’limdagi boshqa xususiy metodikalar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi, chunki nutq – bola shaxsini to‘la-to‘kis rivojlantirishning eng muxim vositalaridan biridir. Atrofdagilar nutqini tushunish va bolaning o‘z faol nutqi xar qanday pedagogik jarayonda zarur. Nutq bolaning butun faoliyatida unga yo‘ldosh bo‘ladi. 42 E.I.Tixeevaning ko‘rsatishicha: «Ona tili, uni xech qanday to‘siqsiz va xar tomonlama rivojlantirish tarbiyaning asosini tashkil etmog‘i lozim». Nutqni o‘z vaqtida egallash bolada to‘laqonli psixika paydo bo‘lishi xamda uni keyinchalik to‘g‘ri rivojlantirishning eng muxim va birinchi shartidir. O‘z vaqtida degani – demakki, bola tug‘ilganidan keyingi dastlabki kunlarda boshlanadigan, to‘laqonli degani – til materiali bo‘yicha etarli bo‘lgan va bolaning xar bir yosh bosqichida o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishga solgan xolda nutqni egallashga undovchi mashg‘ulotlar demakdir. Dastlabki yosh bosqichlarida bola nutqini rivojlantirishga e’tibor berish shuning uchun xam muximki, ushbu davrda bola miyasi jadal sur’atda o‘sib boradi va uning vazifalari shakllanadi. Fiziologlarga ma’lumki, markaziy asab tizimi vazifalarini aynan ularning tabiiy shakllanish davrida osongina mashq qildirish mumkin. Mashqlarsiz ushbu vazifalarning rivojlanishi rivojlanishi sekinlashadi va xatto umuman to‘xtab xam qolishi mumkin. «Nutq uchun rivojlanishning bunday «xal qiluvchi» davri bola xayotining dastlabki uch yili xisoblanadi: bu muddatga kelib miya nutqiy soxalarining anatomik o‘sib etilishi asosan nixoyasiga etadi, bola ona tilining asosiy grammatik shakllarini o‘zlashtirib oladi, katta so‘z zaxirasi shakllanadi. Agarda dastlabki uch yilda kichkintoy nutqiga etarlicha e’tibor berilmagan bo‘lsa, bu xolda kelgusida uning o‘rnini to‘ldirish uchun juda ko‘p mexnat qilishga to‘g‘ri keladi».
Nutqni rivojlantirish metodikasi boshqa xar qanday pedagogika fani sifatida ijtimoiy fanlar sirasiga kiradi. Til va fikrlash xaqidagi ta’limotlar uning metodologik asosi xisoblanadi. Xuddi til kabi insonning birgalikdagi mexnat faoliyati mobaynida paydo bo‘ladigan va rivojlanadigan fikrlash uni o‘rab turgan borliq aksi xisoblanadi. Tilning fikrlash bilan mustaxkam uzviy bog‘liqligi kishilarning ishlab chiqarish faoliyati, fikr almashish va birgalikda xarakat qilish zarurati tufayli yuz beradi. Garchi til va fikrlash birbirisiz mavjud bo‘lolmasa-da, ular aynan bir xodisaga taalluqli emas. Fikrlash – ob’ektib borliq aksi, til esa – fikrni ifodalash, mustaxkamlash va uni boshqa kishilarga etkazish usuli xisoblanadi. So‘z va tushuncha dialektik jixatdan o‘zaro bir-biriga bog‘liqdir. Til bilan fikrlashning o‘zaro uzviy bog‘liqligi xaqidagi qoida bolalarga ona tilini o‘kitish tizimini ishlab chiqish, ta’lim va tarbiya ishlarining o‘zaro bog‘liq bo‘lishi xaqidagi talabni asoslash uchun xal qiluvchi axamiyatga egadir. Intellekt, ya’ni tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, fikrlash shuningdek nutq yordamida anglash qobiliyati – bu insonni xayvondan ajratib turuvchi muxim xususiyatlardir. Intellekt xam, nutq xam insonda ilk bolalik yoshida paydo bo‘ladi xamda u o‘smirlarda va yoshlarda faqatgina ularning organizmi rivojlanayotgani uchun emas, balki ular nutqni xam o‘zlashtirib olgan taqdirdagina jadal takomillashib boradi. Agarda bola atrofidagi kattalar uni beshikdan boshlab to‘g‘ri so‘zlashga o‘rgatsalar, bu xolda bunday bola intellektual jixatdan normal rivojlanadi: unda tasavvur qilish, so‘ngra fikrlash va xayol surish qobiliyati paydo bo‘ladi; xar bir yosh bosqichda bu qobiliyat takomillashib boradi. Bola intellektining rivojlanishi bilan bir vaqtda uning emotsional-iroda soxasi xam takomillashib boradi. 44 Nutqni rivojlantirish metodikasi xar qanday rivojlanishning umumiy shakllari, tomonlari va o‘zaro bog‘liqligini aks ettiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.
Xar bir til o‘zining asosiy qismlariga ega – bu lug‘at boyligi (leksika), tovush tizimi (fonetika) va grammatik tuzilishi (grammatika)dir. Lug‘at boyligi (leksika) go‘yo o‘zida bizning atrof-olam xaqida, bir odamning psixik xayoti xaqidagi turli xil bilimlarimizni saqlaydi. So‘zdagi asosiy narsa – uning mazmuni va semantik tarkibidir. Leksika tilning qurilish materiali, uning mazmun tomoni xisoblanadi. Til qanchalik rivojlangan bo‘lsa, uning lug‘at tarkibi xam shunchalik boy bo‘ladi. Xar bir tildagi ko‘p sonli so‘zlar ichidan tilning asosiy lug‘at jamg‘armasini tashkil qiladigan asosiy o‘zak so‘zlarning muayyan guruxini ajratish mumkin. Tilning lug‘at jamg‘armasi – bu leksikaning juda barqaror, asrlardan buyon yashab kelayotgan qismi bo‘lib, u barcha yoki deyarli barcha yangi so‘zlar va so‘z birikmalarining vujudga kelishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Tovush tizimi leksika va grammatika bilan uzviy bog‘liqdir. Jaranglayotgan nutq yordamida inson boshqa kishilar bilan muloqotda bo‘ladi xamda o‘z fikrlari va xis-tuyg‘ularini ifoda qiladi. Bir til fonetikasi odatda, boshqa til fonetikasiga o‘xshash emas, ya’ni jaranglayotgan nutq go‘yo bir tilni boshqasidan uzoqlashtiradi. Bir til doirasida talaffuz me’yorlari yagona bo‘ladi (shevalar adabiy tildan katta bo‘lib, ular undan farq qiladilar.
Tilning grammatik qurilishi gapda so‘zlar va so‘z birikmalarini o‘zgartirishga oid qonunlar xamda qoidalarning umumiyligi xisoblanadi. Grammatika yordamida gapdagi so‘zlar joylashtiriladi va bir-birlari bilan qo‘shiladilar. So‘zlar faqat gaplar orqaligina muloqot vositasiga aylanadilar. Gapdan tashqarida xar qanday so‘z, xox u ona tilidagi, xox chet tilidagi so‘z bo‘lsin, muayyan ma’noga ega bo‘lmaydi. SHuning uchun tilni o‘rganishda uning grammatik tuzilishini o‘zlashtirish ulkan axamiyat kasb etadi. Bolalarga ta’lim berishda orfoepiya, grammatika va leksikaning zamonaviy me’yorlarini xisobga olish zarur. Nutqni rivojlantirish metodikasi psixolingvistikaning asosiy qoidalari asosida quriladi. Uning «til inson faoliyatining barcha soxalarida muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi» degan asosiy qoidasi nutqni rivojlantirish metodikasida dasturilamal bo‘lib xisoblanadi. SHu bois nutqni rivojlantirish metodikasi tarbiyachini muloqot vositasi sifatida bolalar nutqini rivojlantirishga oid bilimlar va qobiliyatlar bilan qurollantirishga qaratilgandir. Tilning asosini ona tilining leksikasi, tovush tizimi va grammatik tuzilishi tashkil qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotsining nutqni rivojlantirishga doir dasturi lingvistikada erishilgan yutuqlar asosida ishlab chiqildi va u bolalar lug‘atini boyitish, ona tilining fonetik jixatlarini, grammatik qurilishini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Bolalarning turli nutqiy qobiliyatlarini shakllantirishda ularga o‘zlarining ona tili bo‘lmish o‘zbek tili o‘qitiladi, ya’ni ular o‘zbek leksikasi, o‘zbek tilining o‘ziga xos fonetikasi va o‘zbek tili grammatikasining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganadilar. Bolalarga ona tilini o‘qitishda professional maxoratga ega bo‘lish uchun pedagog nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o‘rganishi, ushbu rivojlanishning ilmiy usullarini o‘zlashtirishi xamda bolaning nutqini o‘zlashtirish qonuniyatlarini bilishi shart. 46 SHoir asarlarining pedagogik xususiyatlaridan biri shuki, u bolalarning ichki dunyosini, ularning kayfiyatini, kechinmalarini va shaxsiy intilishlarini xis qila olgan. U yaratgan qaxramonlar obrazlari xayotdan olingan. SHu nuqtai nazardan olib qaraganda, G‘afur G‘ulom asarlari nafaqat yuqori saviyali badiiy proza namunasi xisoblanadi, balki ular tarbiyaviy axamiyatga xam egadir. G‘.G‘ulom bolalarni oilada tarbiyalash masalasiga katta axamiyat bergan. U bolaning qanday voyaga etishi, uning jamiyatda qanchalik munosib o‘rin egallashi bevosita ota-onalarga bog‘liq deb xisoblardi. Oilaviy tarbiyada u ota-onalarga asrlar sinovidan o‘tgan xalq pedagogikasini qo‘llashni tavsiya qilgan. Bolada ziyo va ma’naviyat urug‘ini ekmay turib, uni xaqiqiy fuqaro qilib voyaga etkazish mumkin emas, degan fikr Oybek ijodining muxim jixatlaridan biri edi. SHuning uchun u yoshlarni bilim olishga, xalqning boy tarixiy tajribasini, butun insoniyatning ma’naviy boyliklarini o‘zlashtirishga chaqirgan. U yosh avlodni tarbiyalashda mexnatning tutgan o‘rniga katta axamiyat bergan, faqatgina mexnat yordamida xar tomonlama rivojlangan barkamol avlodni voyaga etkazish mumkin, deb xisoblangan. Ta’lim amaliyotida “til” so‘zi qo‘llanilganida ko‘pincha til bilan birga nutq ham tushuniladi. Bu shu bilan izohlanadiki, o‘quvchi nutqi undan tashqaridagi til tizimi bilan belgilanadi. U nutqni egallar ekan, mohiyatan ushbu til tizimi mavjudligining qoida va usullarini ham egallaydi. Va yana: kishilarning nutqiy muloqotini muayyan miqdordagi so‘zlarni va ushbu til qoidalarini bilishsiz, muayyan mazmunni ifodalash uchun ushbu so‘zlarni bir-biriga bog‘lash ko‘nikmalarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. SHunday qilib, til va nutq turli tushunchalar bo‘lgani holda birbiri bilan uzviy bog‘langan. Til – bu “imkoniyatli muloqot vositasi”, nutq esa – “harakatdagi aynan o‘sha vositalar” hisoblanadi.Til va nutq eng bevosita tarzda fikrlash bilan bog‘langan, chunki u mohiyatan uning quroli hisoblanadi. “Til ong kabi qadimiydir; til boshqa kishilar uchun va shu bilan birga mening o‘zim uchun ham amalda mavjud bo‘lgan haqiqiy ongdir va ongga o‘xshab til faqat ehtiyojdan, boshqa kishilar bilan muloqot qilish zaruratidan paydo bo‘ladi”. Bola ona tilini o‘zlashtirar ekan, o‘z ongida tegishli til qurilmasini shakllantiradi. O‘zbek oilalaridagi bolalarda tabiiyki, o‘zbek tili qurilmasi shakllanadi. Bola ona tilini egallash orqali hali to‘liq bo‘lmagan til qurilmasidan foydalanishga o‘rganadi, chunki u hali ko‘p so‘zlarning ma’nosini, ularning qanday qilib to‘g‘ri talaffuz etilishini bilmaydi; u hali grammatikani to‘liq o‘zlshtirmagan. Til xayotimizning ajralmas qismi bo‘lib, biz unga o‘z-o‘zidan bo‘lishi shart bo‘lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o‘zi nima, biz unda qanday so‘zlayapmiz, biz qanday qilib so‘zlashni o‘rganishimiz xaqida esa unchalik ko‘p o‘ylab xam o‘tirmaymiz. Xammaga yaxshi ma’lumki, tilni o‘rganuvchi maxsus fan mavjud bo‘lib, uning nomi – lingvistikadir. Ushbu fan jadal rivojlanayotgani va shak-shubxasiz bu borada sezilarli yutuqlarga erishganiga qaramasdan xozirgi paytda shu ravshanki, biz insoniy xususiyatlarning eng «insoniysi» bo‘lgan va usiz insonning jamiyat a’zosi sifatida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lmagan til xaqida juda kam bilar ekanmiz.
Garchi biz boshqa fanlarni rivojlantirishning muximligi xaqida so‘z boshlagan ekanmiz, til tabiiy fanlar rivojiga biron-bir ta’sir ko‘rsata oladimi, degan savolga javob beraylik. Xozirda til va nazariya zamonaviy fanlarga oid metodologik muammolarning markazidan joy olgan, chunki «umumlashtirilgan bilimlar tizimidan iborat bo‘lgan va bilimni uyushtiruvchi boshlang‘ich bosqich sifatida chiqadigan nazariya tilda shakllanadi, bu esa bilish jarayonida tilga aloxida o‘rin beradi va shu bilan til xaqidagi fan oldida yangi ilmiy ufqlarni ochadi, uni o‘zining 49 gumanitar moxiyati xaqida orzu-xayollarga berilgan xolda doimo tinch-osuda va jimgina o‘tiradigan burchagidan chiqishga majbur qiladi» 2 . Ilmiy bayon qilish tili mazkur fan darajalarining mezonlaridan biriga aylanadi. Taniqli fizik V.Geyzenberg shunday qayd etgan edi: «Fizik uchun oddiy tilda bayon qilish imkoniyati tegishli soxada qanchalik tushuna olish bosqichiga erishilganligi mezonlaridan biri xisoblanadi»3 . Ilmiy-texnik taraqqiyotning jixatlaridan biri fanni ommalashtirish, keng axoli qatlamlarini ilmiy yutuqlar bilan tanishtirishdan iboratdir. Ushbu ishning muvaffaqiyati ko‘p jixatdan ilmiy ma’lumotlarning qanday bayon qilinishi, ularning ushbu til ifodasida kishilarga qanchalik tushunarli bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Va biz bu o‘rinda til muammolariga duch kelamiz.
Tabiiy fanlarning insoniyat taraqqiyotida, bizning kundalik xayotimizda egallagan ulkan o‘rnini xech bir kamsitmagan xolda shuni unutmaslik lozimki, baribir tabiatning eng qiziq, murakkab va xozircha o‘rganilmagan xodisasi – bu insonning o‘zidir. SHuning uchun so‘nggi paytda insonni o‘rganuvchi fanlarga, eng avvalo psixologiyaga katta axamiyat berilmoqda. «Lingvistika» so‘zi ko‘pincha «grammatika» so‘zi bilan, tilni o‘rganish esa – suffikslar, qo‘shimchalar, turlar qoidalari va xokazolarni o‘rganish bilan bir xil ma’noda qabul qilinadi. Albatta, bu unday emas. Zamonaviy lingvistika xaddan tashqari ko‘p qirrali fan bo‘lib, uning ayrim bo‘limlari psixologiya bilan qo‘shilib ketadi. Lingvistlar xozirda tilga nisbatan boshqacha qarashlarni rivojlantirmoqdalar: endilikda tilga nafaqat qotib qolgan ko‘p sonli so‘zlar va ularni qo‘llash qoidalari sifatida, nafaqat o‘tib borayotgan vaqt mobaynida tarixan rivojlanib kelayotgan tizim sifatida, balki insonning aloxida bir faoliyati sifatida qaralmoqda.
Biz «til» so‘zini qo‘llaganimizda ikki narsani – til va nutqni nazarda tutamiz. Bu farqlashlarni lingvistika faniga birinchi bo‘lib shveysariyalik olim Ferdinand de Sossyur kiritdi va u tilni nutqqa qarshi qo‘ydi, bu lingvistika fanining keyingi rivoji uchun juda muxim axamiyatga ega bo‘ldi, chunki «biz til va nutqni ajratish orqali ijtimoiyatni individuallikdan ajratamiz» 4 . Boshqacha qilib aytganda, bu aloxida bir odam tomonidan aloxida xolatda amalga oshirish bilan bironbir tilda so‘zlayotgan barcha odamlar tomonidan birgalikda amalga oshirish o‘rtasidagi farqlashdir. Biz uchun bu farqlashlar juda muximdir, chunki biz til xaqida xam (bola nutqi tildan tashqaridagi tizim bilan belgilangan) va nutq xaqida xam (bola nutqiy faoliyatni, ya’ni til tizimining mavjud bo‘lish qoidalari va usullari) so‘z yuritamiz. O‘tgan davr mobaynida boshqacha tushunchalar tizimini joriy etishga bir necha bor xarakat qilingan. Bulardan biri sovet davrining taniqli tilshunosi L.V.Щerbaga tegishlidir. U nutqiy uyushishni (individning psixofiziologik uyushuvi), til tizimini («barchalar asosida» chiqariladigan qoidalarni umumlashtirish) nazariyada («muayyan davrda u yoki bu ijtimoiy gurux xayotida ro‘y bergan so‘zlash va tushunish xodisalari» 5 ) xamda til materialini (nutqiy faoliyatni) ajratdi. So‘nggi xolatni L.V.Щerba «so‘zlash va tushunish xodisalarining umumiyligi» deb ataydi. L.V.Щerbaning ushbu uch a’zoli tizimi sovet davri lingvisti A.A.Leontev tomonidan takomillashtirilgan. A.A.Leontev «tilga qobiliyat»ni – til tizimining ushbu tilda so‘zlayotgan inson ongida aks etishini, «til jarayoni»ni, ya’ni tilga qobiliyatni amalga oshirish vositasi bo‘lgan nutqning o‘zini, va «til standarti»ni – tilni individdan tashqarida mavjud bo‘ladigan tizim sifatida ajratgan6 .
SHunday qilib, u tomonidan til va nutqni farqlashdan tashqari odam ongida mavjud bo‘lgan xamda unga tildan foydalanish, so‘zlash va aytilgan so‘zlarni tushunish (tilga qobiliyat) imkonini beruvchi bir narsani xam ajratib ko‘rsatgan. Bu – nutqiy faoliyatni ta’minlash mexanizmidir. Odatda nutqiy faoliyat to‘rtga ajratiladi: o‘qish, yozish, tinglash, so‘zlash. Ular o‘zaro juft xolatda bog‘lanadi va til tizimini amalga oshirishning ikki shakli – og‘zaki va yozma shakli orqali belgilanadi. Tildan foydalanish insonning psixologik faoliyati bilan mos ravishda uyg‘unlashadi. Til uning faoliyatiga «qo‘shimcha» emas. Til eng bevosita tarzda fikrlash bilan bog‘liqdir. Aslida tilning o‘zi fikrlash qurolidir. Fikrlash jarayoni doimo tilda kuzatib boriladi, ammo uning natijasi til shakliga o‘tkazilishi va shu tufayli kelgusi avlodlarga etib borishi mumkin. Til aqliy faoliyatni rejalashtirish imkonini beradi. Rejalashtirish jarayonida tilning yana bir muxim vazifasi – insonning xulq-atvorini boshqarish vazifasi paydo bo‘ladi. Til insoniyatning o‘tmishi mobaynidagi butun tajribasini to‘plash va bir joyga jamlash, insonni ushbu tajriba natijasida ishlab chiqilgan me’yorlarga bo‘ysundirishga yordam beradi. Biz o‘z o‘tmishimizda, bugungi kunimizda ko‘rgan, va xattoki kelgusida ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan narsalarning barchasi bizga til orqali keladi. Insonning xulq-atvorini boshqaradigan narsalarning barchasiga, jumladan dunyoqarash, axloqiy va estetik ideallar, madaniy me’yorlarga til va nutqiy muloqot orqali erishiladi. Inson butun xayoti mobaynida borliqni anglash jarayonida ishtirok etadi. Bilishga bo‘lgan extiyoj ko‘p jixatdan til orqali qondiriladi. Bola atrofni o‘rab turgan borliqni qabul qilish va anglash uchun tarqoq predmetlardan foydalana olmaydi, u axamiyatga molik jixatlarni (kublar, mashinalar va x.k.) ajratib ko‘rsatgan xolda ob’ektlar, toifalarni birlashtira boshlaydi va oxir-oqibatda belgilarni umumlashtirish natijasida so‘z bilan ifodalanadigan tushunchalar paydo bo‘ladi. Insonning yana bir o‘ziga xos xususiyati, o‘ziga xos insoniy extiyoji mavjud, bu – boshqa odamlar bilan muloqotga extiyojmandlik, «emotsional muloqotga extiyojmandlik»dir (K.Obuxovskiy). Aynan shu extiyoj tufayli dastlab til paydo bo‘lgan. Muloqotga extiyojmandlik doimo tilni egallashga olib keladi. Bolaning so‘zlashni o‘rganishining sababi shuki, unga kattalar bilan birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishga to‘g‘ri keladi, buning uchun esa bolaning unga nimalar deyishayotganini tushunishi va o‘zi xam so‘zlashi lozim. Bu o‘rinda «tilning uch sifati» (tajribani jamlash va sintez qilish – fikrga jamlash – muloqotni amalga oshirish) xaqida so‘z yuritish mumkin (V.A.Zveginsev). Tilni tadqiq qilish mustaqil, umumilmiy qiziqishdan tashqari ko‘plab dolzarb amaliy vazifalarni xal etishda ulkan axamiyatga egadir. Ushbu vazifalarning ayrimlari bevosita tilning yuqorida sanab o‘tilgan vazifalaridan kelib chiqadi – til yordamida insoniy tajribani aniqroq qayd etish, til yordamida ifoda etilgan madaniy me’yorlar insonning xulq-atvoriga yanada kuchliroq va mustaxkamroq tartibga soluvchi ta’sir ko‘rsatishi uchun, kishilarning o‘zaro muloqoti (masalan, ijtimoiy munosabatlar soxasida) yanada muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun tilni tadqiq qilish zarur. Bundan tashqari, xal etilishi til muammolarini tadqiq qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa amaliy vazifalar xam mavjud.
Bolaning kattalar bilan muloqot qilishining ko‘rib chiqilayotgan xar bir jixati uning oldiga kattalar tomonidan qo‘yilayotgan va so‘zdan jamiyatda o‘zaro bir-birini tushunish uchun shartli ravishda qabul qilingan vosita sifatida foydalanishni talab qilishdan iborat bo‘lgan kommunikativ vazifani qabul qilishiga yordam beradi. Bundan tashqari, kommunikativ omilning ko‘rib chiqilayotgan xar bir jixati u yoki bu darajada va o‘z xolicha bolalarning kommunikativ vazifani xal etishlariga, ya’ni nutqdan foydalanishlariga yordam beradi.

Download 261,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish